Kontent qismiga oʻtish

Boyovut (shaharcha)

Koordinatalari: 40°16′56″N 69°01′06″E / 40.28222°N 69.01833°E / 40.28222; 69.01833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boyovut
shahar
40°16′56″N 69°01′06″E / 40.28222°N 69.01833°E / 40.28222; 69.01833
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Sirdaryo viloyati
tuman Boyovut tumani
Aholisi
100 000
Vaqt mintaqasi UTCGMT+5
Boyovut xaritada
Boyovut
Boyovut
Boyovut xaritada
Boyovut
Boyovut

Boyovut (1961—91 yillarda Dmitrove) — Sirdaryo viloyatidagi shahar, Boyovut tumanining markazi. Aholisi 13,8 ming kishidan ziyod (2000). Boyovutda asosan oʻzbeklar istiqomat qilishadi, shuningdek oʻzbeklardan tashqari tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydilar. Boyovut tumani 1950-yillargacha oddiy qishloq maqomida boʻlib kelgan . Boyovutga 1961-yilda tuman maqomi berilib, Boyovut tumani tashkil topgan[1]

Maydoni 522,6 km2. Aholisi 118,7 ming kishi. Tuman markazi – Boyovut shaharchasi. Boyovut tumani 4 ta shaharcha, 12 ta qishloq fuqarolar yig'ini, 38 ta mahalla fuqarolar yig'inidan iborat[2].

Toshkent viloyati, Xovos, Guliston, Mirzaobod tumanlari va Yangier hamda Shirin shaharlari bilan chegaradosh.

Aholi demografiyasi:

Oʻzbekiston Respublikasining Millatlar tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlarning 2012-yil 1-yanvar holatiga koʻra Boyovut tumanida 118,7 ming kishi yoki viloyat aholisining 15,2 foizi istiqomat qiladi. Shundan, o'zbeklar – 84,9 foiz (97,5 ming kishi), tojiklar – 8,7 foiz (9,8 ming kishi), qozoqlar – 1,2 foiz (1,3 ming kishi), ruslar – 0,8 foiz (0,9 ming kishi) va boshqa millat vakillari – 4,4 foiz (4,9 ming kishi)ni tashkil etadi.

Tumanda “Boyovut paxta tozalash" AJ (paxta xom ashyosini qayta ishlash), “Xorazm malikasi" QK (gilam mahsulotlari ishlab chiqarish), “Sirdarya sox" QK (trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish) kabi sanoat va qo'shma korxonalar faoliyat yuritadi.

Boyovut , Sirdaryoda Oʻzbekistonning boshqa hudulariga nisabatan daraxtlar sonining koʻpayishi 2000-yildan soʻng sezilarli oʻsgan: 2000-yildan 2020-yilgacha Boyovut hududi 56 gektarga turli xil koʻchatlar ekilgan, bu Sirdaryodagi daraxt qoplamining 24 foiziga teng. Hududlar kesimida hisoblanadigan boʻlsa: 1.Xovos:67 taga 2.Boyovut:56 taga 3.Sirdaryo:34 taga 4.Guliston:31 taga 5.Sharof Rashidov:24 taga teng.

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boyovutda paxta tozalash zavodi,Madaniyat markazlari, don va un kombinati, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, tuman tashkilotlari idoralari va dehqon bozori bor. Shahar hududidan oʻtgan Janubiy Mirzachoʻl kanalining oʻng sohilida „Motamsaro ona“ yodgorligi oʻrnatilgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi, kutubxona, internat maktabi, kasbhunar litseyi, umumiy taʼlim maktablari, madaniyat va istirohat bogʻi Olmazor mahallasida Horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab va boshqa koʻplab tashkilotlar aholi manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.

  1. "Boyovut (shaharcha)" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://www.globalforestwatch.org/dashboards/country/UZB/11/1/