Mariana orollari
Mariana orollari - Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi bir guruh orollar, Mikroneziya Maydoni 1,1 ming km². 15 ta yirik va bir necha mayda orol va riflardan iborat. Kelib chiqishiga kura, marjon va vulkan orollar. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, soʻnmagan vulkanlar bor. Eng baland joyi 965 m. Fosforit, oltingugurt, temir va marganets rudasi konlari bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1800– 2100 mm yogʻin yogʻadi. Tayfunlar boʻlib turadi. Janubiy va sharqiy togʻ yon bagʻirlari doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, shim.da kserofit oʻsimliklar usadi. Kokos palmasi, banan, sitrus oʻsimliklar oʻstiriladi. Paxta, shakarqamish ekiladi, kofe yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Mariana orollariga yevro-paliklardan dastlab 1521-yilda F.Magellan kelgan va orollarni Ispaniya qiroli Filipp IV ning rafiqasi nomi bilan atagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |