Dan tili
Dan tili | |
---|---|
Milliy nomi | dansk |
Mamlakatlar |
Daniya Grenlandiya Farer orollari Schleswig-Holstein |
Rasmiylik holati |
Daniya Grenlandiya Farer orollari Schleswig-Holstein Yevropa Ittifoqi Nordic Kengashi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 5,5 million |
Turkumlanishi | |
Turkum | Hind-yevropa |
Alifbosi | Lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | da |
ISO 639-2 | dan |
ISO 639-3 |
dan jut |
Dan tili — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (Shim. Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili boʻlib, unda 5,0 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. 16— 19-asrlarda dan tili Norvegiyada ham rasmiy va soʻzlashuv tili boʻlgan. Tarixda dan tilining 3 davri farqlanadi: umumskandinaviya asos tili (3—9-asr lar), eski D. t. (9—16-asrlar) va yangi D. t. (16-asr dan keyingi davr). Dan tilidagi qad. yozma yodgorliklar "runik" yozuvda boʻlib, 9-asrga taalluqyai. Bu vaqtga kelib eski D. t. boshqa skandinav tillardan farq qila boshlagan. 18-asrga kelib, hozirgi adabiy dan tili shakllandi. Adabiy dan tili zeland dialekti asosida yuzaga kelgan. Hoz. adabiy dan tili uchun analitik qurilish xos, fonetikasida choʻziq va qisqa unlilar mavjud (10 juft). Undoshlar faqat qisqa. Grammatikasida otlar birlik va koʻplikda keladi, umumiy va qaratqich kelishigida turlanadi. Gap qurilishi uchun 2 tarkiblilik va asosiy boʻlaklar — ega va kesimning aniq oʻringa egaligi xos. Yangi soʻzlar turli soʻz yasovchi qoʻshimchalar, shuningdek, soʻzlarni qoʻshish yoʻli bilan yasaladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida[1].