FIFA talqini boʻyicha asrning eng yaxshi futbolchisi
FIFAning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ – FIFA tomonidan 20-asrning eng buyuk futbolchisini eʼtirof etish uchun bir martalik beriladigan mukofot boʻlib, uning gʻolibi 2000-yil 11-dekabrda Rimda boʻlib oʻtgan FIFAning yillik tantanali marosimida eʼlon qilingan[1]. Diego Maradona va Pele ushbu mukofotning qoʻshma gʻoliblari boʻlishgan[2][3].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1955-yildan beri FIFAda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofotlar bor va ular FIFAning asrning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ommaviy ovoz berish orqali asrning eng yaxshi futbolchisini topishga qaror qilishgan. Bu ularning rasmiy veb-saytida, rasmiy jurnalida va katta hakamlar hay’atida ovoz berish orqali hal qilinishi kerak edi[4]. Internetda oʻtkazilgan soʻrovda Maradona katta farq 53.6 foiz bilan gʻalaba qozongan va Pele 18,53 foiz, ovoz toʻplagan. Pele davrida professional futbol oʻynagan Eusébio soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, koʻpchilik kuzatuvchilar soʻrovning internetdagi holati, Peleni emas, balki Maradonaning oʻyinini koʻrgan yosh muxlislarning ovoz berganidan shikoyat qilishdi. Natijada FIFA ikkinchi soʻrovnomani qoʻshishga qaror qilgan va futbol jurnalistlari, rasmiylar va murabbiylardan iborat „Futbol oilasi“ qoʻmitasini tayinlagan. Bu qoʻmita Peleni 72,75% ovoz bilan asrning eng yaxshi futbolchisi deb tanladilar, shuning uchun ikkalasi ham birgalikda gʻolib deb topilgan[5].
FIFA internet ovoz berish natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA onlayn soʻrovi natijalari quyidagicha boʻlgan:[6]
№ | Futbolchi | Mamlakat | Foiz |
---|---|---|---|
1 | Diego Maradona | Argentina | 53.60% |
2 | Pelé | Braziliya | 18.53% |
3 | Eusébio | Portugaliya | 6.21% |
4 | Roberto Baggio | Italiya | 5.42% |
5 | Romário | Braziliya | 1.69% |
6 | Marco van Basten | Niderlandiya | 1.57% |
7 | Ronaldo | Braziliya | 1.55% |
8 | Franz Beckenbauer | Germaniya | 1.50% |
9 | Zinedine Zidane | Fransiya | 1.34% |
10 | Rivaldo | Braziliya | 1.19% |
11 | Zico | Braziliya | 1.15% |
12 | Garrincha | Braziliya | 1.08% |
13 | Johan Cruyff | Niderlandiya | 0.87% |
14 | Alfredo Di Stéfano | Argentina | 0.68% |
15 | Michel Platini | Fransiya | 0.58% |
16 | Bobby Charlton | Angliya | 0.39% |
17 | Ferenc Puskás | Vengriya | 0.37% |
18 | Lothar Matthäus | Germaniya | 0.37% |
19 | Lev Yashin | Sovet Ittifoqi | 0.36% |
20 | George Best | Shimoliy Irlandiya | 0.32% |
FIFA jurnali va hakamlar hay’atining ovozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotning ushbu qismi FIFA jurnali oʻquvchilari va FIFA Katta hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan:[7]
№ | Futbolchi | Millat | Foiz |
---|---|---|---|
1 | Pelé | Braziliya | 72.75% |
2 | Alfredo Di Stéfano | Argentina
Ispaniya |
9.75% |
3 | Diego Maradona | Argentina | 6.0% |
4 | Franz Beckenbauer | Germaniya | 2.5% |
5 | Johan Cruyff | Niderlandiya | 2.0% |
George Best | Shimoliy Irlandiya | 2.0% | |
7 | Roberto Baggio | Italiya | 1.0% |
Garrincha | Braziliya | 1.0% | |
Zico | Braziliya | 1.0% | |
Michel Platini | France | 1.0% | |
Gerd Müller | Germaniya | 1.0% |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. FIFA.com. FIFA (2000-yil 7-dekabr). 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.
- ↑ „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. CBC News. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-mart.
- ↑ FIFA Player of the Century (Wayback Machine saytida 26 April sanasida arxivlangan)
- ↑ „Maradona's genius cannot eclipse English master“. The Daily Telegraph (2000-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 11-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Pele, Maradona each win FIFA century awards after feud“. CNN. 2014-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-aprel.
- ↑ „FIFA Player of the Century“. touri.com. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-noyabr.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedFIFA2
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. FIFA.com. FIFA. 7 December 2000. Archived from the original on 6 December 2017. Retrieved 11 May 2017
- „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. CBC News. Archived from the original on 3 April 2019. Retrieved 13 March 2012.
- FIFA Player of the Century Archived (Wayback Machine saytida 2012-04-26 sanasida arxivlangan)2012-04-26 at the Wayback Machine
- „Maradonaʼs genius cannot eclipse English master“. telegraph.co.uk. (Wayback Machine saytida 2014-06-10 sanasida arxivlangan)The Daily Telegraph. 12 December 2000. Retrieved 11 May 2017
- „Pele, Maradona each win FIFA century awards after feud“. (Wayback Machine saytida 2014-06-10 sanasida arxivlangan) CNN. Archived from the original on 10 June 2014. Retrieved 1 April 2009.
- „FIFA Player of the Century“ (PDF).Archived from the original (PDF) on 26 April 2012. Retrieved 30 November 2010