Kontent qismiga oʻtish

Mandub

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mandub (arabcha — tavsiya etilgan, lozim topilgan) — shariat hukmlaridan biri (farz, muboh, makruh, harom bilan birga). Dindorlar uchun bajarish lozim topilgan, tavsiya etilgan, lekin majbur hisoblanmagan amallar (masalan, belgilanganidan ortiq xayrsadaqa qilish, jahlni bosish, qarzlarni kechib yuborish, jumadan tashqari vaqtlarda ham masjidga chiqish, mehmondoʻst boʻlish, yoʻlni koʻrsatib qoʻyish va shahrik.) Mandub hukmiga kiritilgan. Ixtiyoriy bajariladigan bir qancha urf-odatlar Mandub hisoblanadi, ular mohiyatan sunna qoʻygan talablardan keyin turadi, baʼzan ular ayni mazmunda ham talqin etiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil