Dildorbek Rahmonov
Дилдорбек Ўринбоевич Раҳмонов | |
---|---|
рус. Рахманов Дилдарбек Урунбаевич | |
Tavalludi |
11.03.1941 |
Fuqaroligi | SSRI → Qirgʻiziston |
Turmush oʻrtogʻi | Matlyubaxon Umarova (27.04.1952)[1] |
Bolalari | Dilafruz (10.02.1971), Dilmurod (9.01.1973), Nargiza (18.06.1976), Nasimiy (6.07.1978)[2], Doniyor (5.12.1982), Nozima (23.06.1985) |
Otasi | Oʻrinboy Rahmonov - jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi artisti, jurnalist va shoir. |
Onasi | Tursunxon Toʻychiboyeva 1918 - 19.05.1954 Andijon shahrida tugʻilgan. |
Dildorbek Rahmonov (1941) — Qirgʻiziston jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir[3].
Hayot yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dildorbek Oʻrinboyevich Rahmonov' 1941 yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va artisti, Oʻshda taniqli jamoat arbobi Oʻrinboy Rahmonov boʻlgan[4].
1957 yili Qoʻqon tayyorlov idorasida oddiy ishchi boʻlib ishlagan. 1958-1960 yillari oʻrta maktabni, har xil tayyorlov kurslarini va haydovchilikni tamomlab, 1960 yili armiya safiga ketib, 1963 yil dekabrida keldi va 1964 yili Oʻshdagi politexnika oliygohining kechki va sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirdi. 1963-1993 yilgacha haydovchi, aktyor, katta metodist, master, prorab, PTO muhandisi, ombor mudiri, bosh muhandis, fotokorrespondent, xalq nazoratchisi lavozimlarida ishlagan. 1993-2002 yilgacha ishbilarmonlik bilan shugʻullangan.
2002 yildan nafaqaga chiqqan, 2003-2004 yillari hojiga Makka va Madinaga borib 42 kun tavob qilib kelgan.
Dildorbek Rahmonovning Oʻsh shahrining qadimgi tarixi va uning turgʻunlari xaqidagi 50 dan oshiq maqolalari va sheʼrlari gazetalarda nashr etilgan. Boʻsh vaqtida sheʼrlar yozadi[5].
Dildorbek hoji Rahmonovning kinofilmlarda ijro etgan rollari: „Qirgʻizfilm“ kinostudiyasining „Koʻcha“ (1972 yil) badiiy filmida epizodik rol, "Qurmonjon Dodxo" (2014-yil, film rejissori Sadik Sher-Niyaz) badiiy filmida oʻzbek chol roli[6]. Turmush oʻrtogʻi Matlyubaxon Umarova „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining „Temur Malik“ (1970 yil) rejissor Latif Fayziyev kinofilmida epizodik rol oʻynagan.
Dildorbek Rahmonov Oʻsh shahrining Bobur nomli teatrida ijodiy faoliyati: 1957-1958 yillar, 1963-1968 yillar. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan: "Ravshan va Zulxumor"dagi jarchi, „Otello“dagi 1-senator, „Aldangan qiz“dagi Gʻani bosh roli, „Pushaymon“dagi bosh roli, „Yoriltosh“dagi lashkarboshi, „Orzigul“, „Adolat“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Tohir va Zuhra“, Avaz Oʻtar pyesasidagi rollari. Bundan tashqari koʻplab rollarni oʻynagan va konsert dasturlarida ishtirok etgan.
Dildorbek Rahmonov koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 3 oʻgʻli va 3 qizi, 22 ta nevarasi, 2 ta chevarasi bor[7].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Oʻzbekcha nomi | Haqiqiy nomi | Roli |
---|---|---|---|
1972 | Koʻcha | Kocho | Epizod |
2014 | "Qurmonjon Dodxo" | "Kurmanjan datka" | Oʻzbek chol |
Dildorbek Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1957 yil-Sobir Abdulla „Alpomish“, Samad Vurgʻun „Yulduz“.
- 1958 yil-Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“, Shatrov „Revolyutsiya nomi bilan“.
- 1963 yil-Muhammadjon Xayrullayev „Farzand“, Abdulla Qahhor „Tobutdan tovush“, Yahyoxon Mamatxonov „Meli habbonu Nabi tovon“.
- 1964 yil-Ahmad Bobojon „Gʻazal fojiasi“, Boyseitov, Shangʻitboyev „Jon qizlar“, V.Shekspir „Otello“, Qosimali Jontoʻshev „Shayton qiz“, Prem Chand „Nimmi“.
- 1965 yil-Sohib Jamol „Guli siyoh“, Zinnat Fatxullin „Yoshlikda bergan koʻngil“, Qosimali Jontoʻshev „Togʻ burguti“, Izzat Sulton „Burgutning parvozi“.
- 1966 yil-Izzat Sulton „Nomaʼlum kishi“, Sobir Abdulla „Gul va Navroʻz“, Chingiz Aytmatov „Momo yer“, Uygʻun „Parvona“.
- 1967 yil-Alisher Navoiy „Dilorom“, Adham Raxmat „Abdulla Nabiyev“, Oʻtkir Rashid „Qudalar“, Qosimali Jontoʻshev „Moʻylovli qiz“.
- 1968 yil-Abdulla Qodiriy „Mehrobdan chayon“, Anatoliy Safronov „Pazanda kuyovga chiqdi“, Mirzabek Toʻyboyev „Yangi kelin“, Bekniyozov, Ismoilov „Ikki oʻt orasida“, Abdugʻani Abdugʻafurov „Pushaymon“.
Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.
Yozgan kitobi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻsh va Oʻratepa shaharlarini boshqargan mingboshilar avlodidan Rahmonovlarning tarixi“, 420 b, Oʻsh shahri, 2016-yil[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Персоны Центразии, 2016-03-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-05
- ↑ Персоны Центразии, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-05
- ↑ Aktyorskaya dinastiya, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
- ↑ Рахмонов, Д. [[1] „Они стояли у истоков“]. ЭхоОша (2011-yil 11-iyun). Qaraldi: 20 сентября 2015.
- ↑ „Dildorbek Rahmonovning sheʼrlari“. 2016-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.
- ↑ Personi Tsentrazii, 2016-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-05
- ↑ Biografii znamenistostey
- ↑ „Bibliograficheskiy katalog“. 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Personi Tsentrazii (Wayback Machine saytida 2016-02-22 sanasida arxivlangan)
- Biografii znamenistostey
- Aktyorskaya dinastiya
- Oni stoyali u istokov
- Dildorbek Rahmonovning sheʼrlari (Archive.is saytida 2016-02-13 sanasida arxivlangan)
- Dildorbek Rahmonovning sheʼrlari (Archive.is saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)
- Vsemirnaya multiyazichnaya set natsionalnix bibliotek[sayt ishlamaydi]
- Dildorbek Rahmonov (Wayback Machine saytida 2017-08-24 sanasida arxivlangan)
- Raxmonovlar avlodi
- Dildorbek Rahmonov - Qirgʻiziston jamoat arbobi, Oʻsh oʻzbek teatrining artisti, taniqli jurnalist va shoir