Afgʻoniston islom respublikasi
Afgʻoniston islom respublikasi | |||||
---|---|---|---|---|---|
dariycha: جمهوری اسلامی افغانستان [Jomhūrī-ye Eslāmī-ye Afġānistān] pushtucha: د افغانستان اسلامي جمهوریت [Da Afġānistān Islāmī Jomhoriyat] | |||||
Tarixiy davlat (2004—2021) Surgundagi hukumat (2021-yildan) | |||||
| |||||
Shior: „لا إله إلا الله محمد رسول الله Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Muhammad uning rasulidir“ | |||||
Madhiya: „Islom qalʼasi, Osiyo yuragi“ (2004—2006) dariycha: قلعه اسلام قلب اسیا [Qal’a-ye Islām, qalb-e Āsiyā]
Afgʻoniston davlat madhiyasi (2006—2021) pushtucha: ملی سرود [Millī Sūrud] | |||||
2004-yil 29-yanvar — 2021-yil 15-avgust
(de-fakto hozir surgunda) | |||||
Poytaxti | Kobul | ||||
Yirik shaharlari | Hirot, Kobul, Mozori Sharif, Qandahor | ||||
Til(lar)i | dariy va pushtu — rasmiy tillar[1]; oʻzbek, baluj, nuriston, pomir, pashai, turkman – hududiy tillar[2] | ||||
Dini | islom | ||||
Pul birligi | afgʻoni | ||||
Maydoni | 652 864 km² (2014)[3] | ||||
Aholisi | 39 864 082 kishi (2014) | ||||
Boshqaruv shakli | prezident boshqaruvidagi islomiy respublika | ||||
Davlat tuzumi | unitar davlat | ||||
YIM, XQQP | ▲ 83,370 mlrd AQSh dollari (2020) | ||||
YIM (nominal) | ▲ 19,938 mlrd AQSh dollari (2020) | ||||
IOTI | ▲ 0,511 (2020)[4] | ||||
Davlat boshqaruvchilari | |||||
Prezident | |||||
• 2004-yil 7-dekabr — 2014-yil 29-sentyabr | Hamid Karzay | ||||
• 2014-yil 29-sentyabr — 2021-yil 15-avgust | Ashraf Gʻani | ||||
Bosh vazir | |||||
• 2014–2020 | Abdulloh Abdulloh | ||||
Vitse prezident | |||||
• 2004–2009 | Ahmad Ziyo Masʼud | ||||
• 2004–2014 | Karim Haliliy | ||||
• 2009–2014 | Muhammad Fahim | ||||
• 2014-yil 31-mart–29-sentabr |
Yunus Qonuniy | ||||
• 2014–2020 | Abdul Rashid Doʻstum | ||||
• 2014–2021 | Sarvar Donish | ||||
• 2020–2021 | Amrulloh Solih | ||||
Afgʻoniston islom respublikasi (pushtucha: د افغانستان اسلامي جمهوریت, dariycha: جمهوری اسلامی افغانستان) – 2004-yil 26-yanvardan 2021-yil 15-avgustga qadar mavjud boʻlgan davlat. Aholisi – 32,226 mln kishi (2019)[5]. Hududi – 652 864 km². Poytaxti – Kobul shahri. Davlat tillari – pushtu, dariy. Unitar davlat, prezidentlik respublika. 2014-yil 29-sentabrda prezident lavozimiga Ashraf Gʻani Ahmadzay saylandi, u 2021-yil 15-avgustda Kobulni Tolibon kuchlari egallashi oqibatida isteʼfoga chiqdi. Muvaqqat hukumat rahbari vazifasini Ali Ahmad Jaloliy egalladi[6].
Gʻarbda Eron, janubi-sharqda Pokiston, shimolda Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston bilan, sharqda Vahan korridori orqali Xitoy, Hindiston (toʻgʻrirogʻi Kashmirning Xitoy, Hindiston va Pokiston oʻrtasida bahsli hududi bilan) chegaradosh boʻlgan.
2021-yil 15-avgustda „Tolibon“ islomiy harakati Afgʻoniston hududida boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi va Afgʻoniston islom respublikasini tugatdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil AQSh harbiylari tomonidan Tolibon hokimiyatining qulatilishi natijasida Afgʻoniston islom respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. 2001-yil dekabrda afgʻon siyosiy arboblarining Bonn konferensiyasida Hamid Karzay Afgʻoniston muvaqqat hukumati rahbari etib tayinlandi. 2002-yil iyunda Loya jirga uni mamlakatning muvaqqat prezidenti etib sayladi. 2004-yil Afgʻonistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va birinchi prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi, unda Hamid Karzay gʻalaba qozondi.
2009-yil 20-avgustda ikkinchi savlov boʻlib oʻtdi, unda ham Hamid Karzay prezident etib saylandi[7].
2014-yil davlat prezidentligiga Ashraf Gʻani saylandi.
Shunga qaramay, mamlakatda fuqarolar urushi avj oldi.
Thomson Reuters Foundation maʼlumotlariga koʻra 2019-yil Afgʻoniston islom respublikasi sogʻliqni saqlash, jinsiy zoʻravonlik masalalarida ayollar uchun eng xavfli davlatlar reytingida ikkinchi oʻrinni band etgan[8].
Tugatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 1-may kuni amerika harbiylarining mamlakatdan chiqib ketishi eʼlon qilingach, „Tolibon“ harakati jangarilari tomonidan Afgʻoniston hukumat kuchlariga qarshi faol hujum harakatlari boshlandi[9][10]. Afgʻoniston hukumati qoʻl ostidagi hududlarni yoʻqota boshladi[11][12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Avgust oyining boshida Tolibon 200 ta tuman markazini (umumiy soni 417 ta) qoʻlga kiritgan boʻlsa, avgustning oʻrtalariga kelib Afgʻonistonning asosiy hududini va viloyat markazlarini egallab oldi[21][22][23][24][25][26][27][28][29][30].
2021-yil 15-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻoniston toʻliq oʻz nazoratiga oʻtganini eʼlon qildi[31]. Prezident Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqishga rozi boʻldi[32]. Ashraf Gʻanidan keyin muvaqqat hukumat tuzilib, unga sobiq ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy rahbar boʻldi[33][34]. 17-avgustda Afgʻoniston vitse prezidenti mamlakatda ekanini aytib, oʻzini Afgʻoniston islom respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida eʼlon qildi, shuningdek, „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashishda davom etishini bildirdi. Afgʻonistondagi Tolibon tomonidan egallanmagan yagona viloyat – Panjisherda Toliblarga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda[35][36][37].
Davlat ramzlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayroq
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy bayrogʻi 2004-yilda qabul qilingan boʻlib, vertikal tarzda aks etgan qora, qizil, yashil ranglardan iborat trikolordir. Uning markazida (asosan qizil chiziqda va qisman qora, yashil chiziqlarda) davlat gerbi tasviri tushirilgan. Bayroqdagi qora rang davlatning oʻtmishini — Buyuk Britaniya imperializmiga qarshi kurashini ifodalaydi, qizil — ozodlik uchun toʻkilgan qon ramzi, yashil esa — islom dinining anʼanaviy rangi. Bayroqning mutanosibligi — 7:10.
Gerb
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy gerbi (milliy tamgʻasi) mamlakat tashkil etilganidan beri mavjuddir. Unda boshoqlar bilan xoshiyalangan minbarli masjid tasvirlangan. Masjidning ikki tomonida ikkita Afgʻoniston islom respublikasi bayrogʻi ilingan holda tasvirlangan. Masjidning yuqori qismida nur sochib turgan quyosh, quyoshdan yuqorida kichikroq koʻrinishda takbir („Allah akbar“ oʻzbekcha: „Alloh buyukdir“) yozilgan, uning tepasida kalimai shahodat („La ilaha illallah, Muhammad rasulullah“ oʻzbekcha: „Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Muhammad uning elchisidir“) yozilgan. Masjidning pastki qismida hijriy 1298-yil (milodiy 1919-yil) — mamlakat mustaqillikni qoʻlga kiritgan yil yozilgan. Gerb tasviri shuningdek Afgʻoniston bayrogʻida ham mavjud.
Madhiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy madhiyasi 2006-yil qabul qilingandir. Madhiya matni pushtu tilida yozilgan. Matn ichida „Alloh buyukdir“ kalimasi mavjud va unda Afgʻonistonda yashovchi barcha millatlatlar sanab oʻtilgandir.
Davlat boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat prezidenti bir vaqtning oʻzida Afgʻoniston Qurolli kuchlarining Oliy bosh qoʻmondon ham hisoblangan, hukumatni tuzgan. Ketma-ket ikki martadan ortiq lavozimda qolmaslik sharti bilan, toʻrt yillik muddatga umumxalq yashirin ovoz berish yoʻli orqali saylangan. 2009-yil prezidentlikka Hamid Karzay saylangan, 2014-yil esa saylov orqali prezidentlik lavozimini Ashraf Gʻani Ahmadzay egallagan. U 2018-yilgi saylovda qayta saylangan.
Ijro hokimiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukumat rahbari prezident hisoblangan. U parlament tasdigʻi bilan vazirlar mahkamasi aʼzolarini tayinlagan. Hukumatda davlat budjeti boʻyicha amallar, qonun loyihalari, normativ, koʻrsatmalar tayyorlash va boshqa vakolatlar boʻlgan. Hukumat tarkibida 27 kishi ish olib borgan.
Qonun chiqaruvchi organ
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afgʻonistonda qonun chiqaruvchi oliy organ Parlament hisoblanib, Majlisi milliy deb nomlanadi. U yuqori palata (Mishranu jirgʻa) va quyi palatadan (Volesi jirgʻa) iborat. Yuqori palata umumxalq yashirin saylov yoʻli bilan toʻrt yilga saylanuvchi 249 deputatdan iborat boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Afghanistan“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (2007-yil 13-dekabr). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ Afgʻoniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasi (ingliz tilida, PDF)
- ↑ „Central Statistics Organization of Afghanistan“ (deadlink). 2014-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-aprel. (Wayback Machine saytida 2014-06-24 sanasida arxivlangan): Statistical Yearbook 2012-2013 (Wayback Machine saytida 2014-01-17 sanasida arxivlangan): Area and administrative Population (Wayback Machine saytida 2015-09-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Human Development Indices and Indicators“ (en). United Nations Development Programme. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
- ↑ Estimated Populatiuon of Afghanistan 2019-20 (PDF), 2020-06-09da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-08-17
- ↑ „Aфғонистон президенти истеъфога чиқишга рози бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Afghanistan Election Data“ (deadlink). 2010-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-dekabr. (Wayback Machine saytida 2010-09-11 sanasida arxivlangan)
- ↑ EXCLUSIVE — India most dangerous country for women with sexual violence rife — global poll
- ↑ De Luce, Dan; Yusufzai, Mushtaq; Smith, Saphora. „Even the Taliban are surprised at how fast they're advancing in Afghanistan“. NBC News (25-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги ҳарбий базани портлатиб юборди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 май. (Wayback Machine saytida 2021-07-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги туманлардан бирини қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 21 май. (Wayback Machine saytida 2021-07-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги яна иккита туманни қўлга олганини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 7 июнь.
- ↑ „Афғонистонда яна бир туман «Толибон» қўлига ўтди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 8 июнь.
- ↑ „«Толибон» ҳужум орқали Афғонистондаги яна бир туманни қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 июнь.
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги яна бир туманни назорат остига олди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 июнь.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги икки туманни қамалга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 июнь.
- ↑ „Афғонистондаги туманлардан бири «Толибон» ҳаракатига ҳеч қандай жангсиз топширилди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 июнь.
- ↑ „Aфғонистонда «Толибон» ҳаракати бир кечада 17 та туманни қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 22 июнь. (Wayback Machine saytida 2021-07-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Тожикистон билан чегарадаги яна бир назорат пунктини эгаллаб олди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 28 июнь.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати 1 суткада Афғонистондаги 13 та туманни назоратга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистонда вилоят марказларидан бирини эгаллади“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг энг йирик шаҳарларидан бирини эгаллаб олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг яна бир шаҳрини қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust. (Wayback Machine saytida 2021-08-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг иккинчи энг йирик шаҳрини эгаллади“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Ҳиротни эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Лашкаргоҳни ҳам эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракатининг мамлакат пойтахтига яқинлашгани айтилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Ўзбекистонга чегарадош бўлган шаҳарни қўлга олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон пойтахтига ҳужум бошлади — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистоннинг бешинчи йирик шаҳрини ўз назоратига олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон бутунлай ўз назоратига ўтганини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Aфғонистон президенти истеъфога чиқиб, мамлакатни тарк этмоқчи — ОAВ“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ Sputnik Таджикистан. „Президент Афганистана Ашраф Гани подал в отставку“ (ru). Sputnik Таджикистан (15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Президент Афганистана согласился уйти в отставку“ (ru). РИА Новости (15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ TV Rain Inc. „Вице-президент Афганистана при Гани объявил себя и. о. главы страны и призвал сопротивляться талибам“. tvrain.ru (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати босиб ололмаган яна битта вилоят қолгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ „Панжшер вилояти ҳокими «Толибон» ҳаракатига қарши курашишини айтди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.