John Howard Northrop
Qiyofa
John Howard Northrop (1891.5.6, Yonkers, Nyu-York shtati — 1987.27.5) — amerikalik biokimyogar olim. Kaliforniya universiteti professor (1949-yildan). Ilmiy ishlari fermentativ reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi hamda fermentlar xossalarini oʻrganishga oid. Ilk bor sof kristall holdagi pepsin enzimi (1930), tripsin (1932) va boshqalarni, shuningdek, difteriyaga qarshi antitoksinni (1941) ajratib olgan. Nobel mukofoti laureati (1946, U.M.Stenli bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |