Oklaxoma
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Oklahoma City | ||||
Eng yirik shaharlar | Oklahoma City Tulsa Norman | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 20-oʻrinda 181,035 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 28-oʻrinda 3,547,884 | ||||
YIM |
AQSh: 30-oʻrinda $107,600 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
46-boʻlib 16-noyabr 1907 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
Qisqartma | OK [40] | ||||
Shtat guli | Oklahoma Rose (Rosa) | ||||
Shtat daraxti | Redbud |
Oklaxoma - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 181,1 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2002), 68% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markaziy — Oxlaxoma-Siti shahri, iqtisodiy markazi — Yer yuzasining koʻp qismi tekislik, gʻarbi esa plato (eng baland joy 1516 m). Janubi-sharqida Uoshito togʻining tarmoqlari bor (eng baland joyi 884 m). Iklimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—6°, iyulniki 24—27°. Yillik yogʻin 450–1000mm. Yirik daryolari: Arkanzas va Red-River. Hududining koʻp qismi ekinzor. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — konchilik sanoati. Oklahomada neft, tabiiy gaz, rux va koʻmir qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan, kon va kurilish uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida goʻsht-sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, paxta va makkajoʻxori ekiladi. Oklahomadan boshqa shtatlarga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan.[1]
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oklahoma 69,899 kvadrat milya (181,040 km2) maydonni egallagan, 68,595 kvadrat milya (177,660 km2) quruqlik va 1,304 kvadrat milya (3,380 km2) suvga ega boʻlgan Oklaxoma Qo'shma Shtatlardagi eng katta 20-shtatdir. U qisman 48 ta qoʻshni davlatning geografik markazi yaqinidagi Buyuk tekisliklarda joylashgan. U sharqda Arkanzas va Missuri, shimolda Kanzas, shimoli-g'arbda Kolorado, uzoq g'arbda Nyu-Meksiko, janub va g'arbda Texas bilan chegaradosh.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |