Hermann Emil Fischer
Hermann Emil Fischer | |
---|---|
Tavalludi |
9-oktabr 1852 Eyskirxen |
Vafoti |
15-iyul 1919 Berlin |
Fuqaroligi | Germaniya imperiyasi |
Millati | Germaniya |
Sohasi | Kimyo |
Taʼlimi |
Bonn universiteti Strasburg universiteti |
Mukofotlari | Nobel mukofoti |
Hermann Emil Fischer (1852.9.10, Eyskirxen — 1919.15.7, Berlin) — nemis organik kimyogari. Strasburg universitetini tugatgan (1874). Myunxen (1879-yildan), Erlanger (1882-yildan), Vyursburg (1885-yildan), Berlin (1892—1919) universitetlari professor Ilmiy ishlari uglevodorodlar, oqsillar, purin birikmalari kimyosiga oid. Purinning fiziologik faol hosilalaridan — kofein, teobromin, ksantin, gipoksantin, teofillin, guanin va adeninni (1897), siydik kislota (1899), shuningdek, purinni (1898) sintez qilgan. Qandlar (1887-yildan), mannoza, fruktoza va glyukoza (1890) sintezini amalga oshirgan. Koʻpgina oqsillarning parchalanish mahsulotlarida valin (1901), prolin va oksiprolin (1902) mavjudligini ochgan, polipeptidlar sinteziga asos solgan va ilk bor sof dipeptid olgan (1902). Nobel mukofoti laureata (1902)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |