Kontent qismiga oʻtish

Fritz Haber

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gaberdan yoʻnaltirildi)

Fritz Haber (1868.9.12, hozirgi Vrotslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi professor (1898-yildan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti direktori (1911—13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bagʻishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil boʻlishini oʻrgangan (1900). Eritmalarning rN ini oʻlchashda qoʻllaniladigan shisha elektrodni kashf etgan (1909). Nobel mukofoti laureata (1918).[1][2]

  1. "Gaber Frits" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti