Dinamo (futbol klubi, Samarqand)
Toʻliq nomi | Dinamo Samarqand futbol klubi | ||
---|---|---|---|
Laqabi |
The Lions (Oʻzbekcha: Sherlar) Arslonlar Dinamochilar | ||
Asos solingan | 1960 | ||
Stadioni | Dinamo stadioni | ||
Sigʻimi | 13,800 | ||
President | Akbar Shukurov | ||
Bosh murabbiy | Vadim Abramov | ||
Liga | Oʻzbekiston Superligasi | ||
Oʻrni | 13 | ||
Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Dinamo (Samarqand) (English: FC Dinamo Samarqand, Tajik: Dastai Futboli Dinamo Samarqand) – futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi.
Jamoa tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaning vujudga kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.
Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.
Jamoa nomlari tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“
- 1960–1963: Dinamo Samarqand
- 1963–1967: Spartak Samarqand
- 1967–1968: Soʻgʻdiyona Samarqand
- 1968–1970: FK Samarqand
- 1970–1976: Stroitel Samarqand
- 1976–1991: Dinamo Samarqand
- 1991–1993: Maroqand Samarqand
- 1993–1997: Dinamo Samarqand
- 1997–1998: Afrosiyob Samarqand
- 1998–2000: FK Samarqand
- 2000–2008: FK Samarqand-Dinamo
- 2008–present: FK Dinamo Samarqand
SSSR Chempionatlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.
Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.
1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.
Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirilgan. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritilgan. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.
1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.
1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.
1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.
Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.
1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri – Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.
80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.
SSSR chempionati natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Liga | SSSR Kubogi | Eng Yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | O'R | O' | G' | D | M | UG | O'G | O | Ism | Liga | |||
1960 | 3st | 16 | 30 | 4 | 8 | 18 | 30 | 78 | 16 | Yuriy Mamedov | 6 | Artyom Vartazarov | |
1961 | 3st | 15 | 30 | 5 | 8 | 17 | 39 | 76 | 18 | Vitaliy Nikitin | 4 | Artyom Vartazarov | |
1962 | nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi | ||||||||||||
1963 | 3st | 12 | 28 | 7 | 9 | 12 | 25 | 42 | 23 | Ruben Shohnazarov | 5 | Anatoliy Morozov | |
1964 | 3st | 6 | 32 | 12 | 13 | 7 | 31 | 23 | 37 | Rashid Mamedov | 10 | Saveliy Safronov | |
1965 | 3st | 15 | 38 | 12 | 9 | 17 | 43 | 65 | 33 | Ruslanbek Dzasoxov | |||
1966 | 3st | 14 | 36 | 9 | 10 | 17 | 25 | 32 | 28 | ||||
1967 | 3st | 4 | 42 | 16 | 17 | 9 | 40 | 32 | 49 | ||||
1968 | 3st | 3 | 42 | 19 | 16 | 7 | 55 | 38 | 54 | ||||
1969 | 3st | 2 | 46 | 23 | 15 | 8 | 70 | 37 | 61 | ||||
1970 | 3st | 11 | 32 | 7 | 11 | 14 | 35 | 40 | 25 | ||||
1971—1975 | Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan | ||||||||||||
1976 | 3st | 19 | 40 | 14 | 5 | 21 | 38 | 49 | 33 | Anatoliy Melixov | 10 | Viktor Orlov | |
1977 | 3st | 15 | 40 | 13 | 10 | 17 | 50 | 51 | 36 | Aleksand Mosesov | 13 | Sergey Budagov | |
1978 | 3st | 19 | 44 | 12 | 10 | 22 | 46 | 69 | 34 | Sergey Grigorovich | 19 | Yakov Kaprov | |
1979 | 3st | 7 | 46 | 21 | 10 | 15 | 59 | 39 | 52 | Sergey Grigorovich | 18 | Bahodir Ibrohimov | |
1980 | 3st | 1 | 36 | 26 | 4 | 6 | 80 | 38 | 56 | Erkin Vohidov | 17 | Birodar Abduraimov | |
1981 | 3st | 2 | 40 | 27 | 7 | 6 | 76 | 33 | 61 | Sergey Xrulyov | 17 | Pyotr Shubin | |
1982 | 3st | 1 | 36 | 25 | 6 | 5 | 63 | 19 | 56 | Erkin Vohidov | 15 | Vladimir Desyatchikov | |
1983 | 3st | 3 | 40 | 22 | 8 | 10 | 70 | 45 | 52 | Sergey Grigorovich | 21 | Vladimir Desyatchikov | |
1984 | 3st | 1 | 38 | 21 | 13 | 4 | 67 | 39 | 55 | Gennadiy Ichevskiy | 26 | Vladimir Desyatchikov | |
1985 | 3st | 4 | 32 | 16 | 8 | 8 | 47 | 27 | 40 | Gennadiy Ichevskiy | 12 | Aleksand Mosesov | |
1986 | 3st | 3 | 36 | 20 | 9 | 7 | 63 | 31 | 49 | Gennadiy Ichevskiy | 12 | Nikolay Kiselyov | |
1987 | 3st | 4 | 36 | 18 | 8 | 10 | 56 | 43 | 44 | Vladimir Gurmushov | 12 | Aleksandr Ivankov | |
1988 | 3st | 14 | 36 | 13 | 5 | 18 | 46 | 60 | 31 | Mixail Fomin | 8 | Aleksandr Ivankov | |
1989 | 3st | 13 | 40 | 15 | 9 | 16 | 53 | 52 | 39 | Olim Tillayev | 16 | Vladimir Fedin | |
1990 | 4st | 4 | 38 | 19 | 7 | 12 | 67 | 39 | 45 | Sharif Fayziev | 12 | Shavkat Ahmerov | |
1991 | 4st | 8 | 50 | 25 | 8 | 17 | 92 | 69 | 58 | Hamza Jabborov | 17 | Rustam Istamov |
Oʻzbekiston Chempionatlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqil Oʻzbekistonda klub uzoq vaqtdan beri Oʻzbekiston Oliy ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan. (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi deb yuritiladi). 20-asrning oxirgi yillarida va soʻnggi vaqtlarda (1994, 1998, 2016, 2018, 2020, 2021, 2023) Birinchi ligada (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Pro ligasi deb ataladi) oʻynagan.
1992-yilda SSSR parchalanganidan soʻng klub nomi „Maroqand“ga oʻzgartirilgan va Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining dastlabki, 1-mavasumida ishtirok etgan. „Maroqand“ jamoasi debyut mavsumida 17 jamoa orasida 10-oʻrinni egallagan, Oʻzbekiston Kubogida esa yarim final bosqichiga qadar yetib borgan. 1993-yilda klub oʻzining „Dinamo“ nomini qaytardi. Ammo jamoa oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining 1/4 final bosqichida toʻxtadi. „Dinamo“ 1994-yilgi mavsumni Birinchi ligada oʻtkazgan va 2-oʻrinni egalab Oliy ligaga qaytgan. 1997-yilda jamoa yana muvaffaqiyatsiz oʻyinlari sababli 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketgan. 1997-yil 2-yarmidan 1998-yil oxirigacha klub „Afrosiyob“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 1998-yilgi mavsumda jamoa Birinchi ligada 2-oʻrinni egalladi va yana Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan.
1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.
1998-yil oxirida klub nomi Samarqand deb oʻzgartirildi (2000-yilgacha). 1999-yil Oliy ligaga qaytgan mavsumida 5-oʻrinda yakunlagan. 2000-yilda jamoa tarixidagi eng yuqori yutuqlarini qoʻlga kiritdi. Oliy ligada 4-oʻrin va 1999/2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi, unda Samarqand klubi Toshkent viloyatining „ Doʻstlik“ jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil oxirida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deb oʻzgartirildi va 2008-yil oxirigacha saqlanib qoldi. 2001-yilgi mavsumdan boshlab klub katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi va Oliy ligada oʻrta dehqonlardan biriga aylandi.
1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.
2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.
Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.
Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.
2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.
2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi…
2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.
Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis – bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.
„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari – Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.
Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007-yildagi 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.[1]
2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallagan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Premer-ligaga yoʻllanma oldi, u yerda 2017 yilgi mavsumda yana 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) elitadan tushib ketdi.
2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro -ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida oʻynamoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko bilan musobaqadan chiqib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko bilan 2-oʻrinni egalladi.
Yillar davomida erishgan eng yaxshi yutugʻi 2007-yilda 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida klub oʻzining tarixiy nomi „Dinamo“ ga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda. 2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallab turgan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda u birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Oliy ligaga yoʻllanma oldi, u yerda 2017-yilgi mavsumda 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) yana elitadan chiqib ketdi.
2018-yilda Samarqand „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro-ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etmoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko jamgʻarib, 2-oʻrinni egalladi.
Klub afsonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinamoning eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchisi bu Oleg Gorvits.
Dinamo uchun eng koʻp liga musoboqalarida gol urgan futbolchi: Hamza Jabborov (95 ta gol).
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaning eng yirik hisobdagi gʻalabasi bu 2000-yilda Semurgʻ ustidan boʻlgan 8:0.
Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.
Mahalliy tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Musobaqalarda natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Osiyo kubogi egalari kubogi | 2 | - | - | 2 | 5 | 4 | 0 |
2000/2001-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yoʻllanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qoʻlga kiritgan. „Osiyo Kubok Egalari Kubogi“ mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi „Gʻarbiy Osiyo zonasi“ 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).
Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Umumiy
hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
2000/2001 | Osiyo kubogi egalari kubogi | Birinchi bosqich | Nebitchi | 2-3 | 3-4 | 5-7 |
Klubning eski logotiplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinamo Samarqand. PFK oʻz uy uchrashuvlarini Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“da oʻtkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytda stadion sigʻimi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sigʻdira olardi. 2012-yili stadion toʻliq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.
1992-yildagi, eng esda qolarli voqea sifatida Oʻzbekiston Kubogining final uchrashuvini Samarqand shahridagi „Dinamo“ stadioniga oʻtkazilishi boʻldi. Ilk marta oʻtkazilgan musobaqa finalida „Dinamo“ oʻyingohida Namanganning „Navbahor“ va Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoalari finalga roʻbaroʻ kelishib, penaltilar bahsida namanganliklar zafar quchishgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston chempionati – Oliy ligada 4-oʻrin (2000).
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi – (1999/2000).
- Oʻzbekiston Pro ligasi :
- Chempionlar (1): 2016 yil
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-mart 2024-yil haloatiga koʻra[3]
|
|
U21
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
U19
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub hodimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub rahbariyati va maʼmuriyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Furqat Rahimov – Klub Prezidenti
- Firdavs Karimov – Vitse Prezident
- Odil Ziyotov – Maʼmur
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.
- Vadim Abramov – Bosh murabbiy[4]
- Marat Miftaxutdinov – Yordamchi Murabbiy
- Dilshod Sharofutdinov – Yordamchi Murabbiy
- Abdusattor Rahimov – Darvozabonlar murabbiyi
Boshqaruv tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taqdim etilgan maʼlumotlarda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.
Yil | Trener |
---|---|
1961-yil | Aleksey Lapshin |
1962-1979-yillar | maʼlumot yoʻq |
1976-yil | Vyacheslav Koltsov |
1980-1981-yillar | Birodar Abduraimov |
1982-1984-yillar | Vladimir Desyatchikov |
1985 yil (1-bosqich) | Aleksey Masesov |
1985-1986-yillar | Nikolay Kiselyov |
1987-1988-yillar | Aleksandr Ivankov |
1989 yil | Vladimir Fedin |
1990 yil (1-davra) | Shavkat Axmerov |
1990 yil (2-bosqich) | Yuriy Mamedov |
1991 yil | Rustam Istamov |
1992 yil | Nikolay Solovyov |
1993 yil (1-bosqich) | Rustam Istamov |
1993 yil (2-bosqich) | Vladimir Desyatchikov |
1994-1997-yillar | maʼlumot yoʻq |
1998-2000-yillar | Mahmud Rahimov |
2000-2002 | Hakim Fuzaylov |
2003 yil | Birodar Abduraimov |
2004-2006 | maʼlumot yoʻq |
2007-2008-yillar | Toshmurod Ogʻamurodov |
2008-2010 | Azamat Abduraimov |
2010-2011 | Viktor Jalilov |
2011-2012 | Ahmad Ubaydullayev |
2012 yil | Sergey Arslanov |
2013 yil (1-bosqich) | Kamo Gazarov |
2013-2014-yillar | Ravshan Haydarov |
2014-2015-yillar | Toshmurod Ogʻamurodov |
2015 yil | Baxrom Hakimov |
2016 yil | Uchqun Qobilov |
2016 yil | Ilhom Sharipov |
2017 yil | Edgar Gess |
2017 yil | Oleg Tyulkin |
2018 | Ilhom Sharipov |
2018-2019 | Davron Fayziev |
2019 | Toshmurod Ogʻamurodov |
2020 | Ravshan Ahmedov |
2020[5] | Sergey Lushan |
2020 | Jasur Hakimov |
2021-yil[6] | Hakim Fuzaylov[7] |
2022 | Predrag Rogan[8] |
2022 | Andrey Shipilov[9] |
2022 – hozirgi kungacha ichida. | Vadim Abramov |
Mashhur Futbolchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vladislav Baturin
- Ravshan Doʻrmonov
- Ignatiy Nesterov
- Andrey Akopyans
- Ivan Nagayev
- Bahodir Nasimov
- Aleksandr Kletskov
- Oleg Gorvits
- Jaʼfar Irismetov
- Ilhom Yunusov
- Hamza Jabborov
- Ravshan Bozorov
- / Yevgeniy Safonov
- / Muhsin Muhammadiyev
- Shuhrat Jabborov
- Elshan Gambarov
- Karim Isroilov
- David Oniya
- Andriy Melnichuk
- Andrey Yeroxin
- Vladimir Kilikevich
- Denis Romanenko
Raqobat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand „Dinamo“si Oʻzbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Jamoaning deyarli har bir oʻyinida 13800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadioni toʻlib-toshgan.
Samarqandning „Dinamo“ jamoasining asosiy raqibi shu nomli shahar va qoʻshni Buxoro viloyati (viloyat) poytaxti „Buxoro“ FK hisoblanadi.
Ayni paytda „Dinamo“ va „Buxoro“ muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatlarga ega boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinda sevimli klubiga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani bir-biriga yaqinlashtiradi.
Samarqandning „Dinamo“ va „Buxoro“ jamoalari ishtirok etgan „Qadimiy shaharlar derbisi“ mamlakatimizda juda mashhur. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – Samarqand va Buxoro sharafini himoya qiladi. Jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar ajoyib oʻtmoqda va muxlislar oʻrtasida sotib olingan.
Samarqandning ham oʻziga xos „Samarqand derbisi“ borki, bu kamdan-kam uchraydi. Agar „Dinamo“, " Sherdor " va „Spartak“ klublari, shuningdek, shaharning kichik va unchalik tanish boʻlmagan klublari oʻzaro toʻqnash kelsa, oʻyin norasmiy tarzda xuddi shunday maqomga ega .
Samarqand „Dinamo“sining koʻplab taxalluslari bor: „Samarkand“ (uzb. Samarqandliklar/Samarkandliklar); „Yoʻlbarslar“ (oʻzb . Yoʻlbardlar / Yoʻlbarslar) – shahar gerbida ham aks ettirilgan klub va Samarqand shahrining ramzi; „Starogorodtsy“ (oʻzb . Koʻhna shaharliklar / Khna shaharliklar) – Samarqandning qadimiyligiga ishora; boshqa taxalluslar ham bor.
Homiylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urgut shahrida joylashgan „Urgaz carpet“ maʼsuliyati cheklangan jamiyat klub homiysi hisoblanadi kompaniya yirik gilam ishlab chiqarish klasteri hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АРХИВ. 2009 йилги "Динамо" - "Бунёдкор" учрашуви ёхуд "Лой жанги-2"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Архив. "Динамо-1999"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Dinamo jamoasi tarkibi“. PFL.UZ. 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-fevral 2024.
- ↑ „Расман: Вадим Абрамов «Динамо» билан шартнома имзолади“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Расмий хабар: Сергей Лушчан - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Ҳаким Фузайлов - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Суперлигага олиб чиққан мураббий билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи бўлган "Динамо" Ҳаким Фузайлов билан дўстона хайрлашди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „"Динамо" бош мураббийи истеъфога чиқарилди. Унинг ўрнига маҳаллий мутахассис тайинланди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „"Жамоа ўзгаришга муҳтож. Раҳбариятдан ва самарқандлик мухлислардан узр сўрайман". Андрей Шипилов "Динамо"дан истеъфога чиқишини маълум қилди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FC Dinamo Samarqand (oʻzb.) Klub rasmiy sayti
- FC Dinamo Samarqand (oʻzb.) Jamoaning norasmismiy sayti
- FC Dinamo Samarqand (rus.) Jamoaning norasmiy sayti
- FC Dinamo Samarqand (Wayback Machine saytida 2012-12-18 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- FC Dinamo Samarqand (ingl.) Soccerway.com saytidagi profil
- FC Dinamo Samarqand (ingl.) National-football-teams.com saytidagi profil