Kontent qismiga oʻtish

Minhojiddin Hojimatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Minhojiddin Mirzodan yoʻnaltirildi)
Minhojiddin Mirzajonovich Hojimatov
 Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2024-yil 2-fevral – hozirgacha[1]
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Respublika Ma’naviyat va maʼrifat markazi rahbari
 
Mansab davri
2019-yildan – 2024-yil 2-fevralgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Alisher Qodirov
Vorisi Otabek Hasanov
 Madaniyat va sport vaziri
 
Mansab davri
2013 – 2014
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Tursunali Qoʻziyev
Vorisi Baxtiyor Sayfullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-iyul 1965-yil (1965-07-30) (59 yosh)
Andijon
Fuqaroligi  UZB
Millati oʻzbek
Bolalari 5
Kasbi jurnalist
Dini islom
Ilmiy unvoni Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori
Mukofotlari
Taxallus(lar)i Minhojiddin Mirzo

Minhojiddin Mirzo[2] (asl ismi: Minhojiddin Mirzajonovich Hojimatov[3], 1965-yil 30-iyulda Andijonda tugʻilgan[4]) — oʻzbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist va shoir.[4] Sobiq Madaniyat va sport ishlari vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari[5][6]. Minhojiddin Mirzo taxallusi ostida ijod qiladi. 2024-yil 2-fevralidan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi faoliyat yuritib kelmoqda. [7].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minhojiddin Mirzo (Hojimatov Minhojiddin Mirzajonovich) 1965-yil 30-iyulida Andijon shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1982-yilda Andijon shahridagi 30-oʻrta maktabni bitirgan. 1990-yili Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakultetini bitirgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984—1986-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan[8].
Dastlab oʻz faoliyatini Oʻzbekiston radiosi Adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharririyatida muharrir sifatida boshlagan. 1990-1998-yillarda turli tahririyatlarda bosh muharrir lavozimida xizmat qilgan. 1999-yili Shuhrat medali bilan taqdirlangan. 2002-yili Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist fahriy unvonini olgan[4].

2012—2013-yillar Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari. 2013-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimiga tayinlandi. Ungacha bu lavozimda Tursunali Qoʻziyev ishlardi[9] 2014-yildan to 2017-yilgacha „Guliston“ jurnali bosh muharriri. 2017—2018 yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijro etuvchi apparati — Prezident Matbuot xizmati tadbirlarni tayyorlash va yoritish sektor boshligʻi.

2018—2019-yillar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari.

Turli yillarda Jamoatchilik asosida Milliy estradani rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi, Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar doʻstlik jamiyatlari kengashi raisi vazifalarini bajardi.

Minhojiddin Mirzo pedagog sifatida turli yillarda Davlat Boshqaruvi akademiyasi, Jahon tillari universiteti, Madaniyat va sanʼat instituti, Islom universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida dars berdi. Hozirda oʻrindoshlik asosida Mirzo Ulugʻbek nomidagi milliy universitetda faoliyat olib bormoqda. U filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori.

Minhojiddin Mirzo Rossiya, Belarussiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlarida boʻlib oʻtgan adabiy anjumanlarda faol ishtirok etib oʻzbek adabiyoti targʻiboti, adabiy aloqalarni mustahkamlash ishiga munosib hissa qoʻshdi.

Minhojiddin Mirzo Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi tuzilmasini shakllantirish, boshqaruv xujjatlari bilan birga, ijodiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro adabiy aloqalarni mustahkamlash, jamiyatdagi yangilanishlar, maʼnaviy yuksalaishlar jarayonida yozuvchi va shoirlarning faolligini oshirish, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, adabiy tarjima ishlarini rivojlantirish ishiga munosib hissa qoʻshdi. Hozirda u Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda. 2020-yildan buyon Oliy Majlis Senati aʼzosi.

2024-yil 2-fevralda „Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi“ rahbari lavozimidan ozod qilinadi[7] va Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi[10].

Shoirning „Nilufar“ (1996), „Visol xabari“(2002), „Yulduzim“(2007), „Koʻnglim kurtaklari“ (2015), „Gullash payti keldi, bogʻlarim“ (2015), „Muhabbat qarshingda bu jonim nadir“(2021) sheʼriy toʻplamlari, „Saodatga eltuvchi qudratli kuch“ (2008), „Ulugʻ xalq qudratining tajassumi“ (2021) esselar toʻplamlari chop etildi. Boborahim Mashrabga bagʻishlangan „Qaygʻu guli“, Amir Temur tuzuklari asosida „Sohibqiron yogʻdusi“, Bobur haqidagi „Sogʻinch saltanati“ dostonlari nashr etildi. A. Pushkin, R. Hamzatov, J.Bayron, S. Yesenin, M. Lermontov, G. Geyne, shuningdek yapon, rus, belarus, arab shoirlari sheʼrlarini ona tilimizga oʻgirdi. 2019 yili uning tarjimasida Rasul Hamzatov sheʼrlari asosida „Oq turnalar“, belarus sheʼriyati namunalari asosidagi „Salom senga, mehr diyori“ kitoblari nashr etildi.[11]

Uning adabiyotshunos sifatida Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Chustiy, R. Parfi, Ikrom Otamurod, Erkin Malik, Saʼdulla Hakim, Aʼzam Oʻktam kabi oʻzbek adabiyoti namoyondalari, I. Bunin, Rasul Hamzatov, Chingiz Aytmatov, Abay kabi jahon adabiyoti vakillari haqidagi maqolalari, milliy adabiyot takomili, xalqaro adabiy aloqalar rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshilgan.

Koʻplab ilmiy maqolalari, ijodiy namunalari AQSh, Hindiston, Turkiya, Qozogʻiston, Rossiya, Belgiya, Pokiston, Ukraina kabi davlatlarning ilmiy va adabiy nashrlarida chop etilgan.

Uning bir qancha sheʼrlari ingliz, rus, tojik, koreys, qirgʻiz, qoraqalpoq tillariga tarjima qilindi.

Minhojiddin Mirzo 1999-yilda Shuhrat medali bilan, 2002-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

  1.  Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  2. „Minhojiddin Mirzo (1965)“. 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarmalari“. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi. 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-fevral. (Wayback Machine saytida 2012-08-26 sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 4,2 „Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси » Минҳожиддин Мирзо (1965 йили туғилган)“. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Qaraldi: 2013-yil 27-fevral.
  5. „Минҳожиддин Мирзо маданият ва спорт ишлари вазири этиб тайинланди“ (oʻzbek). kun.uz. 2013-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-fevral.
  6. „Minhojiddin Hojimatov becomes culture and sport minister“ (ingliz). UzDaily.com. Qaraldi: 2013-yil 27-fevral.[sayt ishlamaydi]
  7. 7,0 7,1 „Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari ishdan ketdi.“ (kun.uz). 2024-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  8. „Minhojiddin Mirzo (1965)“. 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  9. http://www.uzdaily.uz/en/post/22184#sthash.J6y7PeIg.dpbs.
  10. „Minhojiddin Hojimatov Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi“ (uz). Qaraldi: 9-noyabr.
  11. Minhojiddin Mirzo