Odessa viloyati
Odessa viloyati — Ukrainadagi viloyat. 1932-yil 27-fevralda tashkil etilgan. Ukrainaning janubi-gʻarbida joylashgan. Maydoni 33,3 ming km². Aholisi 2566,8 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar, moldavan, yaxudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 26 tumanga boʻlingan; 14 shahar, 26 shaharcha bor. Markazi — Odessa shahri.
Odessa viloyatining katta qismi Qora dengiz boʻyi pasttekisligida joylashgan. Viloyat shimoliy qismida Podoliya qirlarining etaklari bor. Foydali kazilmalari: granit, gneys, ohaktosh.
Ikdimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida −2°, shimolida −5°, iyulniki shimoli-gʻarbida 2G, janubida 23°. Yillik yogʻin 350-470 mm. Vegetatsiya davri 168-200 kun. Daryolari Kara dengiz havzasiga mansub. Asosiy daryolari: Dunay, Dnestr (Kuchurgan irmogʻi bilan), Kodima va Savranka (Janubiy Bugning oʻng irmogʻi). Dunay daryosining deltasi va Dnestr daryosining koʻlob yerlari botqoklangan. Yozda qurib qoladigan kichik dare ham koʻp. Viloyatning yirik daryolari kema qatnovida, sugʻorishda va gidroenergiya olishda katta xoʻjalik ahamiyatiga ega. Dengiz sohiliga yakin joylarda chuchuk va shoʻr suvli koʻl koʻp.
Tuprogʻi, asosan, qoratuproq. Viloyat shimolida oʻrmon (dub, qora qayin, shumtol, joʻka) saqlanib qolgan. 25 ming ga dan ortiq oʻrmon ihota daraxt-zorlari bor. Kemiruvchilardan malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, qoʻshoyoq, qushlardan qiron qora uchraydi. Daryolari baliqqa boy. Ondatra, qirgʻovul iqlimlashtirilgan.
Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik. Qishloq xoʻjaligi mashinalari (asosan, pluglar), programma bilan boshqariladigan stanoklar, texnologik va boshqa tarozilar, oʻziyurar va koʻtarma kranlar, kino va elektrotexnika apparaturasi, sovitkichlar, kimyo va poligrafiya sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Odessa, Izmail, Kiliyada kema taʼmirlash zavodlari bor. Oziq-ovqat sanoatida yalpi sanoat mah-sulotining 60% dan ortigʻini Odessa beradi. Yengil sanoat korxonalari (toʻqimachilik, jut, movut, koʻn, poyab-zal, tikuvchilik va boshqalar), aksari Odessa, Tatarbunari, Balta, Belgorod-Dnestrovskiy, Bolgrad shaharlarida joylashgan.
Qurilish materiallari sanoatida temir-beton buyumlar, sement, gʻisht, cherepitsa, ruberoid, devor plitalari, ohak va hokazo ishlab chiqariladi.
Kimyo sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyoda ishlaydi va superfosfat, linoleum, boʻyoq, plastmassa, polietilen plyonkalar ishlab chiqariladi. Sellyuloza-qogʻoz, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 61,8% dehqonchilikdan, 38,2% chorvachilikdan oli-nadi. Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik va sut-goʻsht chor-vachiligi yetakchi oʻrinda. Tokchilik va bogʻdorchilik ham rivojlangan. Gʻalladan tashqari texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, koʻy va echki, parranda boqiladi. Temir yoʻl uz. 1039 km, avtomobil yoʻllari 8,7 ming km. Dunay daryosida yuk tashiladi. Aeroport bor. Odessa viloyati hududidan Shebelinka — Odessa magistral gaz quvurining bir kis-mi oʻtadi. 16 oliy oʻquv yurti, 8 ilmiy tadqiqot instituti, Odessa astronomiya rasadxonasi va boshqa ilmiy muassasalar bor. Om-maviy kutubxonalar, 7 muzey, 6 teatr, klublar mavjud. Telestudiya faoliyat koʻrsatadi. Odessa viloyati hududida balneologik, balchiq bilan davolaydigan va iklimiy kurortlar joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |