Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati
Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati | |
---|---|
Turi | ijtimoiy-adabiy gazeta |
Asos solingan | 1956-yil 4-yanvar |
Bosh muharrir | Humoyun Akbarov[1] |
Tili | oʻzbekcha |
Nashrning toʻxtatilishi | 2023-yil |
Bosh ofisi | Toshkent shahri, Matbuotchular ko‘chasi, 32-uy |
Adadi | 1188 |
Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati – haftalik ijtimoiy-adabiy gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. 2024-yilning yanvar oyidan „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi yopildi. Uning negizida „Jadid“ nomli gazeta chop etila boshlandi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gazetaning ilk soni 1956-yil 4-yanvarda „Oʻzbekiston madaniyati“ nomi bilan haftada ikki marta chiqqan[3]. 1981-yildan beri hozirgi nomda koʻpaytirilgan hajmda (8 bet) chop etiladi. Gazetaga Odil Yoqubov, M. Muhamedov, R.Fayziy, Vohid Zohidov, Laziz Qayumov, Asqad Muxtor, Sirojiddin Sayyid, O‘ktam Mirzayor[4], Salim Ashur kabi yozuvchi va shoirlar turli davrlarda muharrirlik qilgan. Tahririyat manzili Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uyda joylashgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://xabar.uz/uz/post/ozbekiston-adabiyoti-va-sanati-gazetasiga-ya
- ↑ Iqbol Mirzo „“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining yopilishi, uning o‘rniga “Jadid” gazetasining tashkil etilishi yuzasidan Iqbol Mirzo izoh berdi“. daryo.uz (18-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.
- ↑ „Qariyb 70 yillik «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi tugatildi“ (O'zbekcha). xabar.uz (2024-yil 4-yanvar). Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
- ↑ „“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori“. lex.uz. Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |