Kontent qismiga oʻtish

Injil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark bayon qilgan Xushxabarining arab tilidagi nusxasi (1590). Islom ulamolarining taʼlimotiga koʻra, asl nusxaga nisbatan oʻzgartirilgan

Injil (arabcha: إنجيل grekcha: εὐαγγέλιον – ruscha: Евангелие[1]) – Islom dini taʼlimotlariga koʻra Alloh Isoga Jabroil orqali ogʻzaki tarzda nozil qilgan kitob. Shuningdek, Injil Yevangeliya (grekcha: εὐαγγέλιον – xushxabar) – Iisus Xristos (Iso Masih) haqida hikoya qiluvchi Yangi Ahdni oʻz ichiga qamrab oladi.

Bibliyaning bir qismi. Yahudiylarning Qadimgi ahddan farq qilish uchun Injil Yangi ahd deb nomlangan. Qonunlashtirilgan (cherkov tomonidan „Yangi ahd“ tarkibiga kiritilgan) va qonunlashtirilmagan (ibodat chogʻida qoʻllanilmaydigan) asarlarga boʻlinadi. Yunon tilida yaratilgan. 2-asrlardan boshlab yuz yilliklar davomida tarkib topa borgan. 4-asr boshida yaxlit holga kelgan va cherkov tomonidan xristianlarning muqaddas kitobi, deb eʼlon qilingan. Asosiy qismi apostollardan Matfey, Mark, Luka va Ioanning Iisus hayoti va taʼlimoti yoritilgan Injil lardan iborat. Injil larda Iisus siy-mosida insonlar uzok, kutgan va ularga najot yoʻlini koʻrsatib bergan messiya (masiho) ning dunyoga kelishi, oʻz liniy qarashlarini targʻib etishi, koʻrsatgan moʻʼjizalari, odam zotining gunohlarini yuvish uchun chekkan uqubatlari, xiyonat tufayli ayblanib, chor-mix qilinishi va soʻng qayta tirilishi haqidagi rivoyat hamda xotiralar keltirilgan. Ayrim rivoyatlarda Iisus inson va masih sifatida talqin qilinsa, boshqalarida inson qiyofasidagi Xudo, tirilgandan soʻng esa ota-Xudo huzuriga qaytib borgan oʻgʻil-Xudo deb taʼkidlanadi. Injil da uning tarji-mai holiga oid voqealar bilan yonma-yon paygʻambarona hikmatli soʻzlari, ibratomuz masallari badiiy uslubda bayon etiladi. Shuningdek, ikki ulugʻ apostol – Petr va Pavelning yahudiylar va majusiylar orasida dinni yoyish maqsadida amalga oshirgan ishlari, koʻrgan mashaqqatlari toʻgʻrisidagi hikoyalar, Qadimgi Rimdagi ayrim yirik shaharlarning fuqarolariga, diniy jamoalarning peshvolariga yoʻllangan maktublari va b. oʻrin olgan. Falastin va ellinlar diyorida Injil ning tarqala borishi, Rim imperatori Neron zamonida xristianlarning quvgʻunga uchrashi kabi tarixiy voqealar ham oʻz aksini topgan.

Qurʼoni karimda Injil ilohiy kitoblar sirasiga kiritiladi va Xudo Iso Masihga yoʻllagan kitob, deb taʼriflanadi. Qurʼonga koʻra, Injilda Muhammadning tugʻilishi bashorat qilingan, ammo xristianlar Injilning asl matnini buzishgan.

Injil Gʻarb maʼnaviyati va madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan, jahonda eng koʻp tarqalgan va tarjima qilingan asarlar sirasiga kiradi. Injil ning ilk bosma nashrlari kardinal Ximenes (1514), Rotterdamlik Erazm (1516), aka-uka Elzevirlar (1546) tomonidan tayyorlanib, chop etilgan. Oʻzbek tilidagi toʻliq nashri kirill yozuvida 1992-yilda soʻzboshi, lugʻat, jadval va rangli suratlar bilan birga Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan chiqarilgan.[2]

Musulmonlar bunga imon keltiradilar. Bu hakda Qurʼonda bir necha oyatlar kelgan. „Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni oʻrgatadi“ (Oli Imron surasi 48-oyat). „Ularning izlaridan Iso ibn Maryamni.oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqdovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. u taqvodorlar uchun hidoyat va mavʻizadir“ (Moida surasi 46-oyat). Qurʼonga koʻra, Injilda Muhammad (sav)ning kelishlari haqida bashorat qilingan, biroq Injil matni nasorolar tomonidan buzilgan. Lekin oʻsha ilohiy kitobning asl nusxasi hozir yoʻq. Chunki, Isoning vaqtlarida Injil kitob shaklida boʻlmagan. Hech kim hech narsani yozmagan. U zotdan keyin baʼzi kishilar oʻzlari kitob yozib, mana shu Injil, menga vahiy qilindi va uni men yozib oldim, deb chiqdilar. Asta-sekin „ Injil vahiy qilinganlar“ koʻpayib boraverdi. Oxiri borib ularning soni juda ham koʻpayib ketdi. Ularning har biri oʻzining Injili haq ekanini daʼvo qilar edi. Orada gap-soʻz, ixtiloflar kuchaydi. Shunda imperator Konstantin milodiy 325-yilda Nikeya (Nisea)da katta majlis chaqirdi. Bu majlisda 2048 patriarx qatnashdi. Soʻngra turli jamoalardan 2000 dan ortiq ruhoniy oʻnlab Injillarni koʻtarib keldilar. Imperator majlis ahdi oldiga mavjud Injillardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini qoʻydi. Ular uzoq talashib-tortishishlardan keyin 4 dona Injilni tanladilar. Hozirda nasorolar eʼtiqod va amal qiladigan Injillar ana oʻsha 4 Injildir. 1-Mutto (Matfey) Injili. Bu Injil eng qadimgi Injil hisoblanadi. U Isodan 4-yildan keyin yozilgan. U ibroniy tilda yozilgan edi. Ammo, oʻsha asl nusxasi ham hozir yoʻq. Hozirgi bori oʻshaning tarjimasi. Lekin tarjimon ham, u qaysi matndan tarjima qilgani ham hozirgacha maʼlum emas. Buning ustiga bu Injilning muallifi Mutto Isoning havoriylaridan emasdi. Keyinroq uni xoin Yahuzoning oʻrniga saylashgan edilar. 2-Markos (Mark) Injili. Bu Injil yunon tilida Isodan 23-yildan keyin yozilgani aniq. Ammo uni kim yozgani noaniq. Baʼzi nasorolar, uni Pyotr yozgan, deydilar. Boshqalari esa, uni Pyotrning oʻlimidan keyin Markos yozgan, deydilar. 3-Luka Injili. Bu kitob Masihdan 20-yil keyin yozilgan. Luka u zotning shogirdlaridan emas. U Polning shogirdi. Uning ustozi ham Isoni koʻrgan emas. Buning ustiga Pol nasorolikka dushman boʻlgan yahudiylardan edi. Shuning uchun hiyla bilan nasorolikka qarshi koʻp buzgʻunchiliklar qilgan. 4-Yuhanno (Ioann) Injili. Bu Injil Isodan 32-yil keyin yozilgan. Baʼzi nasoro toifapari uni Iso (as)ning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan, deydilar. 500 taniqli nasoro olimlari ishtirokida yozilgan „Britaniya ensiklopediyasi“ bu kitobni, qalbaki kitob, degan. Musulmon shaxs Injilni Alloh tomonidan Isoga tushirilgan ilohiy kitob deb imon keltirmasa musulmonliga qolmaydi. Shu bilan birga musulmon shaxs asl nusxadagi Injilning yoʻqligi va hozirgi Injillar buzilgan ekaniga ishonadi. Alloh Qurʼonda Isoning tugʻilishidan oldin uning kelajagi haqida quyidagilarni aytgan: „Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni oʻrgatadi“ (Oli Imron surasi 48-oyat).

Tavrot Musoga] tushirilgan ilohiy kitobdir. U Isoga ham kitob boʻlishini Allohning Oʻzi aytib turibdi. Tavrot Isoga kelgan dinning ham asosini tashkil etadi. Injil esa, Tavrotni toʻldirib kelgan. Injilning oʻzbek tilidagi toʻliq nashri kirill yozuvida 1992-yilda soʻzboshi, lugʻat, jadval va rangai suratlar bilan birga Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan chiqarilgan.

  1. Ньюби 2007.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil