Mavlonbuva maqbarasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlonbuva maqbarasi - Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (1806). Mahalliy shoir Mavlonbuva qabri va uning jan.dagi peshtoq gumbazli ziyoratxonasi saqlangan. Ziyoratxona murabba tarxli (7x7 m). Bosh tarzi jan.ga qaragan. Peshtoqining 2 yoniga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasiga anʼanaviy mezana oʻrniga qubbali, 3 bosqichli konus ishlangan. Peshtoqi oʻziga xos mehrobiy va toʻgʻri burchakli yuza namoyonlar bilan bezatilgan. Unda bino qurilgan sana saqlangan. Ziyoratxona ichi ganch suvoq qilinib, moyboʻyoqda gul solingan. Gʻarbiy devorida tekis chizilgan mehrob bor. Izoralarida gulli guldon va girih naqshlar tasvirlangan, arab imlosida sheʼrlar bitilgan. Mavlonbuva ijodining ixlosmandlari, shoirlar ziyoratxona devorlari va araqi sarrovlarga, keyinchalik bu yerda saqlanadigan oʻrama qogʻozga sheʼrlar yozib qoldirganlar. Ziyoratxonaning panjarali darchasidan Mavlonbuvaning oddiy sagʻanasi koʻrinib turadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |