Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning10-iyunidan10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsidaPortugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.
Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.
(Davomi...)
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark ) — Uchinchi reyxningDaniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan.
(Davomi...)
John Hopfield va Geoffrey Hinton (ikkalasi ham tasvirda) sunʼiy neyron tarmoqlar sohasidagi tadqiqotlari uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi.