Kontent qismiga oʻtish

William Howard Stein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

William Howard Stein (1911.25.6, Nyu-York 1980.2.2) - amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1960-yildan). Garvard universitetini tugatgan (1933). 1938-yildan Nyu-Yorkdagi Rokfeller tibbiyot tadqiqotlari institutida ishlagan. Ilmiy ishlari oqsillar tuzilishini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1972, Stanford Moore va K. B. Anfinsen bilan hamkorlikda).[1][2]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil