Kontent qismiga oʻtish

Ustav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ustav (rus.) — muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, korxona, tashkilot va sh.k.ning tuzilishi, vazifasini yoʻnaltirib turadigan asosiy qonunqoidalar majmui (masalan, siyosiy partiya, kasaba uyushmasi, temir yoʻl, daryo transporti, bank ustavlari va hokazo). Harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qurolli kuchlar Ustavi bilan tartibga solinadi. Ustav yuridik shaxslarning asosiy taʼsis hujjati hisoblanadi. Yuridik shaxs oʻz istavi asosida ish olib boradi. Ustav yuridik shaxs muassislari tomonidan tasdiqlanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Ustavda yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri, pochta manzili, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qoʻyilishi, shuningdek, ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar boʻlishi kerak. Ustavda yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab quyilgan boʻlishi lozim. Ayrim hollarda xalqaro shartnomalar ham Ustav deb atalashi mumkin (masalan, BMT Ustavi).