„Shuhrat“ medali
„Shuhrat“ medali | |||
---|---|---|---|
| |||
Mamlakat | Oʻzbekiston | ||
Turi | medal | ||
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga | ||
Taqdirlash asosi | iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ishlari uchun | ||
Holati | topshiriladi | ||
Statistika | |||
Taʼsis sanasi | 1994-yil 5-may[1] | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | Kelajak bunyodkori medali | ||
Kenja mukofot | Sodiq xizmatlari uchun medali | ||
„Shuhrat“ medali — Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5 may Qonuni bilan taʼsis etilgan[2].
Nizomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Shuhrat“ medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Medal bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Shuhrat“ medalini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga binoan boshqa shaxslar topshiradi. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Shuhrat“ medali ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. „Shuhrat“ medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Shuhrat“ medali dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qotishma qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan bo‘ladi. Medal diametri 34 millimetrli doira shaklida. Medalning old tomonida ko‘tarilib kelayotgan quyosh nurlari ichida O‘zbekiston iqtisodiy qudratining ramzi bo‘lgan manzara bo‘rtma yo‘sinda tasvirlangan. Medalning quyi qismida oq emal fonida qabariq harflarda „SUHRAT“ degan yozuv beriladi. Harflarning balandligi 2 millimetr. Medalning chetlari ikki tomondan bo‘rtma doira bilan hoshiyalangan. Medalning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Medalning qalinligi 3 millimetr. Medal respublika Davlat bayrog‘i ranglaridagi yo‘l-yo‘l shoyi mato sirilgan besh burchakli qadag‘ich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Ko‘k, oq va yashil yo‘llarining eni 7 millimetrdan, qizil yo‘llarining eni 1,5 millimetr. Qadag‘ichning bo‘yi 48 millimetr, eni 45 millimetr. Medal to‘g‘nog‘ich bilan taqiladi.
Taqdirlanganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |