Bayron Jorj Noel Gordon
Lord Bayron | |
---|---|
![]() Thomas Phillips tomonidan chizilgan Portrait of Lord Byron , taxminan 1813-yil | |
Tavalludi |
George Gordon Byron 22-yanvar 1788-yil |
Vafoti |
19-aprel 1824-yil (36 yoshda) Missolonghi, Aetolia, Usmoniylar davlati |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland va Kingdom of Great Britain |
Turmush oʻrtogʻi |
Anne Isabella Milbanke (turm. 1815; ajr. 1816) |
Bolalari | |
Otasi | John Byron |
Onasi | Catherine Gordon Byron |
Imzosi | |
![]() |
BAYRON (Vugop) Jorj Noel Gordon (1788.22.1, London - 1824.19.4, Misolungi, Gresiya) — britaniyalik shoir va zodagon[1][2]. Lordlar palatasi aʼzosi (1809-yildan). "Chayld Harold ziyorati" dostonini (1812, 1817-18) yaratdi. Sharq dostonlari turkumidagi "Kofir", "Abidoslik kelin" (1813), "Qaroqchi", "Lara" (1814), "Korinf qamali", "Parizod" (1816) kabi dostonlari Nizomiyning "Layli va Majnun", Firdavsiyning "Yusuf va Zulayho" asarlari taʼsirida yozilgan. Bayron 1817-1822-yillarda Italiyada yashaydi. "Tasso shikoyati" (1817), "Mazepa" (1818) poemalari, "Manfred" (1817), "Xotin" (1821) dramalarida adolatsizlikka qarshi kurashga chaqiradi, inson va dunyo muammosi yetakchi mavzu boʻlgan. Bayron 1818-yilda "Don Juan" sheʼriy romanini yozishga kirishgan. Asarda inson va muhit masalasi birinchi oʻringa chiqqan. Bunda Bayron romantizmdan realizmga oʻtgan (asar tugallanmagan). Uning qator sheʼrlari, "Chayld Harold ziyorati", "Manfred", "Shiylon tutquni", "Shiylon soneta" dostonlari oʻzbek tilida nashr qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Andoza:Cite ODNB
- ↑ „Lord Byron“. The British Library. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-oktyabr.