Jules Rimet
Jules Rimet | |
---|---|
3-FIFA Prezidenti | |
Mansab davri 1-mart 1921-yil – 21-iyun 1954-yil | |
Oʻtmishdoshi | Daniel Berli Vulfol |
Vorisi | Rudolf-Uilyam Seldreyers |
1-Fransiya Futbol Fediratsiyasi Prezidenti | |
Mansab davri 1919-yil – 1942-yil | |
Oʻtmishdoshi | lavozim yangi tashkil qilingan |
Vorisi | Anri Jevayin |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-oktabr 1873-yil Tyole, Yuqori Sona, Fransiya |
Vafoti |
16-oktyabr 1956-yil (83 yoshda) Syuren (O-de-Sen), Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Dini | nasroniy |
Mashhur ishlari | FIFAni tashkil etish |
Imzosi | |
Qoʻshin turi | piyoda qoʻshinlari |
Unvoni | leytinant |
Mukofotlari |
Jules Rimet (talaffuzi: Jyul Rime; 14-oktabr 1873-yil — 16-oktabr 1956-yil) — fransuz sport funksioneri, Parijning „Qizil Yulduz“ futbol klubi asoschisi va prezidenti, Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti, FIFAning uchinchi prezidenti boʻlgan. U 1921-yildan 1954-yilgacha FIFA prezidenti boʻlib ishlagan va shu tariqa tashkilotni boshqarish boʻyicha rekord oʻrnatgan: uning prezidentlik mandati 33 yil davomida uzluksiz amal qilgan.
U FIFAning tashkil etilishining boshida turgan, Yevropa qitʼasida futbol rivojining pioneri boʻlgan. Futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatlardan ilhomlanib, u futbol boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi va 1970-yilgi turnirgacha bosh sovrin — Jules Rimet kubogi nomini oldi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab Rimda nasroniy faoli edi va 1898-yilda Xristian respublikachi-demokratik gazetasi „La Revue“ga asos soldi. 1899-yil yanvar oyida uning gazetasi Mark Sanyening „Le Sillon“ nashri bilan birlashdi. Ularning bu birlashgan yangi nashri nasroniylarni monarxiyaga qarshi turishga chaqirdi. „Qizil Yulduz“ futbol klubiga asos solib, u Fransiya fransuz sport jamiyatlari ittifoqi (oʻsha paytda futbol fediratsiyasi USFSA deb atalar edi) rahbariyati tarkibiga kiradi va 1904-yilda FIFAning tashkil topishida ishtirok etadi. Ammo Fransiya federatsiyasi tez orada FIFAdan chiqadi va oʻz klublariga har qanday xalqaro oʻyinlarda qatnashishni taqiqlaydi. Keyin Jules Rimet oʻz klubi bilan Assotsiatsiya Futbol Ligasiga oʻtadi.
Keyin u Birinchi jahon urushida qatnashdi va piyoda askarida leytenant unvoni hamda harbiy xizmatlari uchun Harbiy hoch medali bilan taqdirlandi[1]. Harbiy harakatlar tugagandan soʻng, u 1919-yil 11-aprelda tashkil etilgan Fransiya futbol federatsiyasining prezidenti etib saylandi. Ikki yildan soʻng Rimet FIFA prezidenti etib saylandi. Aynan u futbol boʻyicha jahon chempionatlarini oʻtkazish tashabbuskori boʻlgan[1]. 1949-yilda Saarbryuken jamoasini chempionatga kiritish borasida kelishmovchilik tufayli Rimet Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi. 1956-yilda sportni ommalashtirishdagi xizmatlari va uni urushga qarshi qoʻygani uchun u Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod boʻldi. Jules Rimet 1956-yilda 83 yoshga toʻlganidan ikki kun oʻtib vafot etdi[1].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati paytida Fransiya terma jamoasi avtobusiga "Liberte, Egalité, Jules Rimet" (Ozodlik, tenglik, Jules Rimet) deb yozildi. Bu Fransiyaning milliy shioriga — Liberté, Égalité, Fraternite (Erkinlik, tenglik, birodarlik)[2] ishora edi.
FIFA tarixiga bagʻishlangan „Orzular ligasi“ (rejissor F.Oberten, Fransiya, 2014-yil) filmida Jules Rimet obrazini Gérard Depardieu ijro etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 John Lichfield. „Jules Rimet: The man who kicked off the World Cup“ (en). The Independent (2011-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Copa VIII (continuação do post anterior) - Consideraçoʻes Finais Parte II – Mais Brasil X França“ (14 июля 2006). Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.