Virginiya
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Qari hukmronli | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Richmond | ||||
Eng yirik shaharlar | Virginia Beach Norfolk Chesapeake | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 35-oʻrinda 110,785 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 12-oʻrinda 7,567,465 | ||||
YIM |
AQSh: 12-oʻrinda $329,332 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
10-boʻlib 25 iyun 1788 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | VT [50] | ||||
Shtat guli | American Dogwood | ||||
Shtat daraxti | Flowering dogwood |
Virginiya - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Richmond shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin.
AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 105,7 ming km2. Aholisi 6,5 mln.dan koʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond shahri. Virginiyaning gʻarbida balandligi 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor.
Virginiya industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar ishlab chiqarish), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziq-ovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi— Roanok shahri. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. Virginiyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. Virginiyaning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |