Artturi Ilmari Virtanen
Virtanen Arturi Ilmari (1895.15.1 — 1973.11.11) — finlandiyalik biokimyogar. Xelsinki universiteti professor (1931-yildan), ayni vaqtda Fin texnologiya instituti professor (1931—39) va Biokimyo instituti direktori (1931—73), Finlandiya Akademiyasi prezidenti (1948—63). Asosiy ishlari yem biokimyosiga bagʻishlangan. Bakterial va fermentativ jarayonlarni toʻxtatuvchi rN 4 ga teng boʻlgan xlorid va sulfat kislotalarning aralashmasidan foydalanib yemlarni konservalash usulini ishlab chiqqan (1928—29). Bu usul olim nomi bilan atalib ("AIV-usuli"), koʻp mamlakatlarning qishloq xoʻjaligida keng qoʻllangan. Sut va yogʻni konservalash, pishloq ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish ustida ilmiy tadqiqot oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1945)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |