Futbol formasi
Futbol oʻyini qoidalarining 4-qoidasida oʻyinchilar maydonda qanday narsalar kiyishlari mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
Majburiy elementlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]4-qoidaga muvofiq, majburiy elementlar quyidagilardan iborat:
- Yengli koʻylak yoki futbolka. Agar pastki koʻylak ishlatilsa, uning yenglari rangi koʻylak yoki futbolka yenglarining asosiy rangi bilan bir xil boʻlishi kerak.
- Shortiklar.
- Getralar.
- Qalqonchalar.
- Butsa.
Qalqonchalar butunlay paypoq bilan qoplangan boʻlishi kerak. Ular plastmassa, kauchuk yoki boshqalardan tayyorlanishi va yetarli darajada himoya qilishlari kerak.
Darvozabon, yuqoridagilarning barchasiga qoʻshimcha ravishda, qoʻlqopga ega boʻlishi kerak.
-
Futbolka
-
Qalqonchalar
-
Butsalar
Tashqi koʻrinish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi formasining asosiy elementi futbolka hisoblanadi. Orqa tomonda, yaʼni har bir oʻyinchi formasining bel qismida ushbu oʻyinchining jamoadagi raqami tushiriladi — bu oʻyin davomida maydonda oʻyinchini tezda aniqlashga xizmat qiladi. Dastlab, jamoa oʻyinchilariga ular egallagan pozitsiyaga mos ravishda 1 dan 11 gacha raqamlar berilgan. Hozirda professional darajadagi oʻyinchilar 1 dan 99 gacha istalgan raqamni tanlaydilar.
XX asrning 80-yillarida dastlab Evropada, keyin esa SSSRda futbolkalarda raqam ustidagi yana bir yozuv paydo boʻldi: tegishli oʻyinchilarning familiyalari yoki taxalluslari. Bunday yozuvlar futbolkaning orqa tomonida, raqamning tepasida joylashgan (bu anʼana, 1 dan 99 gacha boʻlgan raqamlar kabi, birinchi marta xokkeyda paydo boʻlgan va shundan keyingina futbolga koʻchib oʻtgan). Hozirgi vaqtda futbolchilarning raqamlari, futbolkadan tashqari, shortiklarning yon old tomoniga ham joylashtirilishi mumkin. Shuningdek, XX asrning oʻrtalaridan futbol klublari homiylarining logotiplari formaga joylashtirila boshlandi.
Darvozabonning formasi boshqa oʻyinchilar va hakamlarning liboslaridan rang jihatidan farq qilishi kerak.
Futbol formasining rang sxemasi (futbolka, shortilkar, paypoqlar, butsalar), individual detallarning xususiyatlari (koʻylak yoqasi, yeng kesimi va boshqalar) tarixan har bir futbol klubi (yoki milliy terma jamoa) tomonidan muayyan anʼanalarga mos keladi. Biroq, ranglar sxemasiga koʻra, har bir jamoada uchtadan liboslar mavjud — asosiy, mehmon va zaxira. Forma koʻrinishi odatda keyingi mavsum boshida oʻzgaradi.[1]
Futbol formasi futbolning dastlabki kunlariga qaraganda ancha rivojlangan, oʻshanda oʻyinchilar odatda qalin paxta koʻylaklari, bridjlar va ogʻir qattiq charm butsalar kiyib yurishgan. XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asrning boshlarida futbol butsalari yengilroq va yumshoqroq boʻldi, shortiklar qisqaroq va harakatchanroq boʻldi, futbolkalar sintetik tolalardan foydalanish tufayli yengilroq boʻldi, shuningdek dizayn jihatidan xilma-xil boʻldi.
Hozirda klublar homiyligida ishlab chiqarilgan futbol formalari moliyaviy daromadlarini oshirish maqsadida sotuvga chiqarilmoqda. U koʻpincha muxlislar tomonidan kiyiladi, shuningdek kolleksiya qilinadigan buyum ham hisoblanadi.
Taqiqlangan elementlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchilar oʻzlari yoki boshqa oʻyinchilar uchun xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday jihozlarni (jumladan, har qanday zargarlik buyumlari va soatlar) kiyishlari mumkin emas. Zargarlik buyumlarini yopishqoq lenta bilan yopishtirish xavfsizlikning etarli emasligi hisoblanadi. Teri va kauchuk kamar va lentalar ham taqiqlanadi.
2000-yilning oʻrtalaridan boshlab futbolka ostida yashiringan diniy, ijtimoiy, siyosiy yoki boshqa xarakterdagi shiorlar yoki reklamalarni koʻrsatish taqiqlangan. Bunday qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan oʻyinchi musobaqa qoidalariga muvofiq jazolanadi. Shuningdek, agar futbolchining futbolkasi qonga boʻyalgan boʻlsa, u yangisini kiyish uchun maydonni tark etishga majbur boʻladi.
Huquqbuzarliklar uchun jarimalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoidabuzilishdan keyin oʻyin toʻxtamaydi. Oʻyinning navbatdagi toʻxtashilida oʻyinchiga jihozlarini tartibga solish uchun maydonni tark etish buyuriladi. Oʻyinchi maydonga faqat oʻyinning navbatdagi toʻxtashi vaqtida va jihozlar Qoidalarga mos kelishiga ishonch hosil qilgan hakamning ruxsati bilan qaytishi mumkin. Oʻyinchi hakamning ruxsatisiz maydonga qaytgan taqdirda oʻyin toʻxtatiladi va u (futbolchi) sariq kartochka bilan ogohlantiriladi. Oʻyin toʻxtatilganda toʻp turgan joydan raqib jamoa tomonidan amalga oshirilgan bilvosita jarima zarbasi bilan oʻyin qayta boshlanadi.
Zaxira oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zaxira oʻyinchilarning toʻgʻri jihozlar kiyganligini tekshirish toʻrtinchi hakamning zimmasida.
Sudyalarning jihozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hakam, uning yordamchilari va zaxira hakami ikkala jamoa oʻyinchilari va darvozabonlaridan rangi bilan ajralib turadigan jihozlar va kiyimlarni kiyishlari kerak[2]. „Qora kiyimli odamlar“ („Men in Black“) iborasi sudyalarning anʼanaviy qora liboslari tufayli norasmiy taxallus sifatida keng qoʻllanadi, garchi soʻnggi paytlarda ularning formalari turlicha boʻlib ketgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ UEFA & 9-modda. Jamoalarning rangli to'qnashuvi.
- ↑ „Advice for Newly Qualified Referees“. The FA. (PDF document)