Kontent qismiga oʻtish

Al-Qodir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Qodir
القادر
Xalifa
Moʻminlar amiri

Xalifa al-Qodir ismi yozilib zarb qilingan Mahmud Gʻaznaviy oltin dinori.
Abbosiylar xalifaligining 25-xalifasi
Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa
Saltanat 991-yil 22-noyabr — 1031-yil 29-noyabr
Oʻtmishdoshi At-Toiy
Davomchisi Al-Qoim
Tugʻilishi 947-yil 28-sentyabr
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 29-noyabr 1031-yil(1031-11-29)
(84 yoshda)
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Dafn etilgan joy
Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Sakina bintu Baho ud-Davla (933-yilda turmush qurgan)[1][2]
Qatr an-Nada
Farzandlari
Toʻliq nomi
Abulabbos Ahmad ibn Isʼhoq al-Qodir billoh
Sulola Abbosiylar
Otasi Isʻhoq ibn al-Muqtadir
Onasi Dimna
Dini Sunniylik (Islom)

Abulabbos Ahmad ibn Isʼhoq (arabcha: أبو العباس أحمد بن إسحاق; 947-yil 28-sentyabr — 1031-yil 29-noyabr) Abbosiylar xalifaligining 991-yildan 1031-yilgacha Bagʻdodda hukmronlik qilgan 25-xalifasi. Hukmdorlik nomi al-Qodir (القادر بالله, al-Qodir billoh, soʻzma-soʻz'Xudo yorlaqagan').

Asosiy vorislik tizimida boʻlmagan Abbosiy shahzodasi al-Qodir Shofiʼiy mazhabining islom fiqhi qoidalari va boshqa sohalar boʻyicha yaxshi taʼlim olgan. Amakivachchasi at-Toiyni Iroqning buvayhiy hukmdori Baho ud-Davla taxtdan agʻdarganidan keyin taxtga oʻtirgan. Hamon Buvayhiylar vasiyligi ostida, hatto Bagʻdodda ham cheklangan real hokimiyatga ega boʻlgan al-Qodir vaqt oʻtishi bilan buvayhiy amirlarning raqobatidan hamda xalifalikning qonuniylik va diniy yoʻl-yoʻriq manbai sifatidagi rolidan foydalanib, oʻz idorasining nufuzini asta-sekin oshira olgan. Al-Qodir buvayhiylar aralashuvisiz oʻz merosxoʻrlarini tayinlay olgan, Bagʻdod xavfsizligini buvayhiy amir Jalol ud-Davla nazorat qilishini ta’minlashda muhim rol oʻynagan. Shu bilan birga, u oʻz gʻalabalarini xalifalik tan olishi evaziga mablagʻ bilan taʼminlaydigan Mahmud Gʻaznaviy kabi qudratli shaxslarni izlagan. Al-Qodir diniy sohada oʻzini buvayhiylar va Qohiradagi Fotimiylar mansub boʻlgan shialikka qarshi sunniylik himoyachisi kabi koʻrsatgan. Xalifa 1011-yilgi Bagʻdod manifestida Fotimiylarni qoralagan va ratsionalist moʻtaziliylarga qarshi anʼanaviy hanbaliy mazhabi tarafini olib, birinchi marta sunniylik taʼlimotini „Qodiriy aqidasi“da kodekslashtirgani haqida bayonotlar bergan. Al-Qodirning diniy siyosati sunniy-shia boʻlinishini mustahkamlagan. Chunki turli xil taʼlimotlar tarafdorlari kofir deb qoralanib, oʻldirilishi qonuniylashtirilgan. Uning hukmronligi Abbosiylar xalifaligining mustaqil siyosiy aktyor sifatida qayta maydonga chiqishidan darak berib, asr oxirida „sunniylik uygʻonish davri“ deb nomlangan.

  1. El-Azhari, T.. Queens, Eunuchs and Concubines in Islamic History, 661-1257, Edinburgh Studies in Classical Islamic History and Culture. Edinburgh University Press, 2019 — 85-bet. ISBN 978-1-4744-2319-9. 
  2. Rudainy, Al; Saud, Reem „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  3. 3,0 3,1 Busse 2004, s. 201.
  4. Massignon, L.; Mason, H.. The Passion of Al-Hallaj, Mystic and Martyr of Islam, Volume 2: The Survival of Al-Hallaj, Bollingen Series. Princeton University Press, 2019 — 142-bet. ISBN 978-0-691-65721-9.