Kontent qismiga oʻtish

Shri Lanka milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shri Lanka milliy futbol terma jamoasi
Sri_lanka_football_logo
Sri_lanka_football_logo
Tahallusi Golden Army (Oltin armiya)
Assotsiatsiya Futbol Shri Lanka (FSL)
Konfederatsiya AFC (OSIYO)
Sub-konfederatsiya SAFF (Janubiy Osiyo)
Bosh murabbiy  SCO Andy Morrison
Sardor Sujan Perera
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Channa Ediri Bandanage (64)
Eng yaxshi toʻpurar Kasun Jayasuriya (27)[1]
Uy stadioni Sugathadasa Stadium
Colombo Racecourse
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
forma
Uchinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 207 ↓ 2 Iyun 2022,
Eng yuqori 122 (Avgust 1998,)
Eng past 205 (Mart 2022,)
Birinchi xalqaro oʻyin
 SRI 0-2  IND
(Kolombo, Seylon; 1 Yanvar 1952)
Eng yirik gʻalaba
 SRI 7-1  PAK
(Taypey, Tayvan; 4 Aprel 2008)
 SRI 6-0  BHU
(Dakka, Bangladesh; 6 Dekabr 2009)
Eng yirik magʻlubiyat
 SRI 1-12  GDR
(Kolombo, Seylon; 12 Yanvar 1964)[2]
SAFF Chempionati
Ishtiroki 13 (Ilk marta 1993-yil-yili)
Eng yaxshi natijasi 1st Champions (1995)
OFK Chaqiruv Kubogi
Ishtiroki 3 (Ilk marta 2006-yili)
Eng yaxshi natijasi 2nd Ikkinchi oʻrin (2006)
2021 To'rt Millat Futbol Turniri
Istiroki 1 (Ilk marta 2021-yili)
Eng yaxshi natijasi Ikkinchi oʻrin 2021

Shri-Lanka milliy futbol jamoasi (Sinhala tilida : ශ්රී ලංලීක) – xalqaro futbolda Shri-Lanka sharafini himoya qiladi. 1952-yildan FIFA, 1954-yildan esa OFK aʼzosi. Shri-Lankaning uy stadioni Kolombodagi Sugathadasa stadionidir. Shri-Lanka jamoasi 1972-yilgacha Seylon milliy futbol jamoasi sifatida tanilgan, shundan soʻng Seylon Shri-Lanka deb oʻzgartirilgan[3].

OFK aʼzosi boʻlgan jamoa hali FIFA Jahon chempionati yoki OFK Osiyo kubogi finalida ishtirok etmagan. Ular bir marta, 1995-yilda Janubiy Osiyo chempioni boʻlishgan. Jamoa 2006-yilgi jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichiga chiqqan. Oʻsha yili ular 2006-yilgi Chaqiruv kubogida ikkinchi oʻrinni egallashdi.

2014-yilda FFSL ning 75 yilligi munosabati bilan FIFA prezidenti Sepp Blatter Shri-Lankaga tashrif buyurdi va Yaffna shahrida yangi futbol stadionini ochdi. Tashrif chogʻida Blatter Shri-Lankada futbol rivojidan mamnun emasligini va rasmiylar orolda futbolni qoʻllab-quvvatlash uchun yetarlicha choralar koʻrmayotganini aytdi. Tashrifda OFK prezidenti Sheikh Salman Bin Ibrahim Al Khalifa ham ishtirok etdi[4].

2018-yilgi FIFA jahon chempionati saralash bosqichida Shri-Lanka Butanga qarshi ikkala oʻyinda ham magʻlub boʻldi va keyingi bosqichga chiqa olmadi. Biroq, Shri-Lanka milliy futbol jamoasi 2015-yilgi SAFF chempionatida yaxshi ishtirok etgan holda musobaqaning yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.

Dastlabki davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolni Shri-Lankaga (oʻsha paytda Seylon deb atalgan) inglizlar olib kirishgan. 1890-yillarda Kolomboda joylashgan britaniyalik harbiy xizmatchilar tomonidan qirgʻoq yaqinidagi qumli hududda oʻyinlar oʻtkazilganligi haqida dalillar mavjud. Oʻyinlar shuningdek, Echelon kazarmalaridagi kazarma maydonlarida va armiya maydonlarida (hozirgi Taj Samudra mehmonxonalari) oʻtkazilgan.

Qirollik havo kuchlari, qirollik dengiz floti, qirollik muhandislari, qirollik artilleriyasi va qirollik garnizoni qoʻmondonligining Britaniya harbiy xizmatchilari Seylonda raqobatbardosh futbolni boshladilar va targʻib qildilar. 1900-yillarning boshlarida futbol mahalliy yoshlar orasida mashhur edi.

Oʻyin ommalashib, mahalliy futbol klublari tashkil topdi. Sent-Maykl SC, Havelok futbol klubi, Java Leyn SC, Wekande SC, Moors FC va CH & FC klublari Kolombodagi birinchi klublardan biri edi. Tez orada Harlequins FC va Saunders SC qoʻshildi. Dastlabki turnirlar De Mel Shild va Times of Ceylon Cup edi.

1990-yillardan 2018-yilgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Shri-Lanka birinchi marta Bangabandhu kubogida oʻynadi. Ushbu turnir Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Ushbu turnirda Tailand, Bahrayn, Malayziya va Singapurning 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalari ishtirok etishdi. T

2018-yil iyul oyida Shri-Lanka Litva bilan uchrashuv oʻtkazdi, Shri-Lanka birinchi marta Yevropa jamoasi bilan toʻqnash kelishi edi. Shri-Lankaliklar UEFA jamoasi bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, ammo ikkinchi uchrashuvda 0:2 hisobida magʻlub boʻlishdi[5].

2020-hozirgi: Amir Alagić davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shri-Lanka 2019-yilgi Osiyo Kubogida Janubiy Koreya, Shimoliy Koreya, Livan va Turkmaniston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.


OAV yoritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shri-Lanka futbol federatsiyasi translyatsiya huquqini sotmagani uchun Shri-Lanka jamoasi oʻynagan futbol oʻyinlari uchun rasmiy telekoʻrsatuv yoʻq. SAFF chempionati bir nechta kanallar tomonidan translyatsiya qilingan.

Shri-Lanka futbol oʻyinlarining rasmiy onlayn translyatori thepapare.com[6] boʻlib, u Shri-Lanka Futbol Premer-ligasi, Shri-Lanka kubogi finallari va 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻyinlarini translatsiya qiladi[7].

Jamoa uy va safar oʻyinlari uchun turli liboslardan foydalanadi. Hozirda toʻplamlar Grand Sport Group tomonidan ishlab chiqariladi.

Uy oʻyinlarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoaning anʼanaviy uy libosi asosan toʻq qizil rangli futbolkalar va toʻq rangli shortilar boʻlgan, ammo koʻk ranglar ham ishlatilgan. Ranglar Kandi Qirolligining XV asr bayrogʻidan olingan.

Mehmondagi koʻylak rangi oq shortili oq koʻylak yoki qora shortili qora koʻylak oʻrtasida bir necha marta oʻzgargan. Oq shortili oq koʻylak koʻproq tanlov boʻldi.

Uy stadionlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sugathadasa Stadium

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sugathadasa Stadium

Sugathadasa stadioni – Shri-Lankadagi sobiq atletika stadion. U 1972-yilda tashkil etilgan boʻlib, sigʻimi 28 000 kishini tashkil etadi[8]. Stadion asosan yengil atletika va futbol oʻyinlari uchun moʻljallangan.

Kalutara Stadium

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalutara Stadium – Shri-Lankaning Kalutara shahridagi koʻp maqsadli stadion. Ushbu stadion Vernon Fernando maydonchasi sifatida ham tanilgan. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi. Stadion 15 000 tomoshabinga moʻljallangan. Ushbu stadion xalq orasida „Kalutara Park Ground“ nomi bilan mashhur.

Oxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar

  G'alaba   Durang   Mag'lubiyat

1-oktyabr, 2021-yil(2021-10-01) 2021 SAFF Chempionati  SRI 0-1  BAN Malé, Maldiv orollari
21:00 MVT Report Topu Gol 56' (pen.) Stadion: National Football Stadium
Hakam: Feras Taweel (Suriya)
4-oktyabr, 2021-yil(2021-10-04) 2021 SAFF Chempionati  SRI 2-3    NEP Malé, Maldiv orollari
21:00 MVT Stadion: National Football Stadium (Maldives)
7-oktyabr, 2021-yil(2021-10-07) 2021 SAFF Chempionati  IND 0-0  SRI Malé, Maldive orllari
16:00 MVT Stadion: National Football Stadium
10-oktyabr, 2021-yil(2021-10-10) 2021 SAFF Chempionati  MDV 1-0  SRI Malé, Maldiv orollari
16:00 MVT
Stadion: National Football Stadium (Maldives)
9-noyabr, 2021-yil(2021-11-09) Toʻrt Millat Kubogi  MDV 4-4  SRI Kolombo, Shri Lanka
21:00 SLST
Report
Stadion: Racecourse Ground
Tomoshabin: 2998
Hakam: Mohammed Ahmed Al-Shammari (Qatar)
13-noyabr, 2021-yil(2021-11-13) Toʻrt Millat Kubogi  SRI 0-1  SEY Kolombo, Shri Lanka
21:00 SLST Report
Stadion: Racecourse Ground
Tomoshabin: 2775
Hakam: Abdulhadi Al Asmar Al Ruaile (Qatar)
16-noyabr, 2021-yil(2021-11-16) Toʻrt Millat Kubogi  SRI 2-1  BAN Kolombo, Shri Lanka
16:00 SLST
Report
Stadion: Racecourse Ground
Tomoshabin: 1250
19-noyabr, 2021-yil(2021-11-19) Toʻrt Millat Kubogi  SRI 3-3 (a.e.t.)
(1-3 p)
 SEY Kolombo, Shri Lanka
19:00 SLST
Stadion: Racecourse Ground
Tomoshabin: 4550
Penaltilar seriyasi
8 Iyun 2023 OFK Osiyo Kubogi Q. 3-bosqich  UZB 3-0  SRI Namangan, Oʻzbekistan
20:30 UTC+5
Report Stadion: Markaziy Stadium
Tomoshabin: 12,400
Hakam: Thoriq Alkatiri (Indoneziya)
11 June 2023 OFK Osiyo Kubogi Q. 3-bosqich  SRI 0-2  THA Namangan, Oʻzbekistan
17:00 UTC+5 Report
Stadion: Markaziy Stadium
Tomoshabin: 570
Hakam: Khaled Al-Shaqsi (Ummon)
14 June 2023 OFK Osiyo Kubogi Q. 3-bosqich  MDV 1-0  SRI Namangan, Oʻzbekistan
17:00 UTC+5
Report Stadion: Markaziy Stadium
Tomoshabin: 920
Hakam: Ali Reda (Livan)

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa shifokori Boshqaruvchi yordamchisi OAV xodimlari
Lavozim Ism
Jamoa menejeri  SCO Michael Flanagan
Bosh murabbiy  SCO Andy Morrison
Yordamchi murabbiy  SCO Kieran Adams
 SCO Liam Hall
 SCO Eddie Harper
Darvozabonlar murabbiyi  SCO John Turnbull
Texnik murabbiy  SCO Ryan McCullogh
Ishlash tahlilchisi  SCO Eddie Mangan
 SCO Dr. Matt Ferguson
 SCO Michael Brown
 SCO Steven Stern
Fizioterapevt  SCO Colin Everage
Massajchi  SCO Niall Cook
Jamoa formasi boʻyicha mutaxassis  SCO Vinny Kelly

Murabbiylik tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1DA Kaveesh Fernando 25-mart 1995-yil (1995-03-25) (29 yosh) 0 0  SRI Blue Star
1DA Sujan Perera 18-iyul 1992-yil (1992-07-18) (32 yosh) 41 0  MDV TC Sports Club
1DA Prabath Ruwan 19-iyun 1993-yil (1993-06-19) (31 yosh) 4 0  SRI Blue Eagles
2HM Abdul Basith 20-sentyabr 2001-yil (2001-09-20) (23 yosh) 2 0  SRI Colombo
2HM Chalana Chameera 10-yanvar 1993-yil (1993-01-10) (31 yosh) 25 0  SRI Blue Star
2HM Chamod Dilshan 11-mart 1997-yil (1997-03-11) (27 yosh) 9 0  MDV Da Grande
2HM Harsha Fernando 21-noyabr 1992-yil (1992-11-21) (31 yosh) 25 0  SRI Blue Eagles
2HM Chathuranga Madushan 9-avgust 1993-yil (1993-08-09) (31 yosh) 2 0  SRI Up Country Lions
2HM Charitha Rathnayake 26-dekabr 1992-yil (1992-12-26) (31 yosh) 26 1  SRI Colombo
2HM Jude Supan 30-iyul 1998-yil (1998-07-30) (26 yosh) 21 0  SRI Renown
3YH Dillon De Silva 18-aprel 2002-yil (2002-04-18) (22 yosh) 9 1  ENG Queens Park Rangers
3YH Sasanga Dilhara 10-iyun 1999-yil (1999-06-10) (25 yosh) 11 0  SRI Defenders
3YH Aman Faizer 12-mart 1999-yil (1999-03-12) (25 yosh) 10 0  SRI Renown
3YH Mohammadu Fasal 10-aprel 1990-yil (1990-04-10) (34 yosh) 23 1  SRI Blue Star
3YH Tharmakulanathan Kajakopan 12-aprel 1991-yil (1991-04-12) (33 yosh) 1 0  SRI Blue Star
3YH Nitharshan Mariyathas 7 0  SRI Renown
3YH Afeel Mohamed 9-iyul 1996-yil (1996-07-09) (28 yosh) 5 0  SRI Colombo
3YH Asikur Rahuman 31-dekabr 1993-yil (1993-12-31) (30 yosh) 25 1  SRI Defenders
4HJ Mohamed Aakib 26-iyun 2000-yil (2000-06-26) (24 yosh) 18 3  SRI Colombo
4HJ Shabeer Razooniya 21-may 2001-yil (2001-05-21) (23 yosh) 3 0  SRI Colombo
4HJ Shenal Sandesh 9-may 2002-yil (2002-05-09) (22 yosh) 0 0  SRI Blue Star
4HJ Mohamed Shifan 19-dekabr 1997-yil (1997-12-19) (26 yosh) 4 0  SRI Up Country Lions

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daraja Ism-sharif Ishtirok Gollar Karyera
1 Channa Ediri Bandanage 64 18 1999-2009
2 Kasun Jayasuriya 56 27 1999-2009
3 Maduranga Weerasinghe 48 7 2001-2009
4 Dudley Lincoln Steinwall 45 3 1993-2009
5 Weerasinghe Sujan Perera 41 0 2011-hozir
6 Chathura Gunaratne 38 6 2006-2013
7 Kavindu Ishan 38 1 2013-hozir
8 Kamaldeen Fuard 37 0 2000-2006
9 Mohamed Izzadeen 34 9 2004-2015
10 Asmeer Lathif Mohamed 33 1 1999-2009

Eng koʻp gol urganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daraja Ism-sharif Gollar Ishtirok Nisbat Karyera
1 Kasun Jayasuriya 27 56 0.48 1999-2009
2 Channa Ediri Bandanage 18 64 0.28 1999-2009
3 Roshan Perera 14 31 0.45 1993-2001
4 Ahmed Waseem Razeek 9 13 0.69 2019-hozir
Mohamed Izzadeen 9 34 0.26 2004-2015
6 Maduranga Weerasinghe 7 48 0.15 2001-2009
7 Mohamed Amanulla 6 10 0.6 1995-2000
Chathura Gunaratne 6 38 0.16 2006-2013
9 Mohamed Izmath Zain 3 9 0.33 2011
Kaiz Mohammed Shafras 3 12 0.25 2008-2011
Chandradasa Karunaratne 3 12 0.25 1999-2007
Imthyas Raheem 3 23 0.13 1995-2004
Well Don Ruwanthilaka 3 33 0.09 2000-2011
Dudley Lincoln Steinwall 3 45 0.07 1993-2009
  1. László Földesi. „Kasun Nadika Jayasuriya Weerarathne – Goals in International Matches“. RSSSF. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.
  2. „Head to head stats Sri Lanka – GDR“. WildStat. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  3. „Sri Lanka's first international win at football“. sundaytimes.lk. The Sundaytimes Sri Lanka (23-iyun 2013-yil). Qaraldi: 6-fevral 2017-yil.
  4. „Blatter inaugurates symbolic post-war project in Sri Lanka“. fifa.com. FIFA (2-dekabr 2014-yil). 2-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2017-yil.
  5. „Brave Sri Lanka B fall to Lithuania“ (11-iyul 2018-yil).
  6. „ThePapare.com“.
  7. „Sri Lanka Football“. thepapare.com. 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2017-yil.
  8. „Stadions – Champions League – Sri Lanka – Resultaten, programma's, standen en nieuws – Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 6-fevral 2017-yil.