Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Yusuf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Yusuf
Tavalludi 26-aprel 1954-yil
Andijon, Oʻzbekiston
Vafoti 29-iyul 2001-yil(2001-07-29)
(47 yoshda)[1]
Ellikqalʼa
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari

Muhammad Yusuf (asl ism-sharifi Muhammadjon Yusupov[2]; 1954-yil 26-aprel, Marhamat tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR2001-yil 29-iyul, Ellikqalʼa tumani, Qoraqalpogʻiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri, Doʻstlik ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Toshkent rus tili va adabiyoti institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti) 1978-yilgi bitiruvchisi. Zamondoshlarining fikricha, Muhammad Yusuf XX asr oxiri — XXI asr boshlaridagi eng iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri bo‘lgan.[3]

Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1971-yil oʻrta maktabni tugatgan. Toshkent rus tili va adabiyoti institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978).[4]

Muhammad Yusuf oʻqishni tamomlaganidan soʻng, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatida muharrir sifatida ishlaydi (1978—1980). Soʻngra „Toshkent oqshomigazetada muxbiri (1980—1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida musahhih (1986—1995), „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida muxbir, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri (1995—1997), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan (1997—2001).[5]

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Muhammad Yusuf Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni va Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda.

Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda yurak xuruji tufayli vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.[6][7][8][9]

  1. „Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi nishonlanadi“ (2013-yil 27-dekabr).
  2. „26 апреля – 60 лет со дня рождения Мухаммада Юсуфа“ (deadlink). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-yanvar.
  3. „60-летие поэта Мухаммада Юсуфа широко отметят в наступающем году“. 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  4. „60-летие поэта Мухаммада Юсуфа широко отметят в наступающем году“. 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  5. V Uzbekistane otmetyat yubiley Muxammada Yusufa[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  6. „По всей стране широко отмечается 60-летний юбилей Мухаммада Юсуфа“ (deadlink). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  7. „В Национальной библиотеке Узбекистана имени Алишера Навои состоялся творческий вечер, посвященный 60 - летию со дня рождения поэта Мухаммада Юсуфа“ (deadlink). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  8. „В Ташкенте вспоминают Народного поэта Узбекистана Мухаммада Юсуфа“ (deadlink). 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  9. „60-летие Мухаммада Юсуфа отметили в Ташкенте“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  10. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы