Qurama tizmasi
Qurama tog'lari | |
---|---|
Qurama tizmasi va Ohangaron suv ombori | |
Boshqa nomi | Qurama tizmasi |
Joylashuvi | Tojikiston |
Koordinatalar | 40°51′N 70°21′E / 40.850°N 70.350°E |
Uzunligi | 170 km (110 milya) shimoldan janubga |
Balandligi | 3,769 m (12,365 fut) |
Qurama tizmasi, Qurama togʻlari (qurama qabilasi nomidan) — Gʻarbiy Tyan-Shandagi togʻ tizmasi, Chatqol tizmasining janubi-gʻarbiy tizmasi[1].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tyanshan togʻ sistemasining gʻarbidagi togʻ tizmasi, Tojikiston bilan Oʻzbekiston respublikalari chegarasida, janubiy gʻarbda Tojikiston Respublikasidagi Boʻston shahridan boshlanib, shimoliy-sharqqa 170 km davom etadi va Kengsoz dovoni yaqinida Chatqol tizmasiga tutashadi. Fargʻona vodiysini shimoliy-gʻarbdan oʻrab turadi. Ohangaron va Sirdaryo daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich hisblanadi. Oʻrtacha balandligi 2500– 3000 m. Eng baland joyi 3769 m (Boboiob choʻqqisi).[2] Tizma Qamchiq dovonidan janubi-gʻarb tomonga pasayib boradi. Gʻarbda — Oltintopgan va Qalqonota tizmalariga boʻlinadi. Bu tizmalar oraligʻida Sardobsoy vodiysi joylashgan. Tizmalar silur va devon davrlarining slanets, ohaktosh, granit, dolomit, granodiorit, konglomerat, porfir, qumtosh kabi meta-morfik va otqindi togʻ jinslaridan tashkil topgan[3][4]. Yon bagʻirlarida mezokaynozoy davrlari lyosslari, lyossimon yotqiziqlari mavjud. Ohaktoshlar va dolomitlarda karst relyef shakllari (karrlar, karst voronka va gʻorlari) tarqalgan, mezo-kaynozoy togʻ jinslarida surilmalar sodir boʻlib turadi. Sardobsoyning yuqori oqimidan sharqda Qurama tizmasi koʻproq toshkoʻmir va perm davrlarining effuziv va intruziv jinslaridan tuzilgan. Tizma foydali qazilmalarga boy. Bu yerda toshkoʻmir, kumush, flyuorit, qoʻrgoshin, mis, oltin, rux va boshqa polimetall rudalar konlari topilgan. Qurama tizmasi yon bagʻirlaridan juda koʻp katta-kichik jilgʻa va soylar, jumladan, shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan Ohangaron daryosining chap irmoqlari oqib tushadi.
2016-yildan buyon Angren-Pop temir yo‘l liniyasi Qamchiq tunneli bilan tog‘larni kesib o‘tdi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta togʻ relyefi ustunlik qiladi. 2300 metr balandlikda ignabargli-keng bargli oʻrmonlar, archa siyrak oʻrmonlar, shimoliy yon bagʻirlarida yongʻoq, alp oʻtloqi va oʻtloqli dashtlar, yon bagʻirlaridan pastda dasht va kserofil butazorlar bor. Qurama tizmasining janubi-gʻarbiy va quyi qismlarida iqlim kontinental. Shimoli-sharqiy va baland qismlarida iqlim moʻʼtadillashadi, yogʻingarchilik miqdori ortadi. Tizmaning shimoli-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan sernam. Har ikkala yon bagʻrida ham adir mintaqasida toʻq tusli boʻz tuproqlarda efemer va efemeroid oʻsimliklar, chunonchi bugʻdoyiq, yuqoriroqda kserofit butalar, undan yuqorida jigarrang togʻ tuproqlarda yirik archa oʻrmonlari, yovvoyi olma va yongʻoq (shim. yon bagʻri-da), betaga oʻsadi. 2800–3000 m va undan baland joylarida togʻ yaylovlari uchraydi.
Tizmanining o'rta qismi BirdLife International tomonidan IBAning muhim qushlar hududi sifatida tan olingan. Turlari haqida ma'lumotlar kam. 2003-yil aprel oyida mintaqada 75 turdagi qushlar qayd etilgan. Boshpana yaratilishiga ta'sir ko'rsatgan turlarga quyidagilar kiradi: oddiy Itolgʻi, Tasqara, Himoloy ulur, Tibet chang'isi, Jarqanotlar, to'q qizil Alp tog'larining aksentori, qirmizi grifon yoki suv trubkasi, Osiyo qip-qizil qanotli ispinozi, Oq qanotli grosbeak, Qirol ispinozi va shuningdek Qurama tog'laridagi sutemizuvchilarga, jumladan, cho'l quyoni kiradi, Yevropa boʻrsiq ( Meles meles ) va boshqalar kiradi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Komisja Standaryzacji Nazw Geograficznych poza Granicami Rzeczypospolitej Polskiej. Urzędowy wykaz polskich nazw geograficznych świata. Varshava: Główny Urząd Geodezji i Kartografii, 2019 — 471, 483-bet. ISBN 978-83-254-2578-4.
- ↑ В переводе означает «отец вод или дед вод». От узб. бобо — дед и тадж. об -вода
- ↑ Карамазор
- ↑ Наугарзан
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kuraminskiy tizmasi . Geografik ensiklopedik lug'at: Geografik nomlar / Ch. muharriri A. F. Tryoshnikov. M .: "Sovet Entsiklopediyasi", 1986, - 528 b. S. 240.