Gender tengsizlik indeksi
Gender tengsizlik indeksi (GTI) – gender tengsizligini baholovchi koʻrsatkich boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotining 20 yillik nashrida joriy etilgan. BMTTD maʼlumotiga koʻra, ushbu indeks gender nomutanosibligi tufayli mamlakatda yoʻqotiladigan potensial imkoniyatlar miqdorini aniqlovchi oʻlchovdir. Ushbu imkoniyatlar miqdorini oʻlchashda uchta asosiy koʻrsatkichdan foydalaniladi: reproduktiv salomatlik, vakolatlar va mehnat bozoridagi ishtirok. Yangi indeks 1955-yilgi Inson Taraqqiyoti hisobotida joriy etilgan Gender Taraqqiyoti Indeksi (GDI) va Gender Vakolatlari Mezoni (GEM) indikatorlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida eksperimental chora sifatida kiritilgan[1].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gender tengsizligini bartaraf etishga doir harakatlar natijasida, 1995-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotida Gender Taraqqiyoti Indeksi (GDI) va Gender Vakolatlari Mezoni (GEM) kiritilgan. GDI va GEM Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti boʻyicha beradigan hisobotlarida gender tengsizligini baholashdagi asosiy koʻrsatkichlar vazifasini oʻtagan. GDI va GEM indekslari uslubiy va konseptual cheklanilganligi tufayli koʻplab muammolar yuzaga kelgan[2][2].
Beneria va Permanyer GDI va GEM oʻz-oʻzidan gender tengsizligini oʻlchovchi asosiy koʻrsatkich emasligini tushuntirib bergan. GDI – bu mamlakat ichidagi rivojlanishni oʻlchaydigan va keyingi gender tengsizligining salbiy koʻrsatkichlarini tuzatuvchi kompozit indeks. GEM ayollarning iqtisodiyotda, siyosatda va qarorlar qabul qilishda hokimiyat vositalariga erishish imkoniyatini oʻlchaydi. Beneria va Permanyerning ikkalasi ham gender tengsizligini aniq koʻrsatmasligi daʼvo qilnmoqda[3]. BMTTD maʼlumotlariga koʻra, GDI gender tengsizligini toʻgʻri oʻlchashga qodir emasligi, uning tarkibiy qismlari BMTTD tomonidan qoʻllanadigan inson taraqqiyoti indeksi (HRI) bilan juda chambarchas bogʻliqligi uchun tanqid qilingan[4].
Shunday qilib, Inson taraqqiyoti indeksi va GDI oʻrtasidagi tafovutlar kichik boʻlgan, bu esa gender nomutanosibligi inson taraqqiyoti uchun ahamiyatsiz degan xulosani keltirib chiqaradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining taʼkidlashicha, GDI va GEM ham tanqidga uchragan, chunki daromad darajasi olingan daromad komponentida ustunlik qiladi, buning natijasida daromad darajasi past boʻlgan mamlakatlar, hattoki gender tengsizligi darajasi boʻlsa ham, yuqori yoʻrsatkichni qayd etolmaydilar. GEM koʻrsatkichlari rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda rivojlangan mamlakatlarga koʻproq mos kelishi isbotlangan. 2007-yilgi Jahon Iqtisodiy Forumi ishtirokchilari, jumladan, gender tengligi boʻyicha xalqaro gʻamxoʻrlik kuchayib borayotganligi sababli, ayollarning rivojlanishi davlatlar oʻsishiga taʼsir koʻrsatadigan muhim masala ekanligini tan olganlar[5].
2006-yildan boshlab Jahon Iqtisodiy Forumi oʻzining Global Gender Tafovutlari Hisobotida gender tafovutlari indeksini (GGI) ishlatib keladi. Bu indeks gender tafovutlarini yaxshiroq aniqlash maqsadida mamlakatlarni gender farqlari boʻyicha tartiblaydi[6]. Beneria va Permanyer GGIni faqat ayollar hayotining ayrim jabhalaridagi tengsizlikni qamrab olgani uchun ham tanqid qilgan, shuning uchun uni gender tengsizligining toʻliq boʻlmagan oʻlchovi sifatida koʻrishadi[7].
GDI va GEM koʻp tanqidlarga uchraganini hisobga olib, BMTTD ushbu indekslar ayollar duch keladigan nomutanosibliklarni toʻliq qamrab olmaydi, deb hisoblagan. GDI va GEMni isloh qilish maqsadida BMTTD 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotiga Gender tengsizlik indeksini (GTI) kiritdi[8]. Yangi indeks jamlangan oʻlchov boʻlib, BMTTD maʼlumotlariga koʻra, gender tengsizligi tufayli erishilgan yoʻqotishlarni uchta oʻlchovdan foydalangan holda oʻzida qamrab oladi: reproduktiv salomatlik, imkoniyatlarni kengaytirish va mehnat bozoridagi ishtirok. GTI daromad darajasini komponent sifatida oʻz ichiga olmaydi, bu GDI va GEMning eng bahsli tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan. Bundan tashqari, u bir oʻlchovdagi yuqori yutuqlarni boshqasida past yutuqlarni qoplab ketishga ham imkon bermaydi[8].
Metodologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gender tengsizlik indeksining metodologiyasi Inson taraqqiyoti indeksi baholash uslubiga oʻxshab ketadi. Nazariy jihatdan, ushbu indeks 0 (ayollar va erkaklar oʻrtasida toʻliq tenglik) dan 1 (toʻliq gender nomutanosibligi) gacha boʻlgan oʻlchov shkalasida baholanadi.
Gender tengsizligi indeksini yoʻqotiladigan potentsial inson taraqqiyotining foizi sifatida ham talqin qilish mumkin. Inson taraqqiyoti indeksidan farqli oʻlaroq, gender tengsizligi indeksidagi yuqori koʻrsatkichlar erishilgan natijalarning pastligini koʻrsatadi.
Indekslashda quyidagi 3 ta asosiy mezonga asoslaniladi:
Reproduktiv salomatlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reproduktiv salomatlik ikkita koʻrsatkich bilan oʻlchanadi: onalar oʻlimi va oʻspirin homiladorligi darajasi. Bunday holda, indeksni hisoblash uchun erkaklar uchun mos keladigan ekvivalenti boʻlmagan salomatlik koʻrsatkichlari qoʻllanadi. Indeksni hisoblash uchun qizlar va ayollarning reproduktiv salomatligi ideal koʻrsatkichlar bilan taqqoslanadi: onalar oʻlimining yoʻqligi va oʻspirin homiladorligi darajasi. Bunda, oʻsmirlik davridagi homiladorlik ayolning kelajakdagi reproduktiv salomatligi va umumiy sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi asos qilib olingan. Erta homiladorlik ayollar va farzandlari salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiribgina qolmasdan, ularning taʼlim olishini cheklaydi. Buning natijasida, ayollar kelajakda kam maoshli ishlarda mehnat qilishlariga toʻgʻri keladi.
Vakolatlar va imkoniyatlarga egalik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Indeksning ushbu tarkibiy qismi ham ikkita asosiy faktorga asosan oʻlchanadi: parlamentdagi ayollar va erkaklar sonining nisbati, ayollarning oʻrta va oliy maʼlumotga egalik darajasi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, 2010-yilda 138 ta mamlakatdan faqat 2 tasida ayollar davlat hokimiyat organlarida faoliyat koʻrsatmaydi. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda nol qiymatlar 0,1 foizga oshirildi. Bunda xotin-qizlar parlamentda faoliyat yuritmagan taqdirda ham, ular maʼlum siyosiy taʼsirga ega ekanligi inobatga olindi.
Iqtisodiy faollik darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiy faollik aholining ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan, yaʼni ishchi kuchini ifodalovchi qismidagi ayollarning ishtirok eitsh darajasi bilan oʻlchanadi.
Gender tengsizligi indeksi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunyo boʻyicha gender tengsizlik koʻrsatkichi qiymati 0,56 ni tashkil etadi, bu yuqoridagi uchta mezon asosida erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tengsizlik tufayli yoʻqotish 56 foizga teng ekanligini koʻrsatadi. Ushbu indeksda eng yaxshi natija Niderlandiya ― 0,17 ni tashkil qiladi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha TOP – 5 talikka Daniya, Shvetsiya, Shveysariya va Norvegiya kiradi. Eng past natijalar Yamanda ― 0,85. Rivojlangan IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) mamlakatlari uchun oʻrtacha indeks qiymati 0.32, Janubiy Osiyo mamlakatlari uchun ― 0,74[9].
Afrika, Janubiy Osiyo va Arab davlatlari gender tengsizligining eng yuqori koʻrsatkichlariga ega. Bunda asosiy faktor reproduktiv salomatlikdir[9]. Garchi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 30 yoshlardagi ayol onasiga qaraganda sogʻlom, koʻproq bilim va malakga ega boʻlsa-da, ular ish topishda eng katta toʻsiqlarga duch keladi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi tengdoshlariga qaraganda jamoaviy faoliyatda kamroq ishtirok etadilar[10].
Reyting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gender tengligi mukammal boʻlgan davlat yoʻqligi sababli, barcha davlatlar gender tengsizligi tufayli inson taraqqiyotidan maʼlum darajada zarar koʻradi. GTI va Inson taraqqiyoti indeksida qoʻllanadigan oʻlchamlardagi farq shuni anglatadiki, GTI Inson taraqqiyoti indeksining yoʻqolishi sifatida talqin qilinmaydi, lekin oʻz darajasi va HDIdan alohida qiymatga ega[11]. GTI foiz sifatida talqin qilinadi va gender tengsizligi tufayli inson rivojlanishining potentsial yoʻqolgan foizi miqdorini koʻrsatadi. 2011-yilda jahon boʻyicha oʻrtacha GTI koʻrsatkichi 0,492 ni tashkil etgan, bu gender tengsizligi tufayli inson rivojlanishining 49,2% yoʻqolganligini koʻrsatadi[12]. Maʼlumotlar va maʼlumotlar sifati cheklovlari tufayli 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti 2008-yil uchun 138 mamlakatning GTI reytingini hisoblab chiqqan. 2011-yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti shu yilning hisobot uchun 146 mamlakatning GTI reytingini hisoblab chiqishga muvaffaq boʻlgan[13].
BMTTD GTI maʼlumotlariga koʻra mamlakatlar reytingi (2019-yil):
GTI | ITI | Mamlakat | GTI indeksi |
---|---|---|---|
1 | 2 | Shvetsariya | 0.025 |
2 | 1 | Norvegiya | 0.038 |
3 | 11 | Finlandiya | 0.039 |
4 | 8 | Niderlandiya | 0.043 |
4 | 10 | Daniya | 0.043 |
6 | 7 | Shvetsiya | 0.045 |
6 | 14 | Belgiya | 0.045 |
7 | 23 | Janubiy Koreya | 0.047 |
8 | 26 | Fransiya | 0.049 |
9 | 4 | Islandiya | 0.058 |
10 | 22 | Sloveniya | 0.063 |
11 | 23 | Tayvan | 0.064 |
12 | 23 | Lyuksemburg | 0.065 |
12 | 11 | Singapur | 0.065 |
14 | 18 | Avstriya | 0.069 |
14 | 29 | Italiya | 0.069 |
16 | 25 | Ispaniya | 0.070 |
17 | 19 | Yaponiya | 0.075 |
18 | 38 | Portugaliya | 0.079 |
19 | 16 | Kanada | 0.080 |
20 | 6 | Germaniya | 0.084 |
21 | 33 | Kipr Respublikasi | 0.086 |
21 | 29 | Estoniya | 0.086 |
23 | 2 | Irlandiya | 0.093 |
24 | 14 | Yangi Zelandiya | 0.094 |
25 | 8 | Avstraliya | 0.097 |
26 | 19 | Birlashgan Qirollik | 0.109 |
26 | 48 | Chernogoriya | 0.109 |
28 | 35 | Polsha | 0.115 |
29 | 32 | Gretsiya | 0.116 |
29 | 43 | Xorvatiya | 0.116 |
31 | 31 | Birlashgan Arab Amirliklari | 0.118 |
31 | 53 | Belarus | 0.118 |
33 | 14 | Isroil | 0.123 |
34 | 34 | Litva | 0.124 |
35 | 64 | Serbiya | 0.132 |
36 | 27 | Chexiya | 0.136 |
37 | 82 | Shimoliy Makedoniya | 0.143 |
38 | 73 | Bosniya va Gersegovina | 0.149 |
39 | 85 | Xitoy | 0.168 |
40 | 28 | Malta | 0.175 |
41 | 37 | Latviya | 0.176 |
42 | 69 | Albaniya | 0.181 |
43 | 45 | Qatar | 0.185 |
44 | 51 | Qozogʻiston | 0.190 |
45 | 39 | Slovakiya | 0.191 |
46 | 17 | Qoʻshma Shtatlar | 0.204 |
46 | 90 | Moldava | 0.204 |
48 | 56 | Bolgariya | 0.206 |
49 | 42 | Bahrayn | 0.212 |
50 | 52 | Rossiya | 0.225 |
51 | 40 | Vengriya | 0.233 |
52 | 74 | Ukraina | 0.234 |
53 | 64 | Quvayt | 0.242 |
54 | 81 | Armaniston | 0.245 |
55 | 43 | Chili | 0.247 |
56 | 105 | Liviya | 0.252 |
56 | 40 | Saudiya Arabistoni | 0.252 |
56 | 58 | Barbados | 0.252 |
59 | 62 | Malayziya | 0.253 |
60 | 47 | Bruney | 0.255 |
61 | 49 | Ruminiya | 0.276 |
62 | 55 | Urugvay | 0.288 |
62 | 106 | Oʻzbekiston | 0.288 |
62 | 62 | Kosta-Rika | 0.288 |
65 | 95 | Tunis | 0.296 |
65 | 117 | Vyetnam | 0.296 |
67 | 70 | Kuba | 0.304 |
68 | 60 | Oman | 0.306 |
68 | 54 | Turkiya | 0.306 |
70 | 125 | Tojikiston | 0.314 |
71 | 99 | Mongoliya | 0.322 |
71 | 74 | Meksika | 0.322 |
73 | 88 | Ozarboyjon | 0.323 |
73 | 67 | Trinidad va Tobago | 0.323 |
75 | 46 | Argentina | 0.328 |
76 | 61 | Gruziya | 0.331 |
77 | 58 | Bagam orollari | 0.341 |
78 | 66 | Mavritsiya | 0.347 |
79 | 104 | Tonga | 0.354 |
80 | 79 | Tailand | 0.359 |
81 | 111 | Samoa | 0.360 |
82 | 95 | Maldiv orollari | 0.369 |
82 | 120 | Qirgʻiziston | 0.369 |
84 | 93 | Fiji | 0.370 |
85 | 124 | El Salvador | 0.383 |
86 | 86 | Ekvador | 0.384 |
87 | 79 | Peru | 0.395 |
88 | 101 | Yamayka | 0.396 |
89 | 126 | Kabo-Verde | 0.397 |
90 | 86 | Sent Lyusiya | 0.401 |
90 | 72 | Shri Lanka | 0.401 |
92 | 160 | Ruanda | 0.402 |
93 | 114 | JAR | 0.406 |
94 | 57 | Panama | 0.407 |
95 | 84 | Braziliya | 0.408 |
96 | 92 | Livan | 0.411 |
97 | 110 | Beliz | 0.415 |
98 | 107 | Boliviya | 0.417 |
99 | 129 | Butan | 0.421 |
100 | 132 | Gonduras | 0.423 |
101 | 83 | Kolumbiya | 0.428 |
101 | 128 | Nikaragua | 0.428 |
103 | 91 | Jazoir | 0.429 |
104 | 107 | Filippin | 0.430 |
105 | 97 | Surinam | 0.436 |
106 | 130 | Namibiya | 0.440 |
107 | 103 | Paragvay | 0.446 |
108 | 116 | Misr | 0.449 |
109 | 102 | Iordaniya | 0.450 |
110 | 142 | Nepal | 0.452 |
111 | 121 | Marokash | 0.454 |
112 | 88 | Dominika Respublikasi | 0.455 |
113 | 137 | Laos | 0.459 |
113 | 70 | Eron | 0.459 |
115 | 122 | Gayana | 0.462 |
116 | 100 | Botswana | 0.465 |
117 | 144 | Kambodja | 0.474 |
118 | 147 | Myanma | 0.478 |
119 | 113 | Venezuala | 0.479 |
119 | 127 | Guatemala | 0.479 |
121 | 107 | Indoneziya | 0.480 |
122 | 151 | Suriya | 0.482 |
123 | 131 | Hindiston | 0.488 |
124 | 185 | Burundi | 0.504 |
125 | 173 | Efiopiya | 0.517 |
126 | 143 | Keniya | 0.518 |
127 | 181 | Mozambique | 0.523 |
128 | 119 | Gabon | 0.525 |
129 | 150 | Zimbabve | 0.527 |
130 | 168 | Senegal | 0.533 |
131 | 159 | Uganda | 0.535 |
132 | 148 | Angola | 0.536 |
133 | 135 | San-Tome va Prinsipi | 0.537 |
133 | 133 | Bangladesh | 0.537 |
135 | 138 | Gana | 0.538 |
135 | 154 | Pokiston | 0.538 |
137 | 146 | Zambiya | 0.539 |
138 | 170 | Sudan | 0.545 |
139 | 165 | Lesotho | 0.553 |
140 | 163 | Tanzania | 0.556 |
141 | 153 | Kamerun | 0.560 |
142 | 174 | Malavi | 0.565 |
143 | 138 | Esvatini | 0.567 |
144 | 149 | Kongo Respublikasi | 0.570 |
145 | 167 | Togo | 0.573 |
146 | 123 | Iroq | 0.577 |
147 | 182 | Burkina Faso | 0.594 |
148 | 158 | Benin | 0.612 |
148 | 172 | Gambiya | 0.612 |
150 | 175 | Kongo Demokratik Respublikasi | 0.617 |
151 | 157 | Mavritaniya | 0.634 |
152 | 170 | Gaiti | 0.636 |
153 | 162 | Ivory Coast | 0.638 |
154 | 189 | Nigeriya | 0.642 |
155 | 182 | Sierra Leone | 0.644 |
156 | 175 | Liberiya | 0.650 |
157 | 169 | Afgʻoniston | 0.655 |
158 | 184 | Mali | 0.671 |
159 | 188 | Markaziy Afrika Respublikasi | 0.680 |
160 | 187 | Chad | 0.710 |
161 | 155 | Papua Yangi Gvineya | 0.725 |
162 | 179 | Yaman | 0.795 |
Eng yuqori oʻrindagi 10 ta mamlakat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008[14], 2011[15], va 2012-yillar uchun GTI boʻyicha boʻyicha eng yuqori oʻrinni zabt etgan oʻnta mamlakat[16]:
Mamlakat | GTI oʻrni 2018 | GTI oʻrni 2012 | GTI indeksi 2012 | ITI oʻrni 2012 | GTI oʻrni 2011 | GTI indeksi 2011 | GTI oʻrni 2008 | GTI indeksi 2008 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Niderlandiya | 4 (0.041) | 1 | 0.045 | 4 | 2 | 0.052 | 1 | 0.174 |
Shvetsiya | 2 (0.040) | 2 | 0.055 | 7 | 1 | 0.049 | 3 | 0.212 |
Daniya | 2 (0.040) | 3 | 0.057 | 15 | 3 | 0.060 | 2 | 0.209 |
Shveysariya | 1 (0.037) | 4 | 0.057 | 9 | 4 | 0.067 | 4 | 0.228 |
Norvegiya | 5 (0.044) | 5 | 0.065 | 1 | 6 | 0.075 | 5 | 0.234 |
Finlandiya | 7 (0.050) | 6 | 0.075 | 21 | 5 | 0.075 | 8 | 0.248 |
Germaniya | 19 (0.084) | 7 | 0.075 | 5 | 7 | 0.085 | 7 | 0.240 |
Janubiy Koreya | 7 (0.048) | 8 | 0.08 | 7 | 8 | 0.078 | 8 | 0.198 |
Fransiya | 8 (0.051) | 10 | 0.083 | 20 | 10 | 0.106 | 11 | 0.260 |
Belgiya | 6 (0.045) | 9 | 0.068 | * | * | * | * | GHS |
2018-yil reytingi va qiymati. 2018-yil: 9-oʻrinda Islandiya, 10-oʻrinda Koreya Respublikasi egallagan.
Roʻyxatga kiritilmagan mamlakat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat[17][18] | GTI darajasi 2012-yil | GTI qiymati 2012-yil | HDI reytingi 2012-yil | GTI darajasi 2011-yil | GTI qiymati 2011-yil | GII darajasi 2008-yil | GII qiymati 2008-yil |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xitoy Respublikasi (Tayvan) | 2 | 0,053 | 23 | 4 | 0,061 | 4 | 0,223 |
Eng oxirgi oʻrindagi 10 ta mamlakat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008[19], 2011[20] va 2012-yillar uchun GTI maʼlumotlariga koʻra gender tengligi boʻyicha eng past daraja koʻrsatgan oʻnta davlat[21]:
Mamlakat | GTI oʻrni
(GII indeksi) 2018 |
GTI indeksi 2012 | ITI oʻrni 2012 | GTI oʻrni 2011 | GTI indeksi 2011 | GTI oʻrni 2008 | GTI indeksi 2008 |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Yaman | 162 (0.834) | 0.747 | 160 | -- | -- | -- | -- |
Afgʻoniston | 143 (0.575) | 0.712 | 175 | 141 | 0.717 | 134 | 0.797 |
Nigeriya | 154 (0.647) | 0.707 | 186 | 144 | 0.724 | 136 | 0.807 |
Kongo | 156 (0.655) | 0.681 | 186 | 142 | 0.710 | 169 | 0.814 |
Liberiya | 155 (0.651) | 0.658 | 174 | 139 | 0.671 | 131 | 0.766 |
Markaziy Afrika Respublikasi | 159 (0.682) | 0.654 | 180 | 138 | 0.669 | 132 | 0.768 |
Mali | 158 (0.676) | 0.649 | 182 | 143 | 0.712 | 135 | 0.799 |
Sierra Leone | 153 (0.644) | 0.643 | 177 | 137 | 0.662 | 125 | 0.756 |
Mavritaniya | 150 (0.620) | 0.643 | 155 | -- | -- | -- | -- |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Inson taraqqiyoti indeksi (ITI)
- Global gender farq hisoboti
- Oʻzbekistonda gender tengligi
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
- Islom dinida ayol
- BMT
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Nations, United (2020). Human Development Report 2020 - Table 5: Gender Inequality Index. http://hdr.undp.org/en/composite/GII. Qaraldi: 2021-01-22.Gender tengsizlik indeksi]]
- ↑ 2,0 2,1 Permanyer, I.,(2011). Are UNDP Indices Appropriate to Capture Gender Inequalities in Europe? (Wayback Machine saytida 2020-09-11 sanasida arxivlangan), Social Indicators Research, pp. 1-24
- ↑ Beneria, L., Permanyer, I.,(2010).The Measurement of Socio-economic Gender Inequality Revisited, Development and Change, 41:3, pp.375-399
- ↑ United Nations Development Programme, (2011).Gender Inequality Index FAQ
- ↑ Ferrant, G., (2010). The Gender Inequalities Index (GII) as a New Way to Measure Gender Inequalities in Developing Countries, SciencesNew York, pp.106-112
- ↑ Hausmann, R., Tyson, L. D., Zahidi, S., (2006). „The Global Gender Gap Report 2006“, World Economic Forum, Geneva, Switzerland
- ↑ Beneria, L., Permanyer, I.,(2010).The Measurement of Socio-economic Gender Inequality Revisited, Development and Change, 41:3, pp.375-399
- ↑ 8,0 8,1 United Nations Development Programme, (2011).Gender Inequality Index FAQ
- ↑ 9,0 9,1 „Gender Inequality Index“ (en). Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti to'g'risidagi hisoboti 2010 yil. 2012-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyun.
- ↑ Baten, Jörg. A History of the Global Economy. From 1500 to the Present. Cambridge University Press, 2016 — 240-bet. ISBN 9781107507180.
- ↑ United Nations Development Programme, (2011).Gender Inequality Index FAQ
- ↑ United Nations Development Programme, Gender Inequality Index FAQ’s, 2011
- ↑ United Nations Development Programme, Human Development Report 2011; Sustainability and Equity, 2011
- ↑ United Nations Development Programme, Human Development Report 2010; The Real Wealth of Nations, 2010
- ↑ United Nations Development Programme, Human Development Report 2011; Sustainability and Equity, 2011
- ↑ „Table 4 Gender Inequality Index 2012“. United Nations Development Programme. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-yanvar.
- ↑ „我國HDI、GII分別排名全球第23位及第2位“ (zh). Directorate-General of Budget, Accounting and Statistics. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.
- ↑ 台灣性別平等 2012排名全球第2, Liberty Times, 2014-09-23
- ↑ United Nations Development Programme, Human Development Report 2010; The Real Wealth of Nations, 2010
- ↑ United Nations Development Programme, Human Development Report 2011; Sustainability and Equity, 2011
- ↑ „Table 4 Gender Inequality Index 2012“. United Nations Development Programme. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-yanvar.