Kontent qismiga oʻtish

Abdusattor Rahimov (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdusattor Rahimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdusattor Qayumovich Rahimov
Tavallud sanasi 8-mart 1964-yil (1964-03-08) (60 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982 Hisor 16 (1)
1983 Paxtakor 5 (1)
1985 Sohibkor 2 (0)
1985 Zvezda 10 (0)
1986—1987 Xonqa 53 (8)
1988 Yoshlik 25 (0)
1989 Xorazm 34 (4)
1990—1991 Sohibkor 56 (8)
1992 Andijon 24 (0)
1994 Paxtakor 14 (6)
1994—1995 Chirchiq 23 (0)
1997 Doʻstlik 1 (0)
1997 Afrosiyob 6 (0)
1998 Orol - (0)
1998 Doʻstlik - (0)
Boshqargan klublari
Bunyodkor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdusattar Qayumovich Rahimov (1964-yil 8-mart) – sovet va oʻzbekistonlik futbolchi. Abdusattor faoliyati davomida darvozabon pozitsiyasidan tashqari boshqa pozitsiyalarda uzoq vaqt davomida oʻynagan. Hozirda futbol murabbiy.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdusattor oʻz faoliyatini 1982-yilda ikkinchi Sovet ligasida, „Hisor“ Shahrisabz jamoasida boshlagan. 1983-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oliy ligada beshta oʻyin oʻtkazgan. 1984-yilda professional jamoalar tarkibida oʻynamagan. 1985-yil „Sohibkor“ Xalqobod jamoasi tarkibida ikkinchi ligada oʻynay boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning „Zvezda“ jamoasiga oʻtgan. Abdusattor boshqa pozitsiyalarda toʻrtta va darvozabon sifatida oltita oʻyin oʻtkazgan. 1986—1987-yillarda Xorazm / Xonqa klubi tarkibida oʻynagan. Xonqa tarkibida 47 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, darvozabon sifatida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Rahimov SSSR ikkinchi (1988—1989) va ikkinchi quyi (1990—1991) ligalari jamoalari, „Yosh“ Jizzax (1988), „Jayxun“ Urganch, „Sohibkor“ (1990—1991) jamoalarida universal pozitsiya oʻyinchisi sifatida oʻynagan.

1983-yilgi SSSR xalqlarining „Spartakiada“ futbol musobaqasi ishtirokchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan[1].

1992-yil Oʻzbekiston chempionatida, Andijonning „Navroʻz“ klubi darvozaboni sifatida oʻynagan. 1994-yilgi chempionatni „Paxtakor“ klubi tarkibida universal pozitsiya futbolchisi sifatida oʻynagan boʻlsa, keyinchalik „Chirchiq“ klubiga oʻtgan. Chirchiq klubi tarkibida mavsum oxirigacha darvozabon sifatida oʻynagan. 1995-yilgi chempionatda 5 ta oʻyinda darvozabon va toʻqqizta maydondagi boshqa pozitsiyalarda oʻynagan. 1997-yil Samarqandda „Doʻstlik“ va „Afrosiyob“ jamoalari tarkibida darvozabon pozitsiyasida oʻtkazgan. 1998-yilda u „Orol“ Nukus tarkibida, 1999 yilda "Doʻstlik" tarkibida oʻynagan[2].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yildan beri u Paxtakor akademiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. 2015-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovga darvobonlar murabbiyi sifatida yordam bergan[3]. 2019-yildan 2022-yilgacha Bunyodkorda darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan[4][5][6].

  1. : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
  2. Chempionat Uzbekistana po futbolu – Sportivniy forum. Futbol. Xokkey . Prognozi. Konkursi. Prizi
  3. „MTJda o'zgarish: Gizimchuk o'rniga Rahimov“ (2015-yil 10-mart).
  4. „"Bunyodkor": Bir necha iqtidorli o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingan“ (2019-yil 17-dekabr).
  5. „Межсезонье: «Пахтакор» начал с поражение…“. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  6. „Eshitdik-da! "Bunyodkor" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi“ (2022-yil 11-may).
  • Profil FootballFacts.ru saytida