Nikosiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikosiya, Lefkosiya — Kipr poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Orolning deyarli qoq markazida, Mesaoriya tekisligida joylashgan. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iklimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 360 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrmonsiz dasht zonadagi yashil voha koʻrinishiga ega. Aholisi 270,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan).
Shaharga taxminan miloddan avvalgi 7-asrda asos solingan va dastlab Ledra, keyinroq Levkoteon deb atalgan. Miloddan avvalgi 58 yilda shaharni rimliklar bosib olgan va Rim imperiyasi, keyinroq Vizantiya tarkibiga kirgan. 1192—1489-yillarda Kipr salbchilari qirolligi poytaxti. 1570-yilda Usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 1960-yildan Kipr Respublikasi poytaxti.
N. — transport yoʻllari tuguni. Aero-porti xalqaro ahamiyatga ega Toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik (kulolchilik) rivojlangan. Turizm markazi. Arxeologiya muzeyi, Kipr tarixi va madaniyati muzeyi, Sulton Mahmud Nikosiya shahri. Arxiyepiskop saroyi.
II turk kutubxonasi, kartinalar galereyasi, oliy oʻquv yurtlari, teatr bor. Qalʼa devori bilan oʻralgan shahar markazida meʼmoriy yodgorliklardan Ayo Sofiya gotika sobori (hozirgi Salimiya masjidi), cherkovlar, Umariya masjidi, arxiyepiskop saroyi, Bediston yopiq bozori va boshqa saqlantan. Venetsiya qalʼasidan tashqarida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |