Abdulla Qoʻldoshev
Qoʻldoshev Abdulla Hamidullayevich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 1-martdan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Tursinxon Xudayberganov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-sentyabr 1959-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1984-yildan |
Unvoni | General-mayor |
Qoʻldoshev Abdulla Hamidullayevich (oʻzbekcha: Қўлдошев Абдулла Ҳамидуллаевич, 5-sentyabr, 1959-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1959-yil 5-sentyabr Toshkent viloyatida tugʻilgan.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yilda Ichki ishlar vazirligi Oliy muhandislik yong‘in-texnik bilim yurtining Toshkent fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986—2005-yillarda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi tizimida harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi oʻt oʻchiruvchisidan, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlab keldi. Xususan, 1997—2001-yilgacha Ichki ishlar vazirligi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari. 2005—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2009-yil—2011-yillarda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2011—2012-yillarda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2012—2018-yillarda Yongʻin xavfsizligi oliy harbiy bilim yurti boshligʻi, 2018-yil 23-maydan 2022-yil 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan.
2022-yil 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan.
Unvon va martabalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 10-yanvarda general-mayor unvoni berilgan[1].
Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Qoʻldoshev 2021-yilda Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari vazifasida Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazgan[2]. Uchrashuvda jamoat xavfsizligi sohasida taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Assotsiatsiya vakillari taklifi bilan Janubiy Koreya O‘t o‘chiruvchilar uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda jamoat va yong‘in xavfsizligi tizimini takomillashtirish uchun jamoat xavfsizligi sohasida taʼlimni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq loyihalar majmuini ilgari surish va amalga oshirish konsorsiumi shakllantirildi. Quyidagi loyihalar koʻzda tutildi: Yong‘in xavfsizligi o‘quv markazi, yong‘in xavfsizligini taʼminlash sohasidagi taʼlim muassasasi, davlat xizmati faxriylari uchun shifoxona, davlat xizmati xodimlari uchun ijtimoiy dam olish va reabilitatsiya muassasalari qurish va boshqa tadbirlarni. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 50 million dollarga yaqinni tashkil qildi.
Xorijga tashriflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda aprel oyida Qozogʻiston Respublikasi hududida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus halokatga uchraganda FVV birinchi oʻrinbosari Abdulla Qoʻldoshev boshchiligidagi Jabrlanganlarga yordam koʻrsatish hukumat komissiyasi voqea joyiga yetib borib, yordam choralarini koʻrgan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Qoʻldoshevga 2022-yil 14-yanvar kuni Mardlik ordeni topshirilgan[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ KULDAShYeV Abdulla Xamidullaevich
- ↑ „Janubiy Koreya bilan jamoat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda“ (2021-yil 9-iyun). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti“. www.uzembassy.kz.
- ↑ Prezident bir qator harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini taqdirladi