Kontent qismiga oʻtish

Carl Bosch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOSH (Bosch) Karl (1874.27.8 1940.26.4) — nemis kimyogartexnologi. Leypsig universitetida oʻqigan. 1935-yildan "I. G. Farbenindustri" konserni zavodlarining bosh direktori. Bosch rahbarligida temir katalizatorligida ammiak ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilgan. Bosch ammiakli koloniyalarning yuqori bosimda portlash sabablarini aniqlagan. Uglerod qoʻsh oksid va ammiakdan siydikchil (mochevina) olishni yoʻlga qoʻygan (1913). Birinchi jahon urushi vaqtida sintetik gazolin ishlab chiqarish usulini ishlab chiqqan. Germaniyada boʻyoqlar ishlab chiqarish sanoatining asoschilaridan boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1931, F. Bergus bilan hamkorlikda)[1][2].

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil