Kontent qismiga oʻtish

Erk demokratik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Partiya logosi
Partiya bayrogʻi

Erk demokratik partiyasi — Oʻzbekistondagi siyosiy partiya boʻlib, 1990-yilda Sovet Ittifoqida mustaqillikni qoʻllab-quvvatlovchi partiya oʻlaroq tashkil etilgan. Bu partiya Oʻzbekiston tarixida roʻyxatdan oʻtgan ilk siyosiy partiya boʻlgan. 1993-yildan buyon partiyaning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgandir.

Partiya yetakchisi — Muhammad Solih, bosh kotibi esa Otanazar Orif. Partiyaning 1991-yilning 19-sentabrida 000092-son bilan Oʻzbekiston davlat matbuot komitetida roʻyxatdan oʻtgan ERK gazetasi 1990-yildan hozirgi kunga qadar oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.

Tarix va saylovlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erk partiyasi 1991-yilning 29-dekabrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodi bilan qatnashgan.[1] Bu saylovda prezident lavozimiga ikki firqa — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Islom Karimov, Erk partiyasidan Muhammad Solih nomzodi qoʻyilgan. Saylovning rasmiy natijasiga koʻra, Karimov 87.5 % bilan gʻalaba qozongan, Solih esa 12,5 % ovoz toʻplagan.

Erk partiyasiga 2007-yilning dekabrida oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat berilmagan.[2]

  1. Dieter Nohlen, Florian Grotz & Christof Hartmann (2001) Elections in Asia: A data handbook, Volume I, p490 ISBN 0-19-924958-X
  2. Harding, Luke. „Uzbek president returned in election 'farce'“. The Guardian (24-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.