Nosirjon Aminov
Nosirjon Aminov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
6-aprel 1976-yil Angren Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Maʼlumoti | Toshkent arxitektura-qurilish instituti |
Nosirjon Aminov (1976-yil 6-mart, Angren, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek siyosatchisi, qurilish muhandisi. 2020-yilda u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasigs saylangan. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nosirjon Aminov 1976-yil 6-martda Toshkent viloyati Angren shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan, oliy maʼlumotli qurilish muhandisi.1997-yilda „Angren Uy-joy qurilish“ aksiyadorlik jamiyatida montajchi sifatida ish boshladi. Birozdan soʻng, oʻsha yili u „Oʻzbekenergoremont“ ishlab chiqarish birlashmasida mexanik boʻlib ish boshladi. 1998—2001-yillarda Angren elektr stantsiyasining issiqlik taʼminoti sexi va yer osti inshootlari sexida chilangar boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 2001—2003-yillarda u „Angrenskaya Teplostantsiya“ shoʻba korxonasining metall laboratoriyasida NDT inspektori boʻlgan. 2003-yilda u „Oʻzbekenergo“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi „Angrenskaya teplostantsiya“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining metall laboratoriyasining boshligʻi, soʻngra katta mexanik ustasi etib tayinlandi. 2011-yildan 2016-yilgacha „Angren issiqlik elektr stansiyasi“ aksiyadorlik jamiyatida sex rahbari boʻlib ishlagan. 2016-yildan hozirgi kungacha „Angren issiqlik elektr stansiyasi“ aksiyadorlik jamiyatining direktori lavozimida ishlab kelmoqda[1].
2020-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek Sanoat, qurilish va savdo qoʻmitasi aʼzosi va „Oʻzbekiston Ekologik partiyasi“ fraktsiyasi aʼzosi etib saylangan[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Кандидаты“ (ruscha). elections.uz. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ „ 334-IV-сон 10.06.2020. О создании межпарламентской группы Олий Мажлиса Республики Узбекистан по сотрудничеству с Милли Меджлисом Азербайджанской Республики“. lex.uz. Qaraldi: 17-aprel 2021-yil.