Psixika
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
1) Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektivdir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson psixikasidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiytarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson psixikasining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning reflektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtovsiz va qatʼiy kechishidir. Real psixika faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson psixikasining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs psixikasining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼnaviy boyliklarni oʻzlashtirishdan iboratdir. Psixikani psixologiya oʻrganadi[1].
2) Psixika o'zga alohida olam emas; u organik hayotning yuksak shakllaridan bo'lib , faqat hayvonlar va odamlarga xosdir. hayvonlar bilan odam, o'simliklardan farq qilib, yolg'iz organik hayotga ega bo'libgina qolmay,balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin ma'lumki hayvonlarning psixik hayoti insonlarnikiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jixatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli ong - bordir. Odam ongli mavjudotdir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2 P.I.Ivanov, M.E.Zufarova. Umumiy Psixalogiya. 2008
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |