Kontent qismiga oʻtish

Fatvo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fatvo (arab. – tushuntirish, izoh, hukm, qaror) – islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki toʻrt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izoxlari, shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan qarorlari fatvo deb aytilgan. Fatvo barcha diniy-huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qoʻshimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Fatvo Qurʼon, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan fatvolarga asoslanib chiqariladi.