Mikroneziya Federativ Shtatlari
Mikroneziya Federativ Davlatlari Federated States of Micronesia
| |
---|---|
Shior: "Peace, Unity, Liberty" | |
Madhiya: Patriots of Micronesia | |
Poytaxt | Palikir |
Rasmiy til(lar) | Inglizcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Peter M. Christian | |
Yosiwo P. George | |
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi AQSh ma'muriyatidan) | |
• Sana |
3-noyabr 1986 |
Maydon | |
• Butun |
1,399 km2 (181-oʻrin) |
• Suv (%) |
<1 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
46,962 (211-oʻrin) |
• Zichlik | 33/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$277 mil. (213-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$5,898 |
Pul birligi | AQSh Dollar (USD) |
Vaqt mintaqasi | UTC+10...+11 |
• Yoz (DST) |
UTC+10...+11 |
Qisqartma | FM |
Telefon prefiksi | 691 |
Internet domeni | .fm |
|
Mikroneziya (Micronesia), Mikroneziya Federativ Davlatlari, Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) (The Federated States Micronesia) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Karolina orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 702 km². Aholisi 134,6 ming kishi (2001). Ular, asosan, mikronezlar boʻlib, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — ingliz tili. Poytaxti Palikir shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 shtatga boʻlinadi. BMT aʼzosi
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mikroneziya — AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979-yil 10-mayda qabul qilingan, keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999-yildan Leo Folkam). U vitse-prezident bilan birga parlament tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongressi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mikroneziya orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina orollari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Mikroneziya davlatining xududi 17—19-asrlarda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889-yilda Germaniya Karolina orollarini Ispaniyadan sotib oldi. 1914-yilda orollarni Yaponiya bosib oldi, Ikkinchi jahon urushida AQSH egalladi. 1947-yildan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978-yilda Karolina orollari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982-yilda imzolandi, 1986-yil 3-noyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. Mikroneziya — 1991-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3-noyabr — Mustaqillik kuni (1991).
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, uning mahsuloti aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mahalliy aholi baliq ovlash, kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, sholi yetishtirish bilan shugʻullanadi. Non daraxti, batat, taro ham ekiladi. Chorvachiligida asosan qoramol, echki, choʻchqa boqiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 226 km. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Chetga kopra, hunarmandchilik buyumlari, baliq, kokos yogʻi chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — AQSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. "Neshnl yunion" ("Milliy igti-foq", 1980-yildan), "Chuuk nyus kronikl" ("Chuuk yangiliklari xronikasi", 1983-yildan) gaz.lari nashr etiladi. MFSH ijtimoiy axborot boshqarmasi hukumat mahkamasi boʻlib, u mintaqaviy radiostansiyaga ega. Har bir shtatda televideniye xizmati mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |