Kontent qismiga oʻtish

Temurjon Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temurjon Nosirov
Tavalludi 1941-yil 25-iyun
Zangiota tumani, Toshkent
Vafoti 2024-yil 12-noyabr
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Temurjon Xayrullayevich Nosirov (1941-yil 25-iyun, Toshkent viloyati, Zangiota tumani – 2024-yil 12-noyabr[1] Oʻzbekiston) – energetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Texnika fanlari doktori (1989), professor (1990), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). Shu institutda dotsent, professor (1963 —95); „Elektr stansiyalari“ kafedrasining mudiri (1980-95), 1995-yildan „Oʻzbekiston energomarkazi“ning bosh direktori, ToshTU energetika fakulteti professor, „Elektroenergetika“ yoʻnalishining ilmiy rahbari. Ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bagʻishlangan.

Nosirov 2024-yil 12-noyabr kuni 83 yoshida vafot etgan[2][3].

  1. „Академик Темуржон Носиров вафот этди“ (platina.uz). 2024-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  2. „Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi“ (daryo.uz). 2024-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  3. „Akademik Temurjon Nosirov vafot etdi“ (qalampir.uz). 2024-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  • Lineynie raschetnie modeli setey elektricheskix sistem, T., 1982; Osnovi teorii i rascheta ustanovivshixsya rejimov elektricheskix sistem, T., 1985; Ustanovivshiyesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya, T., 1999.