Siydik
Siydik, peshob — odam va umurtqali hayvonlar moddalar almashinuvi mahsuloti (eksekret); buyraklarda ishlanib siydik yoʻllari orqali chiqarib yuboriladigan suyuqlikdik. Organizmdan siydik bilan birga suv, tuzlar va boshqa chiqindilar, shuningdek, organizmga kirgan yoki uning oʻzida hosil boʻlgan turli zaharli moddalar chiqib ketadi. Odamdagi meʼyoriy siydik tiniq, sargʻish rangda. siydik ogʻ. 10101025 g/sm³; r-n=4,88,0 (siydik reaksiyasi oqsilga boy ovqat isteʼmol qilinganda kislotali, oʻsimlik ovkatlar yeyilganda bir oz ishqoriydir). siydik tarkibida 96% suv, 1,5% tuz, 2,5% organik moddalar (mochevina, siydik kislota va boshqalar) bor. siydikda ham qon plazmasidagi kabi tuzlar, asosan, NaCl, shuningdek, sulfatlar, fosfatlar va kaliy, magniy, ammoniy karbonatlari uchraydi. Odam normada bir kechakunduzda 1,2—1,6 litr cha siydik ajratadi. Uning miqdori va tarkibi suyuqlikning ichilish tartibi, ovqatning turi, tashqi muhit temperaturasi, funksional zoʻriqish va boshqa omillarga bogʻliq. siydik fizikkimyoviy xossalarining koʻrsatilgan omillarga bogʻliq boʻlmagan holda oʻzgarishi organizmdagi baʼzi oʻzgarishlardan darak beradi. Mas, toʻq rangli siydik ajralishi jigar funksiyasining buzilganligini, "goʻsht seli"ga oʻxshash siydik siydik aʼzolari jiddiy kasallanganligini koʻrsatadi. siydikda oqsil paydo boʻlishi buyrak va qovuq yalligʻlanganidan, qand boʻlishi esa qandli diabet borligidan dalolat beradi. Shuning uchun siydikni tekshirish (tahlil) koʻpgina kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tahlil uchun nahorgi siydikdan 100 — 200 ml toza idishga solinib, ogʻzi yaxshilab berkitiladi. Bundan oldin tashqi jinsiy aʼzolarni yuvish lozim (qarang Shaxsiy gigiyena).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |