Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pariya nomi: Oʻzbekiston Ekologik partiyasi
inglizcha: Ecological Party of Uzbekistan
ruscha: Экологическая партия Узбекистана
Qisqartma OʻEP
Yetakchi Аbdushukur Xamzayev [1][2]
Fraksiya rahbari:
Gapparov Xayrulla Lutpillaevich
Tashkil etilgan 8-yanvar, 2019-yil(2019-01-08)
Shtab kvartiralari Toshkent, Oʻzbekiston
Gazetasi Oila va tabiat[3]
Aʼzolari soni 638 316 (2024)[4]
Ideologiyasi Atrof-muhitni muhofaza qilish
Ranglar     
Oliy boshqaruv organi: Partiya Forumi
Shiori Yashil taraqqiyot uchun!
Qonunchilik palatasidagi oʻrinlar
15 / 150
Oliy Majlis Senatidagi oʻrinlar
5 / 100
Vebsayt new.ecouz.uz

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi – Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-yanvarda roʻyxatga olingan[5].

Partiya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatda tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat va jamiyat hayoti uchun muhim ustuvor yo‘nalish hisoblangan ekologik siyosat bilan shug‘ullanuvchi partiya tuzish bo‘yicha shakllantirilgan 100 nafardan iborat tashabbuskor guruh tomonidan chaqirilgan[6].

2019-yil 8-yanvarda bo‘lib o‘tgan partiya forumida ta’sis etilgan. O‘sha forumning o‘zida partiyaning Ustavi va Dasturi loyihalari, Markaziy Kengashi a’zolarini saylash, Markaziy nazorat taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomi, Matbuot organini ta’sis etish, hamda partiyaning vakolatli vakillarini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan[6].

2019-yil 22-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.

Partiyaning asosiy maqsad va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqsadi: Mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishdan iborat[7].

Vazifalari: mamlakatda atrof-muhit holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni kompleks hal etishga yo‘naltirilgan dastur va harakatlar strategiyasini shakllantirish va ilgari surish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

- O‘zbekistoning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda ekologiya sohasidagi xalqaro konvensiya, shartnoma va kelishuvlarga qo‘shilish;

- partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhlari va deputatlari orqali siyosiy tashabbuslarni ilgari surish;

- mamlakatning ekologik siyosatini amalga oshirishda jamiyatning barcha kuchlarini safarbar etish;

- ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat organlari, biznes va jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish;

- Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatni yaxshilash, boshqa ekologik noqulay hududlarda atrof-muhitni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini saqlash, ekologik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni, dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

- muqobil energiya manbalarini, ekologik toza, chiqitsiz (kam chiqitli) texnologiyalar va innovatsion yechimlarni tatbiq etish jarayonlarini faollashtirish;

- suv resurslarining etishmasligi va ifloslanishi, cho‘llanish, erlarning tanazzuli, atmosfera havosining ifloslanishi,\~ biologik xilma-xillikning qisqarishi jarayonlarini to‘xtatish, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

- mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda transchegaraviy suv oqimlarining suv resurslaridan adolatli foydalanishga aholining, ayniqsa, qishloq joylarida toza ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojni yaxshilash, mavjud suv chiqarish va kanalizatsiya inshootlarini modernizatsiya qilish;

- suv o‘tkazish tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;

- uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining ekologik madaniyati darajasini yuksaltirish, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;

- davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Partiyaning maqsad va vazifalari, mavjud ekologik muammolar va ularning yechimi bo‘yicha aholining xabardorlik darajasini oshirish;

- yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga va yoshlarni tabiat hamda uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish;

- atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, korxonalar va muassasalar, siyosiy partiyalar, NNT, OAV, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

- ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi masalalarni hal etishga xorijiy va xalqaro hamkorlarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabilardan iborat[7].

Partiyaning asosiy g‘oyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatning ekologik barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashish partiyaning asosiy g‘oyasi hisoblanadi[8].

Oliy boshqaruv organi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiyaning oliy boshqaruv organi Partiya Forumi hisoblanadi. U kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Navbatdan tashqari Forum Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining, Partiya Markaziy nazorat-taftish komissiyasining taklifiga ko‘ra yoki Partiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismini birlashtiruvchi partiyaning bir nechta tashkilotlari talabiga ko‘ra, Markaziy Kengash qarori bilan chaqiriladi. Forum delegatlari Partiyaning hududiy tashkilotlari Konferensiyalarida saylanadi[8].

Markaziy Kengashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forumlar orasidagi davrda Partiyaning markaziy rahbar organi Partiya Markaziy Kengashidir. U partiyaning manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan ish yuritadi. Partiya Dasturini, Forumlar va Partiya Markaziy Kengashining Plenumlari qarorlarini ro‘yobga chiqarish kabi masalalarni amalga oshiradi. Partiya Markaziy Kengashining a’zolari Forumda hududiy partiya tashkilotlari vakillari tarkibidan besh yil muddatga saylanadi. Partiya Markaziy Kengashi a’zolarining soni Forum tomonidan belgilanadi. Partiya Markaziy Kengashining Plenumi Partiya Markaziy Kengashining asosiy faoliyat shakli bo‘lib, yiliga kamida bir marta chaqiriladi va a’zolar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Partiya Markaziy Kengashi a’zolari uchdan bir qismining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari Plenum chaqirilishi mumkin[8].

Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya Markaziy Kengashining Plenumlari oralig‘i davrida Ijroiya qo‘mitasi, unga Forum va Partiya Markaziy Kengashi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Partiya manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan harakat qiladi. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi majlislari zarur bo‘lgan hollarda, lekin kamida uch oyda bir marta o‘tkaziladi[8].

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiyaning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi (MNTK) Partiyaning markaziy nazorat qiluvchi organi bo‘lib, mansabdor shaxslar va ijroiya organlari, quyi partiya tashkilotlari ustidan ushbu Ustav talablari hamda partiya rahbar organlarining qarorlarining bajarishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi. Partiya MNTK O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Forum tomonidan tasdiqlangan Nizom va Ustav asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Partiya MNTK Forumda besh yil muddatga saylanadi. Markaziy Kengash a’zolari Partiya MNTK a’zoligiga saylanishi mumkin emas. Partiya MNTK a’zolarining soni Forum tomonidan belgilanadi. Partiya MNTKning birinchi majlisida Partiya MNTKning raisi va o‘rinbosarlari saylanadi[8].

Partiyaning saylovlardagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 22-dekabrda mamlakatimizda eng yosh partiya sifatida:– O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik organlariga xalqaro andozalarga moslangan yangilangan saylov qonunchiligi asosida o‘tkazilgan saylovlarda munosib ishtirok etib, 624 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi[9].

2021-yil 24-oktyabrda siyosiy kuch sifatida faoliyat boshlaganiga endigina uch yil bo‘lgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etdi. Partiyaning III s’ezdida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka partiya Markaziy Kengashi raisi Narzullo Oblomurodov nomzodi tasdiqlandi. Birinchi bor ishtirok etishiga qaramasdan O‘zbekiston Ekologik partiyasi saylovni yuqori saviyada o‘tkazdi[10].

2023-yil 30-aprelda mamlakatimiz tarixidagi eng yirik siyosiy jarayonlardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilgan islohotlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ham faol ishtirok etdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi va uning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha jami 3 554 ta tadbir o‘tkazilib, unda 67 477 nafar ishtirokchi qamrab olindi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda partiya tomonidan 7500 dan ortiq takliflar bildirildi va ular umumlashgan holda bosh qomusimizda o‘z aksini topdi[9].

2023-yil 9-iyulda muddatidan ilgari o‘tkazilgan Prezidentlik saylovida partiya ikkinchi bor o‘z nomzodi bilan qatnashdi. Unda Partiya Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Xamzayev prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilib, o‘zining “Yashil taraqqiyot uchun!” shiori ostidagi saylovoldi dasturi bilan munosib ishtirok etdi. "Yashil taraqqiyot uchun!” shiori ostidagi saylovoldi dasturi bilan munosib ishtirok etdi[7].

Partiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-2023-yillar davomida partiya tomonidan 30 ga yaqin loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi taklifi asosida 2019-yil 26-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida yurtimiz bo‘ylab birinchi marotaba umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi. Eng muhimi, ekologik hashar doirasida to‘plangan mablag‘larning asosiy qismi Orolbo‘yida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirildi[11].

Har yili partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlari tomonidan «Orolga madad» aksiyasi tashkil etilib, saksovul urug‘larini yig‘ish ishlari amalga oshiriladi. Partiyaning barcha hududiy tashkilotlari tomonidan o‘tgan davrda 5000 kg yaqin saksovul urug‘lari to‘planib, Orol bo‘yiga yetkazib berildi.

2022-2023-yillarda "Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik", “Yashil taraqqiyot uchun” kurashamiz shiori ostida ekoforum, “Maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish”, “Ekologik o‘n kunlik”, "Tabiat uchun g‘amho‘rmiz", “Yashil qo‘llar”, “Velamarafon”, “Yashil makon” “Ekobog‘lar” umummilliy loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2024-yilning dastlabki uch oyi mobaynida partiya tomonidan 6 ta loyiha amalga oshirilib, salkam 21 ming aholi hamda yoshlar qamrab olindi.

Jumladan, Navoiy viloyatida “Yashil taraqqiyot uchun” shiori ostida ekovelomarafon, Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumanida “Yashil taraqqiyot uchun birlashaylik” shiori ostida saksovul ko‘chatlarini ekish aksiyasi, barcha hududlarda “Biz, kelajak yosh liderlari Ekopartiyani tanlaymiz” loyihasi doirasidagi tadbirlarda yoshlarimiz va fuqarolarimiz faol ishtirok etdi.

2024-yilda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga partiyamizdan saylangan a’zolar tomonidan ham “Qonunchilik yoshlar nigohida”, “Deputat va yoshlar”, “Imkoniyat! Barchasi Siz uchun”, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, “Partiya yosh yetakchilarni shakllantiradi”, “Yosh ekologlar birlashdi”, kabi bir nechta loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Albatta, ushbu loyihalar aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularning ona tabiatga, atrof-muhitga daxldorlik mas’uliyatini oshirish, qolaversa, hududlarda obodlik va saranjom-sarishtalikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi[12].

Bundan tashqari, partiyamizdan saylangan deputatlar tomonidan o‘zlari saylangan okruglarida “Innovatsion texnologiyalar asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash”, “Parlamentning Orolga nigohi”, “Deputat mahallada”, “Aholi bilan yuzma-yuz”, “Saylovchilarning muammolari deputat e’tiborida”, "Siz ishongan partiya deputati" kabi qator loyihalar tashkil etilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Ekologik Partiyasidan saylangan senat a’zolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amanbay Orinbayev
Amanbay Orinbayev
Orinbayev Amanbay Tleubayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati rais o‘rinbosari[5].
Boriy Alixanov
Boriy Alixanov
Alixanov Boriy Botirovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi[13].
Abdulla Xursanov
Abdulla Xursanov
Xursanov Abdullo Xalmuradovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi[14].
Sanobar Suyarova
Sanobar Suyarova
Suyarova Sanobar Zarfullayevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi[15].
Djalolov Shavkat
Djalolov Shavkat
Djalolov Shavkat Amonovich Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zosi[16].

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boriy Alixanov
Boriy Alixanov
Boriy Alixanov (1961-yil 8-iyun Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― Oʻzbek siyosatchisi, 2019-yil 8-yanvardan boshlab, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining rahbari, 2019-yil dekabridan, 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati. Iqtisod fanlari nomzodi[17].
Xayrillo Gapporov Gapporov Xayrillo (1971-yil 9-dekabr Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, oʻqituvchisi va kimyogari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[18].
Turgunboy Xojanazarov
Turgunboy Xojanazarov
Xojanazarov Turganbay (1974-yil 30-avgust Kegeyli tumani, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― O'zbek siyosatchisi, agronom. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi. O'zbekiston Ekologik partiyasining a'zosi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisi[19].
Islom Xushvaktov (1967-yil 27-fevral Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) —Oʻzbek siyosatchisi, hayvonot bogʻi muhandisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining tashkiliy, partiya va kadrlar masalalari boʻyicha raisining oʻrinbosari. Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori[20].
Abdurahim Qurbonov
Abdurahim Qurbonov
Abduraxim Eshonqulovich (1974-yil 10-may; Jarqoʻrgʻon tumani2021-yil 8-iyul Toshkent) — O'zbek siyosatchisi, tarixchi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi a'zosi. O'zbekiston Ekologik partiyasining a'zosi. Tarix fanlari nomzodi. Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquqiy masalalar qo'mitasi a'zosi[21].
Shuhrat Abduhalimov (1977-yil 17-may Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) - O'zbek siyosatchisi, huquqshunos. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[22].
Mohira Xoʻjayeva
Mohira Xoʻjayeva
Mohira Xoʻjayeva (1966-yil 23-iyul Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― O'zbek siyosatchisi, defektologiya o'qituvchisi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo'mitasi a'zosi. O'zbekiston Ekologik partiyasining a'zosi.
Muqaddas Tirkasheva (1974-yil1-noyabr Jizzax tumani, Jizzax viloyati Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― O'zbek siyosatchisi, biologiya fani o'qituvchisi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi aʼzosi.
Kamol Jumaniyozov
Kamol Jumaniyozov
Kamol Jumaniyozov (1989-yil 13-iyul Bogʻot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― O'zbek siyosatchisi, filolog. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati. O'zbekiston Ekologik partiyasining a'zosi
Navro‘zbek Yusupov (1982-yil, 13-yanvar, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek siyosatchisi, filolog. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi.
Litvinova Olga
Litvinova Olga
Olga Litvinova (1967-yil 2-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik oʻqituvchi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[23].
Leyli Seitova (1970-yil 23-iyul Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, iqtisodchisi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiyot masalalari boʻyicha deputati. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Nukus viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi.
Muxtor Xojimatov
Muxtor Xojimatov
Muxtor Xojimatov (1975-yil, 22-mart; Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― Oʻzbek siyosatchisi, moliya va kreditlar, davlat va jamoat qurilishi boʻyicha mutaxassis. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. "Aloqabank" ATB, Namangan viloyati boʻlimi boshligʻi.
Nosirjon Aminov (1976-yil 6-mart, Angren, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek siyosatchisi, qurilish muhandisi. 2020-yilda u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasigs saylangan. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
Ravshanbek Begmatov
Ravshanbek Begmatov
Ravshanbek Begmatov (1984-yil 2-mart, Farg'ona viloyati Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek siyosatchisi, agranom. 2020-yilda u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasigs saylangan. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi yetakchilari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1 Alixanov Boriy Batirovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi.

2019—2020-yillar "O‘zbekiston Ekologik partiyasi" yetakchisi bo'lgan.

2 Tojiboyev Komiljon Sharobiddinovich Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi botanika instituti rektori. 2021-yil "O‘zbekiston Ekologik partiyasi" yetakchisi bo'lgan.
3 Oblomurodov Narzullo Naimovich Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori. 2021—2022-yil "O‘zbekiston Ekologik partiyasi" yetakchisi bo'lgan.
4 Xamzayev

Abdushukur Xudoyqulovich

2022-yil 19-dekabrdan hozirgacha "O‘zbekiston Ekologik partiyasi" yetakchisi.

Saylovlar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezidentlik saylovlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilgi Oʻzbekiston prezidentlik saylovida partiya ilk bor oʻz nomzodini qoʻydi. Saylovda partiya markaziy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodov nomzod sifatida qatnashdi[17]. Saylov natijalariga koʻra 16 mln 212 ming 343 nafar saylovchidan 670 ming 641 nafar(4,15%) kishining ishonchini qozona olgan[18]. 2023-yilgi navbatdan tashqari Oʻzbekiston prezidentlik saylovida prezidentlikka nomzod etib partiya yetakchisi Аbdushukur Xamzayev koʻrsatildi[19]. Аbdushukur Xamzayev saylov natijalariga koʻra, 15 million 651 ming 405 nafar saylovchidan 585 ming 711 nafar(3.74%) kishining ovozini qoʻlga kiritdi[20].

Saylov Partiyadan nomzod Ovozlar % Natija
2021 Narzullo Oblomurodov 670 641[21] 4.15 Magʻlubiyat
2023 Аbdushukur Xamzayev 585 711[22] 3.74 Magʻlubiyat

Qonunchilik palatasiga saylovlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saylov Oʻrinlar soni
2009
15 / 135
2014
15 / 150
2019
15 / 150
  1. „O‘zbekiston Ekologik partiyasiga yangi rais saylandi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  2. „Ekologik partiyaga yangi rais saylandi“. Sputnik Oʻzbekiston. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  3. „Yangi gazeta: “Oila va tabiat”“. yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  4. „Ekologik partiya O‘zbekistonda a’zolari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  5. 5,0 5,1 „O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  6. 6,0 6,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.10.2018 yildagi PQ-3956-son“.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturi“.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 „Partiya dasturi“.
  9. 9,0 9,1 „2019-yil 22-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov“.
  10. „O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod ko‘rsatildi“.
  11. „Toshkentning olti tumanida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda“.
  12. „Yoshlar parlamenti qanday tashkil etildi? Maqsad va vazifalari nimalardan iborat?“.
  13. „Алиханов Борий Батирович“.
  14. „Xursanov Abdullo Xalmuradovich“.
  15. „Suyarova Sanobar Zarfullayevna“.
  16. „Джалолов Шавкат Амонович“.
  17. 17,0 17,1 „Ekopartiya prezidentlik saylovidagi nomzodini e'lon qildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  18. 18,0 18,1 „MSK Shavkat Mirziyoyevni saylangan prezident deb e’lon qildi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  19. 19,0 19,1 „Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  20. 20,0 20,1 „Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlari natijalarini tasdiqladi. Shavkat Mirziyoyev 87,05% ovoz bilan g‘alaba qozondi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  21. 21,0 21,1 „MSK Shavkat Mirziyoyevni saylangan prezident deb e’lon qildi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  22. 22,0 22,1 „Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlari natijalarini tasdiqladi. Shavkat Mirziyoyev 87,05% ovoz bilan g‘alaba qozondi“. gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  23. „Депутаты“ (ruscha). parliament.gov.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.