Amir ul-umaro
Amir ul-umaro (arab. أمير الأمراء — amirlar amiri, oliy amir) — oʻrta asrlarda Movarounnahrda keng tarqalgan eng yuqori harbiy unvonli amaldor. U oliy bosh qoʻmondon hisoblanib, butun harbiy ishlar uning qoʻlida boʻlgan. Bundan tashqari, Oltin Oʻrda va Chigʻatoy ulusida hukumatning barcha bosh ijro idoralari (devonlar) ham Amir ul-umaro qoʻlida boʻlgan. Lekin Amir Temur va temuriylar zamo-nida Amir ul-umaro faqat bosh qoʻmondonlik, koʻp hollarda podshoh hudaychisi (ad’yutanti) vazifasini oʻtagan.
Davlat ijro idoralari esa viziri aʼzam qoʻlida boʻlgan. Amir ul-umaro lik lavozimi Qoʻqon xonligida ami-ri lashkar, beklar begi, Turkiya va Ozar-bayjonda 17-19-asrlarda beklar begi deb atalgan. Xiva xonlari arxividan maʼlum boʻlishicha, saroyda unga xizmat qiluvchi maxsus xodimlar, chunonchi 35 farrosh, 80 xizmatkor, 4 sayis va 6 darvozabon boʻlgan. Saroy lavozimlari ichida Amir ul-umaro Xiva xonligida naqibaan keyin kelgan va uning ma-oshi 500 tillani tashkil qilgan. Bundan tashqari bir necha vilo-yatning daromadlari Amir ul-umaro ixtiyoriga berilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |