Kontent qismiga oʻtish

Namoyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Namoyon (forschakoʻrinish, manzara) — naqsh mujassamoti; atrofi hoshiya naqsh (koʻpincha zanjira, ruta) bilan oʻralgan bezak, tasvir va boshqalardan iborat. Amaliy bezak sanʼatida vokelik (chamanzor, bogʻu boʻston, daryo, gul, barglar va boshqalar)ning shartli umumlashma tasviriy obrazini oʻzida aks ettiradi. Asosan, Oʻrta Osiyo naqqoshligiga xos boʻlib, mustaqil naqsh mujassamotining eng murakkab turi. Namayaon yaratishda usta naqqoshlar girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalanadi, N.ni uzoq va yaqindan koʻrinishini qisobga oladi. Naqshning band va tanoblarini darajalarga ajratib, bi-rinchi darajali naqsh chiziklariga alohida ahamiyat beradi. Namayonda girih asosiy, oʻsimliksimon naqsh toʻldiruvchi oʻrin tutadi va u asosiy naqsh (girih)ni bosib oʻtmaydi. Faqat girixdan tuzilgan N.da ham asosiy va toʻldiruvchi naqshlar boʻladi, yaʼni yirik girihlar ichiga maydalari chiziladi. Oʻzbekiston hududidagi har bir vohada namayon bir-biridan farq qiluvchi oʻziga xos bezak uslubiga ega: Xiva naqqoshligida Namayon bandlari birbiri bilan oʻzaro chetan kabi bogʻlanadi, barglar kam ishlatiladi, mujassamot rivojlanish xususi-yatiga ega, unda harakat, mavj koʻproq koʻzga tashlanadi; Toshkent naqkrshligida N.lar oʻsimlik gullarining koʻpligi bilan ajralib turadi; Fargʻona namayonlarida tabiatdagi gul, barg, mevalar va boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri tabiiy shakdda tasvirlanadi. Zamonaviy meʼmorlikda, binolar bezaklarida, mustaqil amaliy bezak sanʼati asarlarida namayonlar rang-barang: mehrobi namayon, chorsi namayon, seraftor namayon, majnuntol namayon va boshqa Jumladan, Navoiy teatri binosi bezaklarida namayonning ajoyib namunalarini koʻrish mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil