Loyiha:Bilasizmi/Arxiv
Qiyofa
„Bilasizmi“ loyihasining arxivlari
2006—2013-yillar
[manbasini tahrirlash]- Insonda 20 ta sut tishi bo'ladi.
- Yamal yarimorolining nomi nenets tilidan «yerning oxiri» deb tarjima qilinadi.
- Butun dunyoda faqat Oʻzbekiston bilan Lixtenshteyn davlatlari, oʻzlari okean sohiliga ega emaslar va ularning qoʻshni davlatlari hamda okean sohilisizdir.
- Oʻzbekiston dunyodagi ikkinchi eng katta paxta eksportchisidir.
- Oʻzbekistoning hamma qoʻshni davlatlarning nomlari "ston"ga bitadi.
- Marsga hali inson qadami yetmagan boʻlsa-da, ushbu sayyoraning oʻz bayrogʻi bor.
- Har yili 14 martda Pi Kuni nishonlanadi. Chunki Amerika imlosiga koʻra bu sana 3.14, deb yoziladi.
- Boliviyada professional dengizchilar tayyorlaydigan maxsus maktab bor. Shunisi qiziqki, Boliviyaning dengizga chiqish yoʻli yoʻq.
- Fransuz matematigi, Galois nazariyasi muallifi Évariste Galois (tasvirda) 20 yil umr koʻrgan.
- Oʻzbekcha "Xudo" va inglizcha "God" soʻzlarining kelib chiqishi bir xil.
- Tennisning oyoqda oʻynaladigan turi ham bor va u Futboltennis deb ataladi.
- Quyosh tizimidagi eng baland togʻ Marsda boʻlib, uning balandligi 27 kilometrga teng.
- AC/DC guruhi sharafiga Sidney va Madrid shaharlarida koʻchalar nomlangan.
- Hozirgi AQSh Prezidenti Barack Obama sharafiga lishayniklarning bir turi nomlangan.
- Kambodjada qovurilgan oʻrgimchak taomi mashhur.
- Eng qimmat sportchi professional beysboldadir.
- Bizgacha yetib kelgan eng eski kinofilm 2 soniya davom etadi.
- Baʼzi mahsulotlar atayin omonat qilib ishlab chiqariladi.
- Amerikalik rock musiqachi Jimi Hendrix „Samarkand“'da vafot etgan.
- Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri Bill Gates davlatining yarmidan oshigʻini xayriyaga ajratgan.
- Oʻrta Osiyo mamlakatlari haqida manga chizilgan.
- Oʻzini qobiliyatli deb oʻylaydigan kishi aslida qobiliyatsiz boʻlishi mumkin.
- Futbol toʻpining (tasvirda) anʼanaviy oq-qora rangi u oq-qora televizion ekranlarda koʻrinishi uchun shunday boʻyalgani tufaylidir.
- Serbiyalik Vesna Vulović 10 kilometr balandlikdan yiqilib, tirik qolgan.
- Oyda Mirzo Ulugʻbek nomidagi krater mavjud.
- Sportning shaxmat va boks turlari qoʻshilishidan paydo boʻlgan shaxboks oʻyini boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkazilib turiladi.
- Chumolilarning bir turi Google sharafiga nomlangan.
2013-yildan hozirgacha
[manbasini tahrirlash]- 1900-yili Parijda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlarida birinchi oʻrinni olgan qatnashchilar oltin medal oʻrniga suratlar bilan taqdirlangan.
- Ekvador tabiat huquqini konstitutsiya bilan mustahkamlagan jahondagi ilk mamlakatdir.
- Therese Forster yetti yoshida vafot etgan otasi Georg Forsterning asarlarini tahrir qilgan.
- New York shahridagi Cartier binosi 100 hamda marjon shodasi evaziga sotib olingan.
- Lurie bolalar shifoxonasi 2012-yil iyun oyida Chikagodagi yangi joyiga koʻchish chogʻida, 10 soat ichida 200 ga yaqin bolani koʻchirib oʻtkazgan.
- Vikipediyaning bir yillik daromadi Facebookning bir kunlik daromadi bilan teng.
- Oʻzbekiston davlat avtomobil raqamlari baʼzan avtomobildan qimmat boʻlishi mumkin.
- Zimbabve — dunyoning eng qashshoq mamlakatidir.
- Koreya Respublikasida marhum oʻzbek diniy arbobi ismi bilan atalgan masjid bor.
- Hijriy yil hisobini Umar ibn Xattob joriy etgan.
- William Pitt 24 yoshida Birlashgan Qirollik Bosh vaziri lavozimini egallagan.
- Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ichki bezaklariga 20 kilogrammdan ortiq oltin sarflangan.
- Rassom Eldor Zokirov chizgan rasmlar internet memiga aylangan.
- Qurʼon kitobi mingdan ortiq tillarga tarjima qilingan.
- Baʼzi mamlakatlarda Vikipediyaga mobil qurilma orqali bepul kirish mumkin.
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Yopiq idishda saqlanadigan asal yuzlab yil aynimay turadi.
- Chupa Chups ramzini Salvador Dalí ijod etgan.
- Aybsizlik prezumpsiyasiga binoan kishi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas.
- Axborotni yashirishga urinish uning keng tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.