Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Mariana orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shimoliy mariana orollari, rasmiy nomlanishi Shimoliy Mariana Orollari Hamdoʻstligi – Tinch okeanning gʻarbiy qismi, Mikroneziyadagi Mariana orollari guruhida joylashgan davlat. Maydoni – 464[1][2][3] km² (179 sq mi). Aholisi – 44 278[4] kishi (2025-yil 15-yanvar, dunyoda 209-oʻrin). Poytaxti – Susupe shahri (Saypan orolida joylashgan). Aholisining asosiy qismi – tub joy aholisi boʻlgan chamorrolar. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Mariana Orollari – „AQShga erkin qoʻshilgan qudud“. Davlat va ijrochi hokimiyat boshligʻi – gubernator. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organi – 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi).

Mamlakat 14 yirik va bir qancha mayda orol hamda riflarda joylashgan. Orollar shimoliy va janubiy orollar tizimini tashkil etadi. Shimoliy orollar tizimi vulqon orollar (soʻnmagan vulqonlar bor, eng baland joyi 965 m). Janubiy orollar tizimi marjon va vulkan orollardan iborat. Fosforit, oltingugurt, temir va marganets rudasi konlari bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1800–2000 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°C. Tayfunlar boʻlib turadi. Togʻ yon bagʻirlari nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan; savanna maydonlari bor. Mayda kemiruvchilar, qush va hasharotlar yashaydi. Tarixi. Shumoliy Mariana Orollari davlati 1976-yil BMTning Tinch okean orollaridagi vasiylik hududlarini boʻlish jarayonida tashkil topgan. 1986-yil 3-noyabr da Shimoliy Mariana Orollari AQSH bilan erkin uyushishi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. 1993-yilda AQSH vasiyligi bekor qilindi.

Iqtisodiyotining asosi – xorijiy sayyohlik (yiliga 200 mingga yaqin sayyoh kelibketadi; asosan, Yaponiyadan) va qishloq xoʻjaligi (mamlakat hududining ʻD qismiga yaqini band). Kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, non daraxti, kofe oʻstiriladi, pomidor va qovun ekiladi. Baliq (asosan tunets) ovlanadi va qayta ishlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi.

Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari, ichimliklar ishlab chiqariladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 494 km (27% qattiq qoplamali). Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – AQSH dollari.

Matbuoti, radioeshittirilishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SHimoliy Mariana Orollarida ingliz va mahalliy (chamorro) tillarda „Marianas verayeti nyus end vyus“ („Mariana yangiliklari“, 1972-yildan), „Marianas revyu“ („Mariana sharhi“, 1979-yildan) va ingliz tilida „Marianas observer“ („Mariana kuzatuvchisi“) haftanomalari, ingliz tilida „Saypan tribyun“ („Saypan minbari“, haftada 2 marta) gazeta chiqadi. „Inter aylend komyunikeyshn inkorporeyted“ tijorat radioeshittirish xizmati 1984-yil tashkil etilgan. 33 kanalli „Tropik aylendz keybl TV korporeyshn“ tijorat televideniye korporatsiyasi 1988-yildan faoliyat koʻrsatadi.



  1. "Avstraliya-Okeaniya :: Shimoliy Mariana orollari (AQSh hududi)". Jahon faktlar kitobi. Markaziy razvedka boshqarmasi. 2023-yil 25-sentabr. Olingan. 2023-yil 8-oktabr.. 
  2. Maydoni: jami: 464 sq km yer: 464 sq km suv: 0 sq km Eslatma: Saypan, Rota va Tinian kabi 14 oroldan iborat
  3. "Bizning tuman". Kongressmen Gregorio Kilili Kamacho Sablan Shimoliy Mariana orollari vakili. 2020-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. AQSh aholini roʻyxatga olish byurosi barcha orollarning umumiy yer maydonini 179 kvadrat milya deb hisoblaydi.. 
  4. Manba: Worldometer (www. Worldometers.info) Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Aholishunoslik boʻlimi tomonidan maʼlumotlarni ishlab chiqish. Jahon aholisining istiqbollari: 2024 yilgi qayta koʻrib chiqish. (Oʻrta tugʻilish varianti).