Muxtor viloyat
Muxtor viloyat yoki Avtonom viloyat – SSSR va aytim boshqa davlatlarda (masalan, Gʻarbiy Bosniya muxtor viloyati, Kri muxtor viloyati) davlat avtonomiyasi shakli, maʼmuriy-hududiy tuzilma.
Hozirgi kunda sobiq sovet ittifoqi davlatlaridan Rossiyada (Yahudiylar muxtor viloyati) va Tojikistonda (Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati) muxtor viloyatlar bor.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oktyabr inqilobidan keyin RSFSR (keyinroq SSSRda ham) hududida, asosan, rus boʻlmagan (ittifoq respublikalarida – asosan titul millat boʻlmagan) aholi yashaydigan joylarda muxtor viloyatlar paydo boʻla boshladi. Avvaliga muxtor viloyat guberniya, viloyat, respublika (ASSR) bilan bir qatorda mustaqil subyekt boʻlgan, keyinroq esa ular guberniyalar bilan birlashtirilib, oʻlkalarni tashkil qilgan. Keyinchalik aksariyat muxtor viloyatlar muxtor respublikalar shaklida qayta tashkil qilindi, 1936-yil dekabridan yana alohida tuzilmaga aylantirildi.
Xronologik tartibda RSFSR hududida quyidagi muxtor viloyatlar tashkil qilingan:
- Volgaboʻyi nemislari muxtor viloyati (1918), 1923-yildan – Volgaboʻyi nemislari ASSR;
- Votskaya MV (1920), 1932-yildan – Udmurt MV, 1936-yil dekabrdan – Udmurt ASSR;
- Qalmoq MV (1920, 1957), 1935-yildan – Qalmoq ASSR (1943-yilda tugatilgan), 1958-yildan – Qalmoq ASSR;
- Kareliya mehnat kommunasi (1920), 1923-yildan – Kareliya ASSR;
- Mariy MV (1920), 1936-yil dekabrdan – Mariy ASSR;
- Chuvash MV (1920), 1925-yildan – Chuvash ASSR;
- Buryat-Mongol MV (1921), 1923-yilda Mongol-Buryat MV bilan birlashtirilib, Buryat-Mongol ASSR tashkil qilingan;
- Kabardin MV (1921), 1922-yilda Bolqor okrugi bilan birlashtirilib, Kabardin-Bolqor MV tashkil qilingan;
- Komi (Ziryan) MV (1921), 1936-yil dekabrdan – Komi ASSR;
- Mongol-Buryat MV (1921), 1923-yilda Buryat-Mongol MV bilan birlashtirilib, Buryat-Mongol ASSR tashkil qilingan;
- Adigey (Cherkas) MV (1922), birinchi oyda Cherkas (Adigey) MV deb atalgan, 1928-yilda Adigey MV deb qayta nomlandi (1990-yildan boshlab Krasnodar oʻlkasi tarkibida)
- Kabardin-Bolqor MV (1922), 1936-yil dekabrdan – Kabardin-Bolqor ASSR
- Qorachoy-Cherkas MV (1922), 1926-yilda Qorachoy avtonom viloyati va Cherkas milliy okrugiga (1928-yildan Cherkas MV) boʻlinadi, 1943-yilda Qorachoy MV tugatiladi, 1957-yilda Cherkas MVga sobiq Qorachoy MV hududlari qoʻshiladi va Qorachoy-Cherkas MV deb qayta nomlanadi (1990-yildan – Stavropol oʻlkasi tarkibida)
- Oyrat MV (1922), 1932-yildan Oyrot MV, 1948-yildan Togʻli-Oltoy avtonom viloyati (1990-yildan – Oltoy oʻlkasi tarkibida)
- Chechen MV (1922), 1934-yilda Ingush MV bilan birlashtirilib, Chechen-Ingush MV tashkil qilingan;
- Ingush MV (1924), 1934-yilda Chechen MV bilan birlashtirilib, Chechen-Ingush MV tashkil qilingan;
- Qoraqirgʻiz MV, 1925-yildan Qirgʻiz MV, 1926-yildan Qirgʻiziston ASSR, 1936-yil dekabrdan Qirgʻiziston SSR;
- Shimoliy Osetin MV (1924), 1936-yil dekabrdan – Shimoliy Osetiya ASSR;
- Qoraqalpoq avtonom viloyati (1925), 1930-yilga qadar Qozogʻiston ASSR tarkibida, 1932-yildan Qoraqalpogʻiston ASSR shaklida RSFSR tarkibida, 1936-yil dekabrdan – Qoraqalpogʻiston ASSR OʻzSSR tarkibida;
- Mordva MV (1930), 1934-yil dekabrdan – Mordva ASSR;
- Xakas MV (1930) (1990-yildan Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida);
- Yahudiylar MV (1934) (1990-yildan Xabarovsk oʻlkasi tarkibida);
- Chechen-Ingush MV (1934), 1936-yil dekabrdan – Chechen-Ingush ASSR;
- Tuva MV (1944, qoʻshib olingan hududda), 1961-yil okyabrdan – Tuva ASSR.
Bir qator ittifoqdosh respublikalarda ham muxtor viloyatlar tashkil qilinadi. Masalan, Gruziya SSRda Janubiy Osetin (1922), Ozarbayjon SSRda Togʻli-Qorabogʻ (1923), OʻzSSR tarkibidagi Tojikiston ASSRda Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatlari(1925).
1990-yil holatida SSSR tarkibida sakkizta muxtor viloyat bor edi: beshtasi RSFSR oʻlkalari tarkibida va uchtasi ittifoqdosh respublikalarda.
1990-yil 15-dekabrda RSFSR muxtor viloyatlari oʻlkalar tarkibidan chiqarilib, mustaqil subyektlarga aylantirildi, 1992-yil 21-aprelda respublika maqomini oldi (Yahudiylar MVdan tashqari)[1].
Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan faqatgina Tojikiston tarkibida Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati saqlanib qolgan.
Gruziya va Ozarbayjonda muxtor viloyatlar tugatilgan. Voqealarning bunday rivoji sobiq muxtor viloyatlar aholisining noroziligiga sabab boʻldi, natijada qurolli toʻqnashuvlar kelib chiqdi va yerlarning bir qismi ustidan nazoratni yoʻqotdi. Sobiq muxtor viloyatlar hududlarida amalda mustaqil tan olinmagan davlatlar – Janubiy Osetiya va Togʻli Qorabogʻ Respublikasi tuzildi. Togʻli Qorabogʻ Respublikasi 2023-yil sentyabrda tugatildi[2].
Sovet Ittifoqidagi muxtor viloyatlar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muxtor viloyat | Tashkil etilgan sana | Tugatilgan sana | Maʼmuriy markazi | Ittifoqdosh respublika | Titul millat | Izoh |
---|---|---|---|---|---|---|
Volgaboʻyi nemislari MV | 19.10.1918 | 19.12.1923 | Pokrovsk | RSFSR | nemislar | Hozirgi Saratov viloyati |
Udmurt MV (01.01.1932 gacha – Votskaya) | 04.11.1920 | 28.12.1934 | Ijevsk[3] | RSFSR | udmurtlar (votyaklar) | Hozirgi Udmurtiya |
Mariy MV | 04.11.1920 | 05.12.1936 | Yoshkar-ola | RSFSR | mariylar | Mariy ASSR (1936—1993), Hozirgi Mariy El Respublikasi |
Buryat-Mongol MV | 27.04.1921 | 30.05.1923 | Chita | RSFSR | buryatlar | Hozirgi Buryatiya |
Mongol-Buryat MV | 09.01.1922 | 30.05.1923 | Irkutsk | RSFSR | buryatlar | Hozirgi Buryatiya |
Kabardin MV | 01.07.1921 | 16.01.1922 | Nalchik | RSFSR | kabardinlar | Hozirgi Kabarda-Bolqoriya |
Qalmoq MV | 1921 | 1958 | 1928-yilgacha Astraxan, Elista | RSFSR | qalmoqlar | Hozirgi Qalmogʻiston |
Komi (Ziryan) MV | 1921 | 1936 | Siktivkar[4] | RSFSR | komilar | Hozirgi Komi |
Qorachoy-Cherkas MV | 12.01.1922 | 16.05.1992 | Cherkessk | RSFSR | qorachoylar, cherkaslar | Hozirgi Qorachoy-Cherkasiya |
Janubiy Osetin MV | 20.04.1922 | Sxinvali | Gruziya SSR | osetinlar | Hozirgi Janubiy Osetiya (bahsli) | |
Togʻli-Oltoy (1932-yilgacha Oyrat MV, 1948-yilgacha Oyrot MV) | 01.06.1922 | 16.05.1992 | Gorno-altaysk | RSFSR | oltoylar | Hozirgi Oltoy Respublikasi |
Adigey MV (24.08.1922 gacha – Cherkas (Adigey) MV, 13.08.1928 gacha – Adigey (Cherkas) MV | 27.07.1922 | 16.05.1992 | Maykop[5] | RSFSR | cherkaslar | Hozirgi Adigeya |
Togʻli Qorabogʻ MV | 05.07.1923 | 26.11.1991 | Xonkandi | Ozarbayjon SSR | armanlar | Hozir Ozarbayjonning Qorabogʻ iqtisodiy rayoni tarkibida |
Shimoliy Osetin MV | 07.07.1924 | 05.12.1936 | Vladikavkaz | RSFSR | osetinlar | Hozirgi Shimoliy Osetiya Alaniya |
Ingush MV | 07.11.1924 | 15.01.1934 | Vladikavkaz | RSFSR | ingushlar | Hozirgi Ingushiya |
Togʻli-Badaxshon MV | 02.01.1925 | hozirga qadar | Xorugʻ | Tojikiston SSR[6] | Pomir xalqlari | Hozir ham mavjud |
Qoraqalpoq MV | 16.02.1925 | 20.03.1932 | Toʻrtkoʻl | RSFSR | qoraqalpoqlar | Hozirgi Qoraqalpogʻiston |
Mordva MV | 10.01.1930 | 20.12.1934 | Saransk | RSFSR | mordvalar | Hozirgi Mordoviya |
Xakas | 20.10.1930 | 16.05.1992 | Abakan | RSFSR | xakaslar | Hozirgi Xakasiya |
Yahudiylar MV | 07.05.1934 | hozirga qadar | Birobijan | RSFSR | yahudiylar | Hozir ham mavjud |
Tuva MV | 11.10.1944 | 10.10.1961 | Qizil | RSFSR | tivalar | Hozirgi Tiva |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Архипов К. А.. Советские автономные области и республики. М.: Гос. изд-во, 1925.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zakon Rossii № 2708-I, ot 21 aprelya 1992 goda.
- ↑ „“Ozarbayjon suvereniteti tiklandi”: Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi operatsiya bo‘yicha murojaat qildi“. Daryo.uz. Daryo.uz (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 15-dekabr 2023-yil.
- ↑ 1921-yil yanvardan iyungacha – Glazov
- ↑ 1930-yilgacha UstSisolsk deb atalgan
- ↑ 1936-yil 10-aprelgacha – Krasnodar, muxtor viloyat tarkibiga kiritilmagan Krasnodar poytaxt vazifasini bajaradi
- ↑ 1929-yil 16-oktyabrga qadar OʻzSSR tarkibidagi Tojikiston ASSR