Kontent qismiga oʻtish

Araqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Araqi — me’moriy bezak; binolarni bezashda ishlatiladigan handasiy naqsh. Ishlanishi jihatidan muqarnas, sharafani eslatadi. Chizmasining soddaligi, kam qatlamligi va qatlamlarni bogʻlovchi handasiy shakllarning yotiq, qiya oʻyilishi (yelpigʻichsimon boʻlishi) bilan ulardan farq qiladi. Sharq, jumladan, Oʻzbekiston me’morligida keng qoʻllanadi. 5, 6, 7, 8 va undan ortiq burchakli yulduzlari boʻlishi mumkin. Muqarnas kabi yarim aylana, aylanali joylar – tokcha, taxmon va eshik tepalariga, sharafa singari tekis devor yoki taxtaga yonma-yon takrorlanib, davom ettirib ishlanadi. Araqi ganch va yogʻoch oʻymakorligida keng tarqalgan. Masalan, Usta Shirin Murodov bezagan Toshkent kuranti karnizi (1947). Hozir yogʻochga oʻyib yoki boʻyab ishlanadigan araqining sodda turi keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil