Kontent qismiga oʻtish

Aqtaudagi samolyot halokati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aqtaudagi samolyot halokati

Qulab tushgan 4K-AZ65 samolyoti (2016-yil)
Hodisa
Sana 25-dekabr, 2024-yil
Joylashgan joy Aqtau, Qozogʻiston
Parvoz kelib chiqishi Boku, Ozarbayjon
Manzil Grozniy, Rossiya
Bortdagi barcha shaxs 67
Yoʻlovchilar 62
Ekipaj 5
Oʻlim holatlari 38
Jarohatlar 29
Omon qolganlar 29

2024-yil 25-dekabr tongida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan, Bokudan Grozniyga ketayotgan samolyot Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan. Samolyot bortida 67 kishi boʻlgan[1]. Yoʻlovchilarning 37 nafari Ozarbayjon, 16 nafari Rossiya, 6 nafari Qozogʻiston va 3 nafari Qirgʻiziston fuqarolari. Umumiy hisobda 38 nafar shaxs, jumladan, ikki uchuvchi nobud boʻldi, 29 yoʻlovchi omon qoldi[2][3][4].

Embraer 190 rusumli samolyot 11 yil oldin foydalanishga topshirilgan[1]. Halokatga samolyotning boshqaruv tizimi ishdan chiqqanligi yoki parvoz vaqtida qush bilan yuzaga kelgan toʻqnashuv sabab boʻlganligi tahmin qilinmoqda[5].

2013-yilda ishlab chiqarilgan samolyot Embraer E190AR rusumli boʻlib, 4K-AZ65 raqami bilan roʻyxatga olingan va seriya raqami 19000630. U so‘nggi texnik nazoratdan 2024-yil 18-oktyabrda o‘tgan[6]. Samalyot ikki dona General Electric CF34-10E6 dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, Ozarbayjonning milliy aviakompaniyasi sanalgan „Azerbaijan Airlines“ga tegishli boʻlgan. Shuningdek, samalyot Ozarbayjonning rasmiy tashuvchi vositasi sifatida xizmat qilib kelgan[7].

Map
Samolyotning parvoz yo‘li

Samolyot Boku xalqaro aeroportidan Grozniy aeroporti tomon amalga oshiriladigan parvoz uchun Ozarbayjon vaqti bilan soat 7:55 (UTC+04:00) da havoga ko‘tarilgan[8]. Flightradar24 parvozlarni kuzatish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum sabablar bilan samolyot Grozniy yaqinlarida uchayotgan vaqtda GPS signalining buzilishi roʻy bergan[9]. Grozniydagi quyuq tuman oqibatida samolyot Dog‘istonning Mahachqalʼa shahrida joylashgan Uytosh aeroportiga yo‘naltirilgan[10]. Samolyot taxminan 9,144 metr (30 000 fut) balandlikda mahalliy vaqt bilan soat 8:40 (UTC bilan 04:40) da radar ekranidan g‘oyib bo‘lgan va taxminan soat 10:07 (UTC bilan 06:07) da Qozog‘iston qirg‘oqlari yaqinida yana qayta koʻrinish bergan[11].

  1. 1,0 1,1 „Aqtaudagi aviahalokat. Asosiy ma’lumotlar“. kun.uz (25-dekabr 2024-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2024-yil.
  2. „Survivors of the Aktau plane crash were sitting in the tail section of the plane“. Interfax. Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  3. „Azerbaijan Airlines plane crashes in Kazakhstan, many feared dead“. Reuters. Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  4. Hradecky, Simon „Accident: Azerbaijan E190 near Aktau on Dec 25th 2024, touched down off runway“. The Aviation Herald (2024-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  5. „Источник назвал возможные причины крушения самолета в Казахстане“. RIA Novosti (25-dekabr 2024-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2024-yil.
  6. „Latest full technical control of aircraft, crashed near Aktau, conducted in October of this year“ (en). Apa.az. Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  7. Kaminski-Morrow, David „Over 30 survive Azerbaijan Embraer 190 crash in Kazakhstan: ministry“ (en). Flight Global (2024-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  8. „Dozens killed as passenger plane crashes in Kazakhstan“ (en-GB). BBC. Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  9. „Azerbaijani airliner with 67 people onboard crashes in Kazakhstan leaving 32 survivors“. Associated Press (2024-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  10. „Dozens feared dead after passenger plane crashes in Kazakhstan“. NBC (2024-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.
  11. „38 Killed After Azerbaijan Airlines Plane Crashes in Kazakhstan“ (en). The Moscow Times. Qaraldi: 2024-yil 25-dekabr.